A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

Awal Rosher
 va 
Shmoller,
  so‘ngra  ulaming 
ingliz  izdoshlari  Kanningem va  Eshlilar merkantilizm g‘oyalarini to ‘la 
ratsional va m a’lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya 
va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.
A.Smit  m ash h u r  asarining  bir  joyida  «
M am lakat  xavfsizligi
 
farovonlikdan  muhimroq»
  deb  yozish  bilan  shunday  nuqtayi  nazami 
ilgari surdiki,  unga ko‘ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. 
Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik 
kiritishga  imkon  berdi:  davlat  qurilishining  maqsadi  qo‘shni  davlatlar 
iqtisodiy  kuch-qudratini  pasaytirish  hisobiga  ham  erishiladi,  bunda 
ushbu  davlat  qudratining  oshishi  ro‘y  beradi.  Lokkning  fikricha,  bu 
shunday  ro ‘y  beradi:  «boylik»  oltin  va  kumushning  ko'pliginigina 
anglatmaydi, balki boshqa davlatlamikidan ortiqroq bo‘ladi.  Haqiqatan 
ham,  ko‘pchilik  merkantilistlar  shunday  nuqtayi  nazarni  himoya 
qilganlarki,  unga ko‘ra  millatlaming iqtisodiy manfaatlari antagonistic 
ya’ni  qaram a-qarshidir,  go‘yoki  dunyoda  cheklangan  miqdordagi 
resurslar  mavjud,  ulam i  esa  bir  davlat  ikkinchi  davlat  hisobiga  olishi 
mumkin.  Bu  merkantilistlaming  «
qo'shningni  talon-toroj  qih
  degan 
siyosatini himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu g‘oyada 
ichki iste’molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qüib ko‘rsatiladi.
Merkantilizmni qaytadan qo‘llash, klassik maktabni (bu haqda quyida 
gapiriladi)  tan  olmaslik,  kapitalizm yo‘liga keyinroq  o‘tgan davlatlarda 
ro‘y berdi.  Yangi  davlatlar iqtisodiyotda to‘la erkinlikka qarshi edi yoki 
bu erkinlik faqat  kuchli Angliya uchun  qulaylik va ustunlik beradi  deb 
bejiz o ‘ylamaganlar.  Shu sababli bu yerda merkantilistlaming davlatning


kreditdan iborat bo‘lmog‘i kerak, ya’ni qog‘oz pullarga ustunlik beriladi. 
Banklardan  foydalanib,  pul  miqdorini o ‘stirish  hozi^gacha qo‘llanilgan 
eng yaxshi usuidir. Lo tizimida yana ikki lamoyil muhim o‘rin egallaydi. 
Birinchidan,  u  banklar  uchun  kredit  ekspansiyasi  siyosatini,  ya’ni 
bankda  saqlanayotgan  metall  pul  zahiralaridan  ko‘p  marta  ortiq  ssuda 
berish  huquqini  ko‘zda  tutgan.  Ikkinchidan,  u  banklam ing  davlat 
ixtiyorida bo‘lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o ‘tkazishini talab etgan.
Jon Lo banklaming  ijobiy,  ustunlik tomonlarini  ko‘ra bildi,  ammo 
uning  salbiy  holati,  bo‘lajak  xavfni  yo  ko‘rishni  istamadi,  yoki  uni 
tushunib yetmadi.  Bu  Lo tizimining bosh amaliy,  nozik xavfi edi va u 
oxir-oqibatda unga zarba berdi.  Nazariy jihatdan  Lo katta xatoga yo‘l 
qo‘ydi.  U  pul  va  kreditni  kapital  bilan  aynan bir deb  o ‘yladi.  U  xato 
ravishda  ssuda  va  pul  chiqarishni  kengaytirish  bilan  bank  kapitalini 
yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o ‘yladi. 
U  olib borgan kredit operatsiyalar moliyaviy avanturizm bo‘lib chiqdi.
Shotlandiya parlamenti Jon  Loning bank tuzish loyihasini rad etdi. 
Angliya hukumati uning awalgi gunohini (duelda odam  o ‘ldirganligini) 
kechmadi,  oqibatda  Lo  yana  kontinentga  ketishga  majbur  bo‘ldi,  u 
hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish 
bilan o‘tkaza boshladi.  U o ‘z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi. 
Fransiyaning  iqtisodi  og‘ir  ahvolda,  davlat  xazinasi  bo‘m -bo‘sh  edi. 
1715-yilda qirol  Ludovik  XIV  olamdan  o‘tdi,  regent  gersog  Filipp 
Orleanskiy  (odingi  qirolning jiyani)  Lo  loyihasini  qabul  qildi,  ammo 
od d iy   em as,  xususiy  a k sio n e rlik   b an k i  tu z ild i.  A m alda  bu 
ko‘zbo‘yamachilik edi. Boshdanoq bank davlat bilan chambarchas bog‘liq 
edi.  1716-yilning mayida tuzilgan bank nihoyatda katta yutuqqa erishdi, 
talantli administrator,  ustaishbilarmon,  mohir  siyosatchi vadiplomat 
boMgan Lo regent yordamida mamlakatdagi barcha pul krediti tizimini 
ishonch bilan egalladi.  Ko‘p sonli bank banknotl^ri ustalik bilan tartibga 
solib  turildi  va  keng  iste’molga  kiritib  borildi,  ular  hatto  haqiqiy 
chaqalardan  ham  ustun  b o ‘lib  qoldi.  Parijdagi  sudxo‘rlarga  nisbatan 
ssuda  foizi  ancha  imtiyozli  edi  va  ongli  ravishda  sanoat  va  savdoga 
yo'naltirildi. Xalq xo‘jaligida sezilarli jonlanish boshlandi.
Lo  1717-yildaFransiyaning  Missisipi  daryosi  havzasidagi  yerlarda 
katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya 1719 yilda qirol bankiga aylangan 
bank bilan  hamkorlikda  ish  yuritdi.  Bu  Jon  Loning  ikkinchi  «buyuk 
g‘oyasi»  -  kapitalni  markazlashtirish  va  assotsiatsiyalash  g‘oyasi  edi.


U  bu  sohada  ham   o ‘ziga xos bashoratchi  bo‘lib  chiqdi.  Agar G ‘arbiy 
Yevropa  va  Amerikada  aksionerlik jamiyatlari  faqatgina XIX  asming 
o‘rtalarida tuzilgan bo‘lsa,  Lo bu  ishni  XVIII  asming boshida amalga 
oshirdi.  Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish 
tobora  kuchaydi.  Jon  Lo bu  sohada  qat’iylik ko‘rsatdi.  Har olti  oyda 
ikki  hissa dividend  (foyda)  olish  imkoni tug‘ildi.
5.4.  Merkantilizm  va  hozirgi  zaraon
Yevropada  proteksionizmning  tiklanishi  (Angliyada  proteksionizm, 
Fransiyada  kontinental  qamal  va  boshqalar)  va  nemis  tarixiy  maktabi 
(bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g‘oyalari 
yana  tilga  olina  boshlandi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish