Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

partiyasi  yoki  erkin konservatorlar partiyasini tuzadi. Unga kapitalistik 
rivojlanish yo‘lida borayotgan yirik yer egalari va ba’zi yirik sanoat 
magnatlari (Krupp, fon Kardorf, fon Shturm va boshq.) kirgan. Ular 
Bismark va imperiya so‘zini qo‘llab-quvvatlaganlar. U Bismarkning 
tayanchi sifatida rol o‘ynagan. 
Bismarkning yana bir tayanchi milliy-liberal  partiya bo‘lib, bu 
partiya 1867-yildayoq progressiv partiyadan ajralib chiqqan. U mamlakat 
sanoatini rivojlantirish va faol imperialistik mustamlaka siyosatini olib 
borish tarafdori bo‘lgan. Bu partiya hukumatning militarizm va qurollarni 
yanada ko‘paytirish siyosatini qo‘lla-quvvatlagan. Milliy-liberallar 1870-
yillarda konservatorlar bilan yangi islohotlarga qarshi turish yo‘lida 
hamkorlikka kirishadilar.  
Progresschilarning  barcha qolganlari 1884-yilda erkin fikr 
qiluvchilar  degan nom olib o‘z partiyalarini tuzganlar. Ular o‘zlarini 
reyxstagda burjua-liberal oppozitsiyasi vakillari qilib ko‘rsatishga harakat 
qilgan. O‘rta va mayda shahar burjuaziyasi, shuningdek ziyolilarning 
ba’zi qatlamlari manfaatlarini ifoda qilgan. 
1870–1871-yillarda  katoliklar partiyasi tuziladi. Oradan bir oz vaqt 
o‘tgach bu partiyaning reyxstagdagi fraksiyasi markaziy o‘rinni 
egallaganligi sababli u katoliklar markaziy partiyasi degan nom oladi. 
Uning ta’siri prusslarga qarshi va aholisining ko‘pchiligi rim-katolik 
diniga e’tiqod qiluvchi janubiy va janubiy-g‘arbiy Germaniyada kuchli 
bo‘lgan. Partiya Germaniyani prusslashtirish siyosatidan norozi bo‘lgan turli 
ijtimoiy qatlamlarni birlashtirgan. U cherkovning madadi bilan kuchayib 
borgan. Katoliklar partiyasi nemis davlatlarining mustaqilligini tiklash, 
katolik cherkovining davlat nazoratidan erkin va mustaqil bo‘lishini, katolik 
maktabini rivojlantirish va mustahkamlashni talab qilib chiqqan. 
Imperiya hukumati mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini 
mustahkamlash yuzasidan 1871–1873-yillarda yagona pul birligini joriy 
qilgan. Oltin marka asosiy pul birligi sifatida qabul qilingan. 
1874-yili reyxstag tomonidan 7 yillik, ya’ni 1875–1881-yillar uchun 
harbiy budjet tasdiqlanadi. 1874-yili xazinani boyitish va davlat 
apparatini mustahkamlash maqsadida pochta-telegraf ishlari markazlash-
tiriladi. 1876-yilda butun imperiyada yagona sud ishlari tizimini 
belgilovchi qonunlar qabul qilingan va uch yil ichida tatbiq etilgan. Unga 
ko‘ra, oliy instansiya – imperiya sudi tashkil topgan.  


 211
1872–1876-yillarda imperiya va Prussiyada diniy sohada islohotlar 
(burjua ta’biri bilan aytganda «kulturkampf» – madaniyat uchun kurash) 
o‘tkazilib, cherkov ishlari davlat vakolatiga kiritiladi.  
Huquqiy sohada 1871 yili umumimperiya Jinoyat kodeksi, 1877-
yilda Jinoyat-protsessual kodeksi, 1900-yilda besh kitobdan iborat 
Germaniya tuzuklari qabul qilingan. Tuzuklar umumiy masalalarga
shuningdek, fuqaroviy-huquqiy institutlar, shaxs huquqlari, majburiyatlar, 
bitimlar, mulk, oila-nikoh va vorislik huquqiga bag‘ishlangan. 
Monarx Vilgelm I ga suiqasd uyushtirilishi natijasida reyxstag tarqa-
tib yuboriladi va qayta saylov o‘tkazilishi natijasida ko‘pchilik o‘rinni 
konservatorlar egallagan.  
Bu davrda Bismarkning qattiqqo‘llik siyosati hatto, uning ilgarigi 
tarafdorlarida ham norozilik tug‘dirib, siyosiy tuzumni o‘zgartirish 
g‘oyasi yuzaga keladi. Natijada, ichki va tashqi siyosatda muvaffa-
qiyatsizliklarga uchragan. 
1888-yilda Vilgelm I vafot qildi. Bu davrda Bismark imperiyaning 
to‘la huquqli subyekti edi. Fridrix III ning 100 kunlik podsholigidan keyin 
podsholik Vilgelm I ning 28 yashar nabirasi Vilgelm II ga o‘tadi (1888–
1918-y.). Vilgelm II nisbatan yon berib boshqarish tarafdori bo‘lib, 
Bismark bilan munosabatlari keskinlashib turgan. 
1890-yilda reyxstagga navbatda saylov bo‘ladi. Bunda ishchilar 
faollik ko‘rsatib, sotsial demokratiyaning reyxstagdagi deputatlari soni 35 
kishiga yetadi (sal kam 1,5 kishi, umumiy saylovchilarning 20 % ularni 
yoqlab ovoz beradi). 1890-yil martda Bismark iste’fo berishga majbur 
bo‘ladi. Ishchilarning qudratli harakati (1890-yilda 266 marta ish tashlash 
bo‘lib, ularda 28536 kishi qatnashadi) qattiqqo‘l kanslerni lavozimidan 
chetlashtiradi.  
Kansler qilib Pruss generali Kaprivi (1890–1894-y.) tayinlandi. U 
Germaniyaning tashqi siyosatiga juda muhim o‘zgarishlar kiritdi. Sanoat 
egalarining siquvi ostida Avstriya, Vengriya, Rossiya bilan shartnomalar 
tuzadi. 1893-yilda pomeshchik va kulaklar tomonidan tuzilgan «Qishloq 
xo‘jayinlari ittifoqi» syezdida yunkerlar u yuritayotgan siyosatga 
norozilik bildirishgan. 1894-yilda Kaprivi iste’fo bergan. 
Bu davrda yunker-burjua bloki tuzilib, ular hukumatning mustam-
lakachilik siyosatini qo‘llab quvvatlaganlar. German imperializmi XIX 
ning 90-yillarida dunyoni o‘z foydasiga tubdan qayta bo‘lish haqidagi 
masalani o‘z oldiga qo‘yadi. Pangerman ittifoqi deb ataladigan maxsus 
tashkiloti tuzilgan. U agressiv shovinizmni targ‘ib qilgan. 


 212
1900-yilda keksayib qolgan kansler Gogenloe (1894–1890-y.) o‘rnini 
Byulov (1900–1909-y.) egallagan. U mustamlaka xalqlarni germanlash-
tirish siyosatini yurgizadi. U kansler bo‘lib turgan vaqtda Germaniyaning 
ekspansiyachilikdan iborat tashqi siyosati avjiga chiqib ketgan. 
Birinchi jahon urushi arafasida Vilgelm II ning agressiv harbiy-
lashgan siyosatining faollashuvi mamlakat siyosiy rejimining o‘zgari-
shiga, repressiv qonunlarning joriy etilishiga olib kelgan. Imperator 
manfaatlarini ifoda etuvchi qonunlar amalga kiritilgan. Rossiya va 
Fransiyaga qarshi urush e’lon qilingan. Harbiy diktatura o‘rnatilib, 
armiyani kuchaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgan. 
1918-yillarga kelib esa tashqi urushda yengilish va ichki xavflar 
ta’sirida inqilobning oldini olish maqsadida hokimiyatni parlament-
lashtirish, reyxstag huquqlarini kengaytirish, bosh shtab ustidan reyxstag 
nazoratini o‘rnatish va boshqa shu kabi tadbirlardan iborat siyosat 
o‘tkazila boshlangan. Shu maqsadda 1918-yil oktabr oyining oxirida 
ikkita konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan. Biroq siyosiy rejimni 
yangidan liberallashtirish hukmron rejimni keyingi davrda saqlab qola 
olmasdi. Mamlakatda inqilob boshlanib, Vilgelm II taxtdan voz kechishga 
majbur bo‘lgan. Germaniya ham insoniyat tarixidagi eng yangi davrga 
qadam qo‘ygan.  


 213
XII BOB.  AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish