A razzoqov, sh. Tashm atov


Asosiy  tushuncha  va  iboralar



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

Asosiy  tushuncha  va  iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati, 
yer egaligining  5  ko‘rinishi,  ulufa  (oziq-ovqat,  maosh),  soliqqa  tortish 
tartibi,  tanho,  Ulug‘bek  islohotlari,  «Fulusi  adliya»  tashqi  savdoga 
e’tibor,  tamg‘a  bojidagi  o ‘zgarishlar,  A.Navoiyning  «Vaqfiya»  (1482), 
«M ahbub-ul  qulub»  (1500)  asarlari,  Z a h irid d in   M u h am m ad  
Bobuming  «Mubayyin»,  «Zakot  to‘g‘risida  asar»  kitoblari,  «Hiroj», 
«Muqassam»,  «Muvazzan>.
Nazorat  va  mulohaza  uchun  savollar
1.  Amir  Tem ur  davlatining  ilmiy  qonun-qoidalari  qaysi  asarda 
keltirilgan?
2. Amir Tem ur davrida davlatni boshqarish tartibi qanday b o ‘lgan?


3.  Amir  Temur  davridagi  soliq  tizimi  va  maoshni  belgilashning 
xususiyatlarini  so‘zlab  bering.
4.  Ulug‘bek  davridagi  islohotlar  qaysi  sohani  barqarorlashtirishga 
qaratilgan?
5.  Alisher  Navoiy  asarlaridagi  iqtisodiy  g‘oyalaming  mohiyatini 
gapirib  bering.
6.  Alisher  Navoiyning  «Vaqfiya»  asarida  qanday  iqtisodiy g‘oyalar 
bayon  etilgan?
7.  Zahiriddin  M uham m ad  Boburning  iqtisodiy  g‘oyalari  qaysi 
asarlarda bayon etilgan?
8.  «Akbamoma»da  qanday iqtisodiy g‘oya!ar ilgari surilgan?
9.  «Fulusi  adliya»  deganda  nima  tushuniladi  va  u  qaysi  davrga te- 
gishli?
10. A.Navoiy boylik to ‘plashning qanday yo‘llari to‘g‘risida gapir- 
gan?


V  b  o  b.  MERKANTILIZM  IQTISODIY  TA’LIM OTI
5.1.  Merkantilizm  vujudga  kelishining  ijtimoiy-iqtisodiy  asoslari
«Merkantilizm»  iborasi  birinchi  bo‘iib  Adam  Smitning  asarlarida 
uchraydi.  Lug‘aviy ma'nosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar 
mazmuniga  ega.  Bu  so'z  yangi  ta’limotning  m azm un  va  mohiyatini 
o‘zida aks cttiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi 
mehnat,  yer,  dehqonchilik  va  chorvachilik,  hunarmandchilikda  deb 
kelinaredi. Lekin XV astga kelib, ahvol keskin o‘zgardi. Bu ta’limotning 
kelib  chiqishiga  bir  qancha  ijtimoiy-iqtisodiy  sabablar  turtki  bo‘ldi. 
Awalo,  féodal  tuzumning  yemirilishi,  tovar-pul  munosabatlarining 
o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlaming ochilishi, 
buyuk  geografik  kashfiyotlar,  mustamlakachilik  tizim ining  paydo 
bo‘lishi,  ayniqsa,  savdo-sotiqning  rivojiga  turtki  b o ‘ldi.  Noekvivalent 
savdo tufayii metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu 
o‘zgarishlami asoslab beruvchi iqtisodiy ta’limot — merkantilizm yuzaga 
keldi va muomala sohasini o ‘rganish bilan shug‘ullandi.  Merkantilizm 
sinfiyjihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu daviga kelib Yevropada 
oltin  va  kumush  qahatchiligi  boshlandi.  «Hindistonda  nodir  metallar 
ko‘p»  degan  mish-mishlar  va  u  yerdagi  mavjud  ziravorlar  insonlami 
yangi yerlar ochish,  yangi  boylik makonlarini  izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajargan nodir metailar (hali qog‘oz pul yo‘q), ulaming 
kuch-qudrati  hammani  oyoqqa  turg‘azdi,  insonni  o ‘ylashga,  ixtirolar 
qilishga, harakatga undadi.  Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo‘lga 
otlanish  taraddudi  boslilandi,  xaritalar  tuzildi,  kompas  kashf etildi, 
kerakli odamlar, asbob-anjom,  suv, oziq-ovqat,  qurol-yarog‘ to‘plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga 
ko‘proq  oltin  va  kumush  keltirish  deb bilindi.  Bu  davrda  pul  sifatida 
qimmatbaho  metallar  -  oltin  va  kumush  ishlatilgan,  shu  sababli  oltin 
va kumush zaxiralarini ko‘paytirish borasida m a’lum  iqtisodiy siyosatlar 
ishlab chiqarildi.


1492-yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif 
tufayli Amerika qit’asini ochdi (u o‘zini Hindistondaman deb o ‘ylagan, 
shuning  uchun  qit’a  nomi  boshqa  dengizchi  -  Amerigo  Vespuchchiga 
nasib  etdi,  tarixning  bu  xatosini  to ‘g‘rilash  uchun  bu  qit’adagi  bir 
davlatga  K olum biya  nomi  berildi).  Ammo  Amerika,  ko‘pchilik 
o'ylaganidek, oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonga suv 
yo‘li qidirish yana davom etdi va  1498-yilda Vasko da Gama tomonidan 
ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi- 
Magellanning  butun  dunyo  bo‘y!ab  qilgan  sayohati  tufayli  yangi  yer, 
orollar  kashf  etildi,  ular  qisqa  vaqt  ichida  Yevropa  davlatlarining 
mustamlakasiga  aylantirildi,  u  yerlarda  oltin-kumush  konlari  ochildi, 
yangi xomashyo, ekin, hayvon turlari topildi, ulaming Yevropaga kirishi 
boshlandi 
{paxta,  makkaj&xori,  tamaki,  kofe

kakao
).  Yevropadagi 
davlatlar  (Portugaliya,  Ispaniya,  Niderlandiya-Gollandiya,  Fransiya 
va Angliya) o ‘rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib  kelayotgan  yangi  iqtisodiy  munosabatlaming  rivoji 
uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘Idi. Kapitalizmning shaklianishi 
va  rivoji  uchun  kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni  kuchaydi.
5.2.  Mcrkantilizm  iqtisodiy  ta ’limotining  mohiyati
Merkantilizm  rivojida  ikki  davmi  ajratish  mumkin:
1.  Ilk merkantilizm yoki  monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari).
2.  Rivojlangan  merkantilizm,  savdo  balansi  (yoki  manufaktura 
sistemasi)  (XVI-XVIII  asr  o‘rtalari).
Yangi ta ’limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir. 
Iqtisodiyot  tarixida  sanoatning  uch  xil  shaklini  ajratish  mumkin:  uy 
hunarmandchiligi,  manufaktura  va  fabrika.  Uy  hunarmandchiligida 
sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam 
yoki shogird, oila bilan birga bajariladi.  Manufakturada esa kooperatsiya 
yuzaga  keladi,  eng  muhimi,  chuqur  m ehnat  taqsimoti,  xususiy 
tadbirkor,  yollanma  ishchi  kuchi  paydo  bo‘ladi  (XV asr).
Merkantilizmning  birinchi  davri,  o ‘sha  davr iborasi  bilan  aytganda 
monetar, ya’ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi.  Bunda 
pul  balansi  siyosati  olib borilgan,  chetdan  imkoni  boricha  kam  tayyor 
tovar  sotib  olishga  urinilgan.  Qimmatbaho  metallni  chetga  olib  ketish 
taqiqlangan.  Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul


olib  kelish  majburiyati  yuklangan  (qolgani  tovar  bo ‘lishi  mumkin). 
Chet eilik savdogarlami esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar 
sotib olishga  majbur qilingan  (pul  olib chiqib  ketmasliklari  uchun).  Bu 
siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming 
rivojini susaytirgan.
Taniqli iqtisodchi N.D.  Kondratevning fikricha, merkantilistlaming 
iqtisodiy  tizimi  amaliy  siyosat  bo‘lib,  xalq  xo‘jaligi  qanday  bo‘lishi 
kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy 
maqsaddir.
Merkantilizmni  qisqacha  qilib  quyidagicha  ta ’riflash  mumkin: 
iqtisodiy  siyosatda:  mamlakatda  va  davlat  xazinasida  imkoni  boricha 
nodir  metallami  (oltin,  kumush,  javohir,  zar  va  durlam i)  ko‘proq 
to ‘plash;  nazariya va ta’limotda:  savdo, pul aylanmasi, ya’ni muomala 
sohasida  iqtisodiy  qonuniyatlami  izlab  topish. 
«¡nsonlar metall uchun
 
qurbon  b&lmoqda»,
  ya’ni  oltin  fetishizmi  butun  kapitalistik jamiyat 
rivojiga  hamohang  bo‘lgan  yangi  hayot  tarzi  va  fikrlashning  tarkibiy 
qismidir.  Ayniqsa,  savdo  kapitali  davrida  bu  yorqin  nam oyon  bo‘ldi. 
Savdo  kapitalining  asosiy  tamoyili  -  qimmatroq  sotish  uchun  sotib 
olish (bu hodisa O‘zbekistonda ham hozirgi davr o ‘zgarishJarida uchrab 
turadi).  Sotib olish  va sotish  farqi  esa sariq  metall  shaklida  namoyon 
bo‘ladi.  Farq,  ya’ni foyda  faqat  ishlab chiqarishda,  faqat  m ehnat yo‘li 
bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o‘ylanmaydi.
Faylasuflar  va  ularning  aqidalariga  amal  qilgan  merkantilizm 
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlaming tabiiy huquqlarini 
ta’minlashni  talab  etganlar.  Ana  shu  talablar  orasida  mulkchilik  va 
xavfsizlik  bor.  Bu  ta’limotning  ijtimoiy  ma’nosi  shuki,  davlat  yangi 
jamiyat  boyligi  o ‘sishini  ta ’minlovclii  sharoitni  yaratishi  va  qo ‘llashi 
shart edi.  Iqtisodiy ta’limotlaming tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik 
merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o ‘tdi.  Lekin bu aloqa 
mazmuni  keyingi  davrda  ancha  o ‘zgardi  (Fransiyadagi  fiziokratizm, 
Anglíyadagí  Smit),  chunki  bu  davrda  buijuaziya  davlat  homiyligiga 
unchalik  muhtoj  emas  edi,  hatto   u  davlatning  im koni  boricha 
iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo‘lgan.
M.Blaus  fikricha,  merkantilistlar  ilmiy dunyoqarashining yetakchi 
tamoyiUari quyidagilar:  1 )oltin va boshqa qimmatbaho metallarga boy- 
likning asosi  sifatida qaraladi;  2)  mamlakatga  oltin  va  kumushlaming 
oqib kelishini ta’minlash  maqsadida tashqi savdoni  tartibga  solish;  3)


arzón xomashyoni impon qilish yo‘li bilan sanoatni qo‘llab-quwat!ash; 
4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) 
tariflar;  5)  eksportni,  ayniqsa  tayyor  mahsulot  eksportini  rag‘batlan- 
tirish;  6)  ish  haqining  past  darajasini  ushlab  turish  uchun  aholi 
sonining  o ‘sishi.  Shak-shubhasiz,  milliy  farovonlikning  asosiy  sharti 
sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining 
yuragi  edi.
Ulaming  mohiyati  quyidagilardan  iborat:
•  T ah lil  predm eti  (iqtisodiy  tahlil)  sifatida  m uom ala  sohasi 
muammolarini o‘rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish 
muammolari  bilan  bog'lab  o'rganish  butunlay  inkor  etiladi;
• Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, 
bunda  iqtisodiy  hodisalarning  tashqi  ko‘rínishlarigina  ta ’riflanib, 
iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga oigan ma’lum tizim asosida 
tahlil  etish  istisno  etiladi;
•  Pulning  kashf etilishi  insonlaming  sun’iy  kashfiyoti  oqibati  deb 
hisoblanadi,  pulning o ‘zi  esa aynan boylik deb qaraladi;
• Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumushning «obyektiv (jonli) 
tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi  miqdori bilan belgüanadi;
• M ehnatga taklifning o ‘sishi ish haqining yuqori emas,  past bo‘lish 
zarurati  bilan  bog‘lanadi;
•  Davlatning tartibga solishi tufayli  iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul 
boyligining  ko‘payish  oqibati  sifatida  qaraladi,  bunda tashqi  savdo va 
savdo  balansi  saldosining  ijobiy  (aktiv)  boMishi  ta’minlanishi  kerak.
M anufakturalarning  rivoji  mustamlakalardan  keltirilgan  arzón, 
ko‘p  va  sifatli  xomashyo  hisobiga  ro‘y berdi,  tayyor  mollar esa  o ‘sha 
va  boshqa  mamlakatlarga  olib  borilib,  ancha  qimmatga  pullangan. 
Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan.  Bu sohada 
Angliya yuksak yutuqlami qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini  1  deb 
olsak,  u  o ‘zidan  120  marta katta bo'lgan yemi koloniyaga aylantirgan 
va undan ustalik bilan foydalangan.
Demak, merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha 
pul  ko‘p   bo ‘lsa,  u  shuncha  boy  deb  hisoblangan)  va  pul  miqdorini 
davlat  hokimiyati  yordamida  oshirish  mumkin.  Aslida  merkantilizm 
buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asming 
o ‘rtalarigacha  (asosiy  oltinlar  yig‘ib  olinguncha)  yashadi.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada 
G.Skaruffí  va  boshqalardir.  Masalan,  florensiyalik  (Italiya)  bankir


B.Divanzetti  (1529-1606) pul  (chaqa)ni  iqtisodiy o^ganizmning qoniga 
o ‘xshatadi,  demak.  agar  chaqa  (pul)  bo‘lmasa  (qon  kabi),  organizm 
o'ladi.  Kapitalizmning o'sishi,  savdoning rivoji tufayli bu  siyosat o ‘zini 
oqlamadi  (XVII  asrdan  boshlab  XVIII  asrgacha),  pul  balansi  siyosati 
savdo balansi siyosati bilan almashdi.  Bunda davlatdan pul olib chiqishga 
ruxsat  berildi.
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asming 
ikkinchi yarmida paydo boldi va XVII asming o‘rtalarida asosan Angliyada 
avj  oldi.  Uning  asosiy  mafkurachisi  Tomas  Mann  (1571-1641)  edi. 
Uning  fikricha,  pul  tashqi  savdo  aylanmasida  boshlang‘ich  maskantni 
tashkil etadi, ya'ni P-T-P. T.  Manning fikricha, har bir savdo kapitalisti 
o‘z  pulini  ma'lum  foyda  olish  uchun  aylanmaga  qo‘yadi.  Tovar,  pul, 
foyda va kapital orasidagi aloqadoiiikning sababini topishga harakat qilingan. 
U  Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiyning 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish