shakllana bordi. Uy hunarmandchiiigi o ‘miga manufakturaning kirib
kelishi katta ijobiy voqea bo‘ldi. Tarix, xalq xo‘jaligi tarixi va boshqa
ijtimoiy fanlami o‘qiganda íiunarmandchilik, sex
va manufaktura nima
ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir
odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta
ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo‘q, manufakturada
esa (manu - qo‘l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya,
yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari
paydo bo‘ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlaming yerdan
mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo‘liga o ‘ta boshladi) ro ‘y berdi,
yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik
yuzaga keldi (ular yemi lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga oigan),
ular yoüanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan,
keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangüiklarini keng qo‘llaganlar. Agrar
inqilob, islohot nomini oigan bu o'zgarish manufaktura sanoatining
rivoji bilan bog‘liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to ‘qish asosiy
ish edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi,
uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xomashyo bazasini yaratish
talab qilindi. Xomashyo esa jun bo‘lib, qo‘ylardan olinardi. Manufaktura
rivojiga jun kerak, buning uchun qo‘ylar sonini oshirish talab etildi,
ko‘p qo‘y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda cha-
kalakzor, botqoq, bo‘z yerlar chegaralanib («yerlami chegaralash»
degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, D ehqon
(yomen)Iar o‘z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib,
yaylovlarga aylantirildi, Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1.
manufaktura (sanoat) uchun xomashyo ko‘paydi; 2. sanoatga ko ‘p va
aizon ishchi kuchi yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo‘lgan, haydalgan
dehqonlar ish qidirib shaharlarga boiganlar). Oqibatda sanoat tez o ‘sa
boshladi, yangi sinflar paydo bo‘Idi. Demak, sanoatdagina emas (m anu-
faktura), qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar g‘alaba qo-
zondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. Lekin
ko‘plab dehqonlaming ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ulami
zo‘rlik yo‘li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj
yo‘q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660-yiüarda
Angliyada inqilob bo‘Iib o‘tdi. XVII asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi
bu inqilob buijua inqilobi bo‘lib, u Angliyadagi féodal jamiyatga chek
qo‘ydi. Angliya respublika deb e’ion qilindi, parlament vujudga keldi,
demokratik jarayon kuchaydi.
Xalq xo‘jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlami taqozo etdi. Shu
davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa, mexanika, astronomiya va fizika
tez rivoj topdi. Bu davming eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-
1727), Tomas Gobs (1588-1679) ingliz faylasufi, mexanistik materializm
sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha,
jamiyat mexanizmga o ‘xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan
g'oya yotadi. «Inson insonga bo‘ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha
egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu
olimda tarixga zid fikrlar
mayjud bo‘lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi
tabiatdagi kabi obyektiv qonuniyatlar mavjud. Ana shunday sharoitda
klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm
ta ’Iimoti talabga javob bermay qo‘ydi va uning buzilishi ro‘y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ulariqtisodiyotning faqat muomala
sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm
o ‘miga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlaming ichki
iqtisodiy aloqalarini o ‘rgandilar va o‘z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqa-
rish sohasiga ko‘chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan
boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta ’limot ishlab
chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o‘rganadi
va tahlil etadi. V. Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir.
Angliyada
Do'stlaringiz bilan baham: