yeming baho-
sin i
kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V .Petti masalaning
mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushungan.
Ammo yeming bahosi masalasi hali to‘la hal etilmadi, chunki yeming
bahosi ikki omilga bog‘liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent
(foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini
y er bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u yer
bahosi rentaning 21 ga ko‘paytirilganiga teng deb hisoblagan (uch avlod
- buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va yerdan biiga
foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Yening asl bahosi masalasini
boshqa olimlar to‘g‘ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to‘la ravishda uning vafotidan
keyin bosilib chiqdi (kitob uning o ‘g‘li lord Shelbern tomonidan nashr
etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog‘ishtiruvchi
m a ’lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu
davrda hali bu tushunchaning o ‘zi yo‘q edi («statistika» so‘zi XVIII asr
oxirida paydo bo‘ldi).
V.Petti birinchilardan bo‘lib davlat statistika xizmatini tuzish zarurligi
masalasini ko'tardi va ma’lumot to‘plashning ayrim yo‘nalishlarini belgilab
berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi,
yoshi va kasbi ham da boshqa m a’lumotlar m uhim dir. Iqtisodiy
ko'rsatkichlardan asosiy tovarlaming ishlab chiqiiishi va iste’moli, aholi
daromadi, boylik taqsimoti haqidagi m a’lumotlar kerakli hisoblangan.
Pettining kuzatishicha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo bo‘yicha
ayrim ma’lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar
ekan, Petti
«awal hisoblab ko*risk kerah>
degan fikmi aytishni yaxshi
ko‘rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayli ma’Ium m a’noda
«rejalashtirish» masalalari ham ko‘tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi
balansi» bilan shug‘ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak,
demak, oliy o ‘quv yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak,
degan hisob-kitoblami keltirar edi. Odatda, u Angliya va Fransiyaning
iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar
bilan ko‘rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining muqaddimasida u o ‘z uslubining
yangi ekanligini ta ’kidlab, qiyosiy (ozroq, ko ‘proq, yaxshiroq,
yomonroq) ko‘rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og‘irlik
bilan boshqa o‘lchovlar tiliga o‘tish kerakligini aytadi. U milliy daromad,
milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning milliy boyligini hisoblab
chiqadi (m a’lumki, bu ko‘rsatkichlar hozirgi kunda juda m uhim
ko‘rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy boyligini
250 million funt sterling deb baholaydi, am m o aholining 417 m illion
funt sterling pulini ham shunga qo‘shish kerak, deydi.
V .Pettining iqtisodiy ta ’limoti ah o lin in g soni va ta rk ib id a n
boshlanishi nihoyatda muhimdir. Uning g‘oyasi o‘zidan keyingi M al-
tusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fikri bo‘yicha
«aholi
-
boylik-
ning asosb
bo‘lsa, Maltusda aholining tez o ‘sishi kambag‘allikning
asosidir. V.Petti Angliyaning milliy daromadini ham hisoblab chiqdi.
Uning hisobiga ko‘ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha
boylikning faqat 3%iga teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davm ing
milliy hisob raqamlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab chiqarish
hajmini, bu boylikning aholi o‘rtasida taqsimotini (iste’mol, jamg‘arm a,
eksport, aholi, asosiy sinflar, guruhlar darom adi) va boshqalami b i-
lib olish mumkin. Albatta, hozirgi davr bilan solishtirganda bu hisob-
kitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u milliy daro-
madni aholining iste’mol sarflari yig‘indisi deb bilgan, ya’n i ja m -
g‘arma, bino, qurilish, asbob-uskuna, yemi yaxshilashga ketgan ¡capi
tal qo'yilmalar hisobga olinmasa ham bo‘laveradi, deb noto‘g‘ri o ‘ylagan.
Ammo XVII asrdagi Angliya uchun bunday yo‘l ancha realistik edi,
chunki jamg‘arma normasi past bo‘lgan Angliyaning moddiy boyligi
nisbatan sekin o ‘sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari
uning izdoshi G regori King tomonidan to ‘g‘rilandi va XVII asr
oxiridagi Angliya müliy daromadi nihoyatda to ‘g‘ri hisoblab chiqildi.
V.Pettining so‘nggi asarían ko‘proq aholi, uning o ‘sishi, joylashuvi
va ish bilan bandligi masalalariga bag‘ishlangan. V.Petti zamondoshi va
do‘sti, mayda savdogar Jon Graund bilan birgalikda demografik statistika
faniga asos soldi. 1662-yildan boshlab Angliyada umumiy aholi soni,
tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o ‘sish masalalari bo‘yicha kitoblar yuzaga kela
boshladi.
6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
P.Buagilbeming iqtisodiy qarashlari
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g‘oyalaming boshlanishi V.Petti
nomi bilan bog‘Iiq bo ‘lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi,
bu g‘oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga etgan bo'lsa, Fransiyada
Sismondi bilan yakunlanadi.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo'lib, qirollar
Do'stlaringiz bilan baham: |