A razzoqov, sh. Tashm atov


Asosiy  tushuncha  va  iboralar



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

Asosiy  tushuncha  va  iboralar
«Avesto»,  «Hidoya»  asari,  islomdagi  farz  va  sunnat  amallan,  za- 
kot,  halol  mehnat,  halol  luqm a,  ehson,  sadaqa;  ehtiyoj,  boylik, 
mulk,  davlat.
Nazorat  va  mulohaza  uchun  savollar
1.  «Buyuk  ipak  yo‘li»ning  Markaziy  Osiyoda iqtisodiy  munosa- 
batlar  ravnaq  topishidagi  o ‘m i  nimalardan  iborat?
2.  «Avesto»dagi iqtisodiy g‘oyalarda ijtimoiy m ehnat taqsimotining 
qaysi jihatlariga  ko‘proq e ’tibor  berilgan?
3. «Avesto» asarida qashshoqlikni yo‘qotish borasida qanday tadbirlar 
asos qilib  olingan?
4. «Alpomish» dostonidagi ijtimoiy nizoda islom ta ’limotidagi qanday 
mezon  sabab  bo‘lgan?
5.  Xalq maqollaridagi iqtisodiy fikrlami bayon ettiring.
6.  Islom ta’limotidagi iqtisodiy g‘oyalami qanday guruhlaiga ajratish 
mumkin.
7.  Forobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy  va  Yusuf Xos  Hojibning  iqtisodiy 
g ‘oyalaridagi  umumiy va xususiy jihatlami so‘zlab bering.
8.  M illiy  iqtisodiy  tafak k u r  shakllanishida  M arkaziy  Osiyo 
donishmandlari  iqtisodiy  g‘oyalarining  ahamiyatini  so‘zlab  bering.


IV b  o  b.  AMIR  TEM UR  VA  TEMURIYLAR  DAVRIDAGI 
IQ T ISO D IY   G ‘OYALAR
4.1.  Amir  Temur  davridagi  iqtisodiy  g'oyalar
Amir Temur va  uning  avlodlari  davrida  markazlashgan  davlat barpo 
etildi,  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida  (hunarmandchilik,  qurilish, 
qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga 
to ‘g‘ri tanlab olingan iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.
Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotniboshqarishda o‘ziga 
xos  m aktab  yaratgandi.  Sohibqiron  davlatida 
devoni  buzurg  (bosh
 
vazirjdan
  tashqari  har  bir  viloyatda  Devon  deyiluvchi  boshqarma 
bo‘lgan.  U   davlatning butkul  ishlarini:  soliq  yig‘ish,  tartib  saqlashni, 
ijtim oiy  binolar  -  bozorlar,  ham m om lar,  yo‘l!ar,  suv  inshootlari 
tarmoqlarini  nazorat  qilardi.
U ning  xodimlari  vaqti-vaqti  bilan  so‘roq,  tekshirish,  taftish  va 
tergov  ishlarini  olib  borishardi.  Ayniqsa,  tosh-u  tarozi  to ‘g‘riligi, 
odil baho  tekshirilgan,  qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan,  eng 
muhimi bu ish bozorda,  xalq oldida amalga oshirilgan.  Savdogarlarga 
olib kelingan  mol  ustiga  10  foiz  narx qo‘yish mumkin b o ‘lgan.
Sohibqiron  Amir  Temur,  jumladan,  shunday  degan  edUar: 
«Amr
 
qildimki, sadrlarsadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning
 
hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va  boshqa arboblarga
 
suyurgol  tariqasida  berilgan  yerlar  va  vaqflaming  ahvolini,  ulaming
 
vazifalarim  qay  darajada  ado  etayotganUklarini  tekshirib

menga  arz
 
qilib tursin...  Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami,  kundalik
 
xarajatlami yozib  borish  uchun  bir kitob  tayinlansin».
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan:
1.  Suyu^g‘ol  yerlar.  Katta  hajmdagi  bu  yerlar  davlat  tomonidan 
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o ‘tgan. Suyurg‘ol egasi maikaziy 
xazinaga  to ‘lanadigan  soliqdan  ozod  qilingan.  Bunday  yer  egalari 
dehqonlam i  ishlatib,  yer solig‘i  -  xiroj  olganlar.
2.  Tarxon  yeriar.  Bu  yerlar  xususiy  mulk  bo‘lib,  ular  odamlarga 
biion-bir  xizmati  uchun  berilgan.


3. Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub yerlardir.  Bundan olingan 
hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar,  masjid,  madrasa,  xonaqoh,  qabriston va shu  singan 
joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qui, pullar va boshqalar 
mol-mulki  bilan  in’om  etilardi.  Masalan,  Amir  Tem um ing  Ahmad 
Yassaviy  uchun  qurdirgan  vaqfnomasi  katta  ahamiyatga  ega.  Ahmad 
Yassaviy  va  boshqa  avliyolar,  din  peshvolarining  maqbaralari  uchun 
vaqfdar. mablag‘ ajratilgan.
5. Askarlarga, askarlaming rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimdakim  biron  sahroni  obod  qilsa  yoki  koriz  (yerosti  suvlarini
tortib  chiqarish uchun qurilgan  inshoot)  qursa,  biron  bog‘  ko‘kartirsa 
yohud birorta xarob bo‘lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan 
hech narsa olmaganlar.  Ikkinchi yili raiyat o ‘z roziligi bilan berganini 
oigan.  Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilgan.
Amir  Temur  Angliya  va  Farangiston  qirollariga  murojaat  qilib, 
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o ‘tadigan 
Buyuk ipak yo‘lida karvonlaming xavfsizligini ta’minladi .Mashriqdan 
mag‘ribgacha bo‘lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib,  turli rabodlar, 
karvonsaroylar,  savdo  rastalari  qurdirdi.
U   vaqtlarda  bozor  ahlidan  soliq  olish  qal’a  boshlig‘i  zimmasiga 
yuklangan. Soliq olish Qur’oni Karim ta’limotiga muvofiq edi.  Hadis va 
«Hidoya»  kitoblarida bu to‘g‘rida to ‘la  ma’lumotlar berilgan.  Hech bir 
shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (j°n boshidan olinadigan 
soliq)  va  xonashum or  (h a r  b ir  xonadondan  o lin a d ig a n   soliq) 
olinmagan.  Raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ulami og‘ir ahvolga solishdan 
yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanilgan. Negaki, 
A m ir  T em u r 
«Raiyatni  xonavayron  qilish  d a v ia t  xazinasining
 
kambag allashishiga olib keladi. Xazjnaning kamayib qolishi esa sipohning
 
tarqalib  ketishiga  sabab  b&ladi.  Sipohning tarqoqligi  esa,  o‘z  navbatida
 
saltanatning  kuchsizJanishiga  olib  boradi.  Fath  etilgan  yerlik fuqaro
 
azaldan  berib  kelingan  xiroj  miqdoridan  rozi  bo1 Isa,  ulaming  roziligi
 
bilan  ish  ko'rsinlar.  Xirojni  ekindan  olingan  hosilga  va  yerning
 
unumdorligiga  qarab yigsinlar.  Fath  etilgan  har bir mamlakatning mol

mulkini,  buyumlarini  talon-tarojdan  saqlasinlar.  Ctsha  mamlakatdan
 
tushgan  o'lja mollami hisob-kitob  qilsinlar»,
  - degan  edi.
Yevropadan  ancha  ilgari  bu  davlatda  budjet  tushunchasi  bo ‘lgan. 
Daviat  xazinasi,  kirim,  chiqim ,  hisob-kitob  q at’iy  olib  borilgan,


taftish  yo'lga  qo‘yi!gan  edi.  Buning  uchun  ma’lum  m as’ul  shaxslar 
ajratiigan va doim hisob berib borganlar.
A.Temuming davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur 
tuzuklari»da  to ‘la  bayon  etilgan.  Tuzuklar  Amir  Temuming  1342- 
1405-yillar  oralig‘idagi  faoliyatini  aks  ettiradi  va  ikki  qismdan 
(maqoladan) iborat.  Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, 
uni  mustahkamlash.  qo‘shni  (27)  yurt  va  mamlakatlami  zabt  etish 
masalalari  yoritilgan  bo‘lsa,  ikkinchi  qismda  sohibqiron  nomidan 
aytilgan  o ‘ziga  xos  vasiyat,  pand-nasihat,  turli  sohalardagi,  shu 
jum ladan,  ijtimoiy-iqtisodiyotga  oid  fikr-mulohazalar keltirilgan.
4.2.  Shohruh  Mirzo  va  M irzo  Ulug‘bek  davridagi  iqtisodiy

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish