3.3. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarasblar
0 ‘zbek xalqi iqtisodiy tafakkurining rivojlanishining m uhim
manbalardan biri xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namu-
nalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo‘shiqlar kiradi. Tarixiy
merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu
doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo'lganligini dalillar
tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham , Alpomish dostonining ming
yilligi Respublikamizda 2000-yilda keng nishonlandi. Asaming badiiy
ahamiyatidan tashqari, undagi iqtisodiy qarashlar ham muhim o‘rin
tu ta d i. A lpom ish dostonidagi iqtisodiy m unosabatlar tarkibini
quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Islom ta’limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlami
negizini zakot va juzya toMovlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.
Ya’ni Q o‘ng‘irot elida hukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo‘ri
bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to‘Iovi bo‘yicha nizolardir.
2. M eh n at taqsim otining rivojlanganlik darajasi. D ostondan
ko‘rinadiki, o ‘sha davrga kelib chorvachilik tarmog‘i Qo‘ng‘irot elining
ixtisoslashuvining ko‘rsatkichidir.
3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha,
qo ‘ng‘irotliIiklam ing tovar-pul munosabatlarida natura to ‘lovlari
ustuvorligi namoyon bo‘ladi. Qalmiqlar davlatida esa daromad va
xarajatlami tartibga solish m uhrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muhrdor
daromad va xarajatlar bo‘yicha hisob-kitoblar qilishda oqsoqollar
tomonidan yig‘ib, topshiriladigan soliq va yig‘imlarga tayanadi. Bu
mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. U lam ing maoshi
to'plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun
esa 500 pul birligi m iqdorida maosh tayinlangan. M uom alada
ishlatiladigan pul birliklari qo ‘shni mamlakatlarda zarb qilingan oltin
va kumushlar ekanligi to‘g‘risida m a’lumotlar berilgan.
3.4. Forobiy, Jbn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib
asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaming mohiyati
X-XII asrlarga kelib 0 ‘rta Osiyo ilg‘or ijtimoiy tafakkuming Sharqdagi
yirik markazlaridan birigaaylandi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyo Yevropani Osiyo
bilan bog‘lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu
jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami shakllantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan AI-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy,
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizotn-ui-mulk va boshqa
ko‘plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ulaming asarlarida iqtisodiy
g'oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar
shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar.
Forobiy 0 ‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlaming qariyb
barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan
qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu
darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir-
«Muallim — us-soniy» - «Ikkinchi muallirm deb atay boshladilar.
Olimning «Fozil odamlar shahri» asarida mamlakatni boshqarish,
hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog‘liq b o ‘lgan muhim
g‘oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Forobiy o‘z
ustozi Arastu g‘oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to ‘ldirishga
harakat qiladi, Jamiyat shakllanishi uchun m oddiy ehtiyojlarning
ahamiyati haqida ta’limot yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan
«Ehtiyoj»ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning
va mehnat qurollari o‘mini aniqlab berdi, Ayniqsa, «mehnat taqsimoti»
masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to ‘g‘risidagi g‘oyalari
nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa
mulk, noz-ne’matlami to ‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu
g‘oyalari rivojlantirilib, awalo, yer va joylaming miqdori, keyin ulaming
egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-
ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylaming miqdori hisobga
olinishi kerakligi ko‘rsatiladi.
Abu All ibn Sino (980-1037) tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros
qoldirilgan, u yozgan asarlaming soni 280 dan ortiq. Shulardan 40
dan ortig‘i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlaiga, 3 ri-
sola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya,
ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha
uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hurmatlab, «Shayx
ur-rais* deb ataganlar.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog‘liq muhim
g‘oyalar ilgari suriladi. Inson sog‘lig‘ining ichki va tashqi muhitga bevosita
bog‘liqligi, ayniqsa, ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb
etishi ko'rsatUadi. Iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan kategoriya «ehtiyoj»ni
ta’riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurol-
larinining o ‘mini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga
katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot
sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G ‘aibiy Yevropada faqat 1776-yilda
Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.
Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matiariga qanoat qiladi,
odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak
va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o ‘zlashtirib
oladi, odam esa o 4z mehnati bilan o ‘ziga ovqat, kiyim, turaijoy yara-
tadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug‘ullanishi kerak».
Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib,
inson o‘z baxtini o ‘zi yarata oladi. YaxsW xulq va iqtisodiyot o‘rtasida
bevosita bog‘liqlik boriigini «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko‘rsatib beradi.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan
ortiq asar yaratgan bo‘lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi
to‘g‘risidagi g‘oya ilgari surilgaii. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi
kun uchun ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Beruniyning kishilik ehtiyojlarining paydo bo‘lishi va uni qondirish
asoslari, m ehnat va hunarga munosabatlar uyg‘unlashib ketadi. Uning
fikriga k o 'ra , kishilar o ‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun
uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-
turnan va ko‘p bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan holda turaijoy
va shaharlar yaratishga intiiadilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u
davlatning paydo bo‘lishini ham ehtiyoj tufayli deb bilgan. Eng muhim
g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi
va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim boMganligi
emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi.
«Har bir davming urf-odatlari o ‘ziga xos bo‘ladi va inson ahli ularga
rioya qil-mog‘i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo ‘qolsa, tartib
ham yo‘q bo‘ladi», - deb uqtiradi buyuk donishinand.
Beruniy og‘ir jismoniy m ehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar,
yer ostida gavhar qidimvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ulaiga berilishi
kerak bo‘lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya* asarída keng
muloaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida
e’tibor beriladi, yerosti konlarini mustahkamlash (falokatning oldini
olish uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqo-
riga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kon atrofida konchilar qishlog‘ini barpo etish zarurligi ko ‘rsatiladi.
Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jism oniy m ehnat,
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi.
Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf
Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylaming markaziy shaharlaridan biri
Bolasog‘unda tug'ildi(olam dan o ‘tgan yili n o m a’lu m ). B o‘lajak
mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlami, arab va forsiy tillar hamda
undagi adabiyotlami puxta o ‘rganadi.
U 1069- 1070-yillar orasida «Qutadg'u bilig»(Qutga, ya’ni baxt-
saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar
hukmdori Tabg‘achxon Bug‘roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos
Hojib» (eshik og‘a s i) degan martaba in’om etadi. Bu falsañy didaktik
asarda maikazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga
barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik,
moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan
boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, xalq g ‘amini yeyish
haqidagi ñkrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari
yetib kelgan. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan
tashqari)-73 bobdan iborat. U nda inson tafakkurining barcha jabhalari
bo^yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fíkiiarbayon etilgan. Kitobda
berilgan bu g‘oyalar o ‘z davri uchun ham, hoziigi davr uchun ham
nihoyatda qadriidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va
raiyat munosabatlari sinchiklab o ‘rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim
yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda
nihoyalangan) bolsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tay-
yorgarlik ko‘rilgan.
Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsa-
ni kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini
ko‘tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’min-
lovchi qonunlam i joriy etish va 3) yo‘llami o ‘g‘ri-qaroqchilardan
m uhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni
chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dush-
manga dushm an bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki,
bunda jam iyat va siyosiy hokimiyat o ‘zaro mutanosib bo ‘lishi zarurligi
g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflatsiya
m uammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholaming m o‘tadilligi ham
ta’min etiladi. U, o ‘z navbatida, inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomala-
dagi valuta masalalariga borib taqaladi.
Shuningdek, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor
beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli
ne-ne tugunlam i yechishga qodir», - deb yozadi alloma.
Do'stlaringiz bilan baham: |