A razzoqov, sh. Tashm atov


»,  «Kredit sehrgari», «Bankir Loning g a ro yib   hayoti»



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

», 
«Kredit sehrgari», «Bankir Loning g a ro yib
 
hayoti»
 
kabi  turli  kitoblar  chop  etildi.


Xo‘sh, nega bu insonning hayoti va faoliyati barchani qiziqtirib qoldi?
Jon  Lo  Shotlandiyaning  Edinburg  shahrida  zaigar oilasida  tug‘ildi, 
uning otasi pullami foiz hisobiga qarzga berar edi.  Lo qisqa vaqt ichida 
boyib ketdi, Londonga jo‘nadi. U  1694-yil duelda odam o ‘ldirdi, sud bu 
duelni noqonuniy deb topdi va uning o‘zini olim ga hukm etdi.  Harakati 
tufayli  qirol 
Vilgelm
  III  uni  avf  etdi,  ammo  unga  qarshi  yangi  sud 
jarayoni boshlandi.  Shundan so‘ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga 
boradi. Ammo  Lo uch yil  Londonda boklgan vaqtida bank ishini yaxshi 
o'rganadi,  1694-yilda  birinchi  bank  yuzaga  keldi.  Uning  fikricha,  bu 
hodisani  «Hindistonning  ochilishi»  bilan  tenglashtirish  mumkin  edi.
0 ‘sha  davrda kredit kuchi  Lo timsolida o‘zining muxlisi,  shoiri va 
bashoratchisiga ega bo‘ldi.  U Amsterdamda o‘sha yillari eng yirik bo‘lgan 
bankning faoliyatini chuqur o ‘rgandi.  1699-yilda u Parijda paydo bo‘ldi, 
u  yerdan  esaltaliyagabordi. Yangi  tipdagi  bankochish  orzusi  1704- 
yilda uni o‘z vataniga olib  keladi.  Shotlandiya og‘ir iqtisodiy ahvolda, 
savdoda  turg‘unlik,  shaharlarda  ishsizlik,  tadbirkorlik  ruhi  keskin 
pasaygan,  ana  shunday  sharoitda  u  o'zining  kitobini  (1705)  yaratdi. 
U  hech  qanday  n azariy o tch i  emas  edi,  uning  asosiy  iqtisodiy 
qiziqishlari pul va kredit muomalalariga tegishli edi, xolos.  Lekin u o ‘z 
loyihasidagi g‘oyalari bilan iqtisodiyot fanida muhim rol o ‘ynadi.
Sen-Simon  unga baho  berib,  «tizim, ya’ni o‘z  davri odami»,  bo‘i- 
ganligini bir necha bor qayd etdi.  Lo o‘z loyihasini keng taig‘ib etdi va 
muhimi, uni amalga oshira boshladi.
Loning  g‘oyasi  quyidagilardan  iborat  bo‘lgan:  uningcha,  iqtisodiy 
ravnaqning kaliti mamlakatda pul mo‘l-kollligidir. U  pulning o‘zini boylik 
deb  hisoblamagan,  tovarlar,  korxonalar  va  savdo  haqiqiy  boylikdir 
(bu  fikmi  sof merkantilistlar  fikri  bilan  solishtiring).  Ammo  pulning 
ko'pligi,  uningcha,  yerdan,  ishchi  kuchidan,  tadbirkor mahoratlaridan 
to ‘la  foydalanishni  ta ’minlaydi.  U  shunday  yozadi: 
«Ichki  savdo
 
odamlaming  ish  bilan  bandligi  va  tovarlar  almashuvidir...  Ichki  savdo
 
pulga  bog'liq.  Pulning ko'pligi  kolp  odamlami  ish  bilan  band etadi...»
Ammo  Jon  Lo  awalgi  merkantilistlardan  sezilarli  farq  qiladi.  U 
iqtisodiy  rivojlanish  omilini  muomala  sohasidan  izlasa  ham,  metall 
pullami  sharaflamaydi,  aksincha ulami tanqid  qiladi.  200 yildan so‘ng 
J.M.Keyns  oltin  pullami  «varvarlamlng  qoldig‘i»  deb  ataydi,  xuddi 
shulami  Lo  ham  aytishi  mumkin.  Loning  fikricha,  pullar  metalldan 
emas,  balki  xo‘jalik  talabi  asosida  banklar  tomonidan  chiqariladigan


kreditdan iborat bo‘lmog‘i kerak, ya’ni qog‘oz pullarga ustunlik beriladi. 
Banklardan  foydalanib,  pul  miqdorini o ‘stirish  hozirgacha qo‘llanilgan 
eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki tamoyil muhim o‘rin egallaydi. 
Birinchidan,  u  banklar  uchun  kredit  ekspansiyasi  siyosatini,  y a’ni 
bankda  saqlanayotgan  metall  pul  zahiralaridan  ko‘p  marta ortiq  ssuda 
berish  huquqini  ko‘zda  tutgan.  Ikkinchidan,  u  banklaming  davlat 
ixtiyorida bo‘lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o ‘tkazishini talab etgan.
Jon Lo banklaming ijobiy,  ustunlik tom onlarini ko‘ra bildi,  ammo 
uning  salbiy  holati,  bo‘lajak  xavfni  yo  ko‘rishni  istamadi,  yoki  uni 
tushunib yetmadi.  Bu  Lo tizimining bosh amaliy,  nozik xavfi edi va u 
oxir-oqibatda unga zarba berdi.  Nazariy jihatdan  Lo katta xatoga yo‘l 
qo‘ydi.  U  pul  va  kreditni  kapital  bilan  aynan  bir deb  o‘yladi.  U  xato 
ravishda  ssuda  va  pul  chiqarishni  kengaytirish  bilan  bank  kapitalini 
yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o ‘yladi. 
U  olib borgan kredit operatsiyalar moliyaviy avanturizm bo‘lib chiqdi.
Shotlandiya parlamenti Jon Loning bank tuzish loyihasini rad etdi. 
Angliya hukumati uning awalgi gunohini (duelda odam o‘ldirganligini) 
kechmadi,  oqibatda  Lo  yana  kontinentga  ketishga  majbur  bo‘ldi,  u 
hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish 
bilan o‘tkaza boshladi. U o ‘z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi. 
Fransiyaning  iqtisodi  og‘ir  ahvolda,  davlat  xazinasi  bo‘m -bo‘sh  edi. 
1715-yiIdaqirol  Ludovik XIV  olamdan  o ‘tdi,  regent  gersog  Filipp 
Orleanskiy  (odingi  qirolning jiyani)  Lo  loyihasini  qabul  qildi,  ammo 
odd iy   em as,  xususiy  ak sio n erlik   b a n k i  tu z ild i.  A m ald a  bu  
ko‘zbo‘yamachilik edi. Boshdanoq bank davlat bilan chambarchas bog‘liq 
edi.  1716-yilning mayida tuzilgan bank nihoyatda katta yutuqqa erishdi, 
talantli administrator,  ustaishbilarmon,  m ohir  siyosatchi vadiplomat 
bo'lgan Lo regent yordamida mamlakatdagi barcha pul krediti tizimini 
ishonch bilan egalladi.  Ko‘p sonli bank banknotl^ri ustalik bilan tartibga 
solib  turildi  va  keng  iste’molga  kiritib  borildi,  ular  hatto  haqiqiy 
chaqalardan  ham  ustun  bo‘lib  qoldi.  Parijdagi  sudxo‘rlarga  nisbatan 
ssuda  foizi  ancha  imtiyozli  edi  va  ongli  ravishda  sanoat  va  savdoga 
yo‘naltirildi.  Xalq xo‘jaligida sezilarli jonlanish boshlandi.
Lo  1717-yildaFransiyaning  Missisipi  daryosi  havzasidagi  yerlarda 
katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya  1719 yilda qirol bankiga aylangan 
bank bilan  hamkorlikda  ish  yuritdi.  Bu  Jon  Loning  ikkinchi  «buyuk 
g‘oyasi»  -  kapitalni  markazlashtirish  va  assotsiatsiyalash  g‘oyasi  edi.


U  bu  sohada  ham   o ‘ziga xos bashoratchi bo ‘lib chiqdi.  Agar G ‘arbiy 
Yevropa va Amerikada  aksioneriik jamiyatlari  faqatgina XIX  asming 
o ‘rtalarida tuzilgan  bo ‘lsa,  Lo bu ishni  XVIII  asming boshida amalga 
oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish 
tobora  kuchaydi.  Jo n   Lo  bu  sohada  qat’iylik ko‘rsatdi.  Har olti  oyda 
ikki hissa dividend  (foyda)  olish  imkoni tug‘ildi.
5.4.  Merkantilizm  va  hozirgi  zaraon
Yevropada  proteksionizmning  tiklanishi  (Angliyada  proteksionizm, 
Fransiyada  kontinentai  qamal  va  boshqalar)  va  nemis  tarixiy  maktabi 
(bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g‘oyalari 
yana tilga  olina  boshlandi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish