A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

V.Petti,
 Fransiyada 
P.Buagilber
shu maktabning boshlovchilari 
b o ‘lsa,  Fransiyada  shu  maktabning  bir  yo‘nalishi  bo‘lgan  fiziokratlar 
vujudga  keldi  (F.Kene,  A.Tyurgo)  va  u 
A.Smit,  D.Rikardolar
  bilan 
yakunlanadi.  Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo‘l ochib berdi. 
R.Xeylbroner\

L. Turoulaming
 fikricha («
Экономика для всех»),
 ishlab 
chiqarish  omillari  vujudga  keldi:  mehnat,  yer va kapital  tovarga aylan- 
tirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan.  Hozirgi davr tili bilan aytganda, 
bozor tizimi,  bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi  ta’limotning  klassik  (mumtoz)  deb  atalishiga  sabab  shuki, 
hoziigi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko'pgina nazariya va metodologik 
qoidalaming haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi.  Mana shu maktab 
namoyandalarining  xizm atlari  tufayli  iqtisodiy  nazariya  ilmiy  fan 
darajasiga  ko‘tarildi.  Erkin  xususiy tadbirkoriikning  ahamiyati  isbotlab 
berildi.  P.Samuelson  fikricha,  yangi  ta’limot  to‘la  laisser  faire  (ya’ni 
tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o‘tishga 
va voqealaming boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asming oxiriarida 
deyarli  barcha  mamlakatlarda  davlat  iqtisodiy  fimksiyalarining  doimiy 
kengayishi ro‘y berdi.  Bu ta ’limot namoyandalari Angliyada V.Pettidan


to D.Rikardogacha,  Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX 
asming  o ‘rtaIarigacha)  yangi  jamiyatning  haqiqiy  ishlab  chiqarish 
munosabatlarini tadqiq etdilar. Ulaming fikricha, eritin xo‘jalik faoliyatida 
shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (m a’lum shart bilan)  4 
bosqichni ajratadi:  1-bosqich XVII asr oxiri — XVIII asr boshiga to‘g‘ri 
keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi 
va  uning  asoschilari  V.Petti  va  P.Buagilber  bir-biridan  bexabar  qiy- 
matning  mehnat  nazariyasini  ilgari  surdilar va  har qanday qiymatning 
manbayi va o ‘lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish 
uchun  sarflangan  mehnat  miqdori  hisoblanadi.  Boylik  va  farovonlik 
muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o‘rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va 
ATyurgolar tomonidan  ilgari  surilgan  fiziokratizm  bilan  yakunlanadi. 
Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e ’tibom i 
mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahUlda ishlab 
chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to‘la ajratib qo‘yilgan.
2- bosqich.
  XVIII  asr oxiri va XIX asr boshiga to‘g‘ri kelib, A.Smit 
asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarda aks etgan.
3-  bosqich.
  XIX asming  1-yarmiga  to ‘g‘ri  kelib,  fransiyalik J.B.  Sey 
va F.  Bastiya,  inglizlar D.  Rikardo, T.  Maltus va N.  Senior, amerikalik 
G.  Keri va boshqalar asarlaridagi g‘oyalar bilan bog‘liq.
4- bosqich.
 XIX asming 2-yarmiga to‘g‘ri keladi va J.S. Mill g'oyalarida 
o‘z nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qara­
ladi  lekin,  fikrimizcha,  bu  unchalik  to ‘g ‘ri  emas.  Bu  bosqichlaming 
xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.
6.2.  V.Petti  -  Angliya  klassik  iqtisodiy  maktabining  asoschisi
Umumiy bahoga  ko‘ra,  klassik  maktab  XVII  asr oxiri  -  XVIII  asr 
boshlarida  V.Petti  (Angliya)  va  P.Buagilber  (Fransiya)  asarlarida 
yaratildi.
Vilyam Petti (1623-1687) Romsi shahrida tug‘ilgan. Angliya klassik 
iqtisodiy maktabining asoschisidir.  Ko‘pchilik bu olimning iqtisodiyot 
fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas 
iqtisodchi-tadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda har tom on- 
lama va  yuksak bilimli  inson bo‘lgan.  U  mayda hunarm and-m atochi 
oilasida tug‘ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyot sohasi-


da tahsil ko‘rdi. U juda qobiliyatli talaba bo‘lgan,  1647-yilda nusxa ko'chi- 
radigan mashinani  (kseroks) ixtiro qildi,  1649-yilda fizika doktori iimiy 
darajasiga ega bo‘ldi.  U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti, shu 
bilan biiga,  yirik yer egasi ham edi,  u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer 
egasi) sulolasining asoschisi bo‘lib qoldi.  1652-yilda Kromvel hukumati- 
ning topshirig‘iga ko‘ra lrlandiyaning «yer obzori» (kadastri)ni o ‘tkazdi.
U  XVII  asrdagi  Angliya  buijuaziya  inqiloblaridan  keyin  kuchaygan 
ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi.  U tadbirkorlar mulkini, 
ya’ni xususiy mulkni  «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi va uni turlicha 
yo‘Uar bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga 
fizik  jihatdan  minimum  haq  to‘lash,  shu  bilan  biiga,  yangi  sinfning 
boyishiga  yordam  berishni  qo‘lladi.  U  mehnatning  kapital  tomonidan 
e k sp lu a ta tsiy a sin i  yoq lab   chiqdi.  S h u n in g d ek ,  A ngliyaning 
mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb hisobladi. V.Petti kapitalga 
soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin 
edi.  Shu  bilan  biiga,  u  mehnatkashlamlng  daromadlaridan  soliq  olish 
tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘im- 
lar  to ‘g‘risida  risola»  (1662),  «So‘z  donishmandlarga»  (1665),  «Irlan- 
diyaning siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifmetika» (1683) va bosh- 
qa shu kabi asarlami yozdi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o‘rin oladi (Mak- 
Kulloxning 1845-yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o ‘iganishda yangi 
usul qo‘lladi, ko‘rinib turgan voqealami sharhlashdan ulaming mohiya- 
tini tahlil etishga o ‘tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish 
sohasi muammolarini tahlil etdi.  Uning fikricha, boylik paydo bo‘Iishi 
va  ko‘payishi  faqat  moddiy  ne’matlar  yaratish  sohasida  ro‘y  beradi, 
bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo‘ladi.
Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo‘lishi- 
ga  qaramasdan  (bu  masalan,  yer  bahosini  talqin  etishda  ko‘rinadi), 
davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo‘llaydi (mamlakat- 
dagi  savdogarlar  sonini  qisqartirishni  talab  etadi),  u  asosan  erkin 
iqtisodiyot  (laisser  faire)  prmsiplarini  qo‘llaydi vamerkantilistlardan 
farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo‘lgan. 
U  o ‘z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan 
foydalanadi:
• muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta’siri inkor etiladi;
• pul va tovar bozorlarining o ‘zaro bog‘liqligi ko‘zda tutilmaydi;


to D.Rikardogacha,  Fransiyada  P. Buagilberdan  S.Sismondigacha (XIX 
asming  o ‘rtalarigacha)  yangi  jamiyatning  haqiqiy  ishlab  chiqarish 
munosabatlarini tadqiq etdilar. Ulaming fikricha, erkin xo'jalik faoliyatida 
shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida  (m a’lum shart bilan) 4 
bosqichnl ajratadi:  1-bosqich XVII asr oxiri -  XVIII asr boshiga to‘g‘ri 
keiadi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi 
va  uning  asoschilari  V.Petti  va  P.Buagilber  bir-biridan  bexabar  qiy- 
matning  mehnat  nazariyasini  ilgari  surdilar va  har  qanday  qiymatning 
manbayi va oMchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish 
uchun  sarflangan  mehnat  miqdori  hisoblanadi.  Boylik  va  farovonlik 
muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o ‘rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va 
ATyurgolar  tomonidan  ilgari  surilgan  fiziokratizm  bilan  yakunlanadi. 
Sof mahsulot (miiliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e ’tibomi 
mehnat bilan yeiga qaratdilar.  Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab 
chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to ‘la ajratib qo‘yilgan.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish