A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

«ko'p sotish,  kam  sotib  olish».
  Olim  o ‘z 
g‘oyalari  bo‘yicha faol merkantiiist edi.
«Siyosiy iqtisod»  tushunchasi va shu  nomli fan XX asming  90-yil- 
larigacha yashab  keldi,  ayniqsa,  sobiq sotsialistik deb  atalgan  mamla- 
katlarda  bu  nom  mashhur  edi,  chunki  davlatning  iqtisodiyotga  faol 
aralashuvini qonuniyat darajasiga ko‘targan edi. G ‘arbda XIX asr oxirida 
(A.Marshall) bu ibora «ekonomiks» shaklida qo‘llanila boshlangan (bu 
haqida quyida gap boradi).
Angliyada qishloq xo‘jaligi va sanoatda kapitalistik o‘zgarishlar erta 
amalga  oshgan  va  bunga  merkantilizm  ham  yordam  bergan  bo‘lsa, 
Fransiyada ahvol o‘zgacha edi.  Fransiyada yangi merkantilizm siyosati 
(Ludovik XIV)  hukumat a’zosi  (moliya nazoratchisi  va dengiz  ishlari 
vaziri)  Jan  Batist  Kolber  (1619-1683)  tomonidan  keng  olib  borildi 
(bu  siyosat  kolbertizm  deb  ataladi).  Bu  davlatda  féodal  munosabatlar 
(ayniqsa,  mayda  dehqonchilik)  keng  tarqalgani  uchun  Kolber  asosiy 
e ’tibomi  sanoatga  qaratdi  va  agrar  sohani  deyarli  e ’tiboiga  olmadi. 
Masalan,  chetdan  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  keltirish  qo'llangan, 
chiqarish  esa  cheklangan,  don,  narxi  davlat  tom onidan  past  ushlab 
turilgan.
Bu  siyosat  va  sanoat  birinchi  o‘ringa  qo‘yiladi,  ayniqsa,  qishloq 
xo‘jaligining  pasayishiga  olib  keldi,  bu  esa  noroziliklarga  sabab  bo‘ldi. 
Shunday  haqiqatga  yaqin  rivoyat  borki,  unga  ko‘ra  ishbilarmonlar 
Kolberga shikoyat qilishgan, shunda u «nima istaysizlar» deb so‘raganda 
fransuzcha «laisser faien> (qilisliga ruxsat bering, ya’ni o ‘z-o‘zidan davom 
etaversin)  degan  ekanlar.
Bu  ibora hozirgi  davrda ham   sof  erkin  iqtisodiyot  prinsiplarini, 
birinchi navbatda, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini talab etadi 
(liberalizatsiya,  lesse-ferr).


Merkantilizmning yana bir shakli kameralistika (lotinchada-hazina) 
b o lib ,  ayniqsa,  Germaniyada  keng  tarqalgan.  Bu  g‘oya  tarafdorlari 
yirik  feodallar  xo‘jaliklarini  boshqarish  masalasini  yuqori  qo‘yadilar 
va buni idora doirasida hal qiladilar.
Demak, yangi ta’limot bo'yicha iqtisodiyotda davlatning roli birinchi 
o‘ringa qo‘yiladi. Amalda esa turli-tuman farmon, farmoyish, qonunlar 
yuzaga erkin raqobatga yo‘l berilmas edi. Hunarmandchilik bo‘yicha sex 
tizimi,  feodaUaming  imtiyozlarini  himoya  qiluvchi  qoidalar  saqlab 
qolindi  (tenglik  yo‘q).  Bu  tizim  Fransiyada  XVIII  asr  oxirigacha, 
Angliyada XIX asr boshlarigacha saqlab kelindi.
M erkantilizm  bozor  iqtisodiyotining  birinchi  ta ’limoti  edi.  Bu 
ta ’limot  barcha  mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega.
5.3.  Merkantilizm  iqtisodiy  ta'limotining  tarixiy  taqdiri
XVI11 asming oxirida merkantilizm iqtisodiy ta’limot yo‘nalishi sifatida 
tarix sahnasidan tushdi.  Sanoat  inqilobi  sharoitida bu ta’limot va unga 
asostangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo‘ydi. Xo‘sh, bu ta’limot 
nega tarix sinovidan o‘ta olmadi, uning «bo'sh joylari» nimalardan iborat?
Bu  ta ’Iimotning  xatolarini  klassik  maktab  vakiUari,  hatto  ayrim 
merkantilistlar ham tan oigan. A.Smitning fikricha, bu «bizning savdogar 
va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o‘tkazilgan proteksionistik 
anglashilmovchilikning  qorishmasidan  iborat va boylik  bu  pulga  egalik 
bilan  bog‘liq  eng  oddiy  tushunchadan  iborat.  Agar  o ‘z  boyligini 
oshiraman  desa,  har  bir  individ  kabi  davlat  ham  olayotganidan  kam 
sarflashi kerak. Iste’mol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo‘ladi? 
Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? 
Merkantilistlar uni  mustahkam  pul  yoki oltin,  zeb-ziynatlardan  iborat 
deb bilganlar. Pul va kapital o'rtasida tenglik qo‘yilishi xato edi. Shuningdek, 
savdo  balansining  aktiv  saldosi  bilan  yillik  foydaning  iste’moldan 
ortiqchasi ham tenglashtirilgan. A.Smit va uning izdoshlari bu ta’Iimotning 
xatolarini shunday izohlaydilar.
0 ‘sha  davrdagi  (va  hozirgi)  olimlaming fikricha,  mamlakat boyligi 
oltin va kumush zaxiralaridangina iborat bo‘lmay, yer, qurilish va boshqa 
ko‘plab  iste’mol  mollaridan  iboratdir.  Masalan,  V.Petti  Angliyaning
XVIII asr oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 
3  foizidan  kamroq  ekanligini  isbotlab berdi.


Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi.  1630-yilda T. M an­
ning o‘zi ham mamlakatga qimmatbaho metallaming oqib kelishi ichki 
baholar  ko‘tari!ishiga  olib  kelishini  va  «qimmatroq  sotish,  arzonroq 
olish»  doktrinasi  mamlakatning o‘ziga  qarshi  ekanligini tushundi.
Taniqli ingliz iqtisodchilari  R.Kantilon (1680-1734) va D.Yum (1711 - 
1776)lar  ham  merkantilistlar  g‘oyasining  noto‘g‘ri  ekanligini  isbotlab 
berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o ‘rtasidagi 
«pul  metallarining tabiiy taqsim!anishi»ga va ichki baholar darajasining 
shunday  o kmatilishiga  olib  keladiki,  har  bir  mamJakat  eksporti  uning 
importiga  teng  boladi.  Alohida  mamlakatda  har bir qo‘shimcha  oltin 
qazib  olish  hajmlari  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan  ichki  baholar 
darajasini  oshiradi.  Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning 
oqib ketishi bilan qopianishi kerak.  Bu jarayon savdo qilayotgan barcha 
davlatlarda  eksport  va  import  o‘rtasida  oltinga  yuqoriroq  talabga  mos 
bo‘lgan  yangi  tenglik  paydo bo‘lguncha  davom  etadi.  Tashqi  savdo  va 
oltin,  tutash  idishlardagi  suv  bir  sathda  bo'lishga  intilgani  kabi,  aktiv 
savdo  balansi  ortidan  quvish  o‘z-o‘zini  inkor  etadi.
1690-yil  Jon  Lokk  baholaming  muomaladagi  pulning  miqdoriga 
ma’lum  proporsiyada  o‘zgarishini  aniq  ko‘rsatib  berdi.  Lekin  im port 
kapital ko‘proq qo‘llaniladigan xomashyo va yarim fabrikatlardan,  eks­
port  va  mehnat  intensiv  qo‘llaniladigan  oxiigi  mahsulotdan  b o ‘lishi 
umumiy qoida sifatida qabul qilingan,  chunki  mehnatning sof eksporti 
mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qoilaydi va chet el m anba- 
laridan foydani  ko‘paytiradi.  Merkantilistlar o'zlarining yuqoridagi yax- 
shi ma’lum g‘oyalariga harbiy va strategik sohani hamda haü mustahkam 
oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo‘shadilar.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (
VPetti, P.Buagilber

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish