Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

2-§. AQSH Konstitutsiyasi 
Konfedratsiya shaklidagi shtatlar ittifoqi zaif, iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan tarqoq bo‘lgan. Umumiy manfaatlarni himoya qiluvchi 
markazlashgan davlat apparati va yuksalish uchun yagona tartib 
bo‘lmagan. 1783-yilgi sulh tuzilishigacha Angliya bilan kechgan urushda 
ijtimoiy hayot og‘irlashgan. Natijada xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib 
ketadi. Hukmron doiralar esa bu vaziyatdan chiqish yo‘lini axtaradi. 
Shunday qilib, yagona davlat barpo qilinishini iqtisodiy va siyosiy 
sabablar taqozo qilgan edi. 
Hukmron doiralarning fikricha, markazlashgan davlatning tashkil 
etilishi Shimoliy Amerika davlatlarining xalqaro obro‘sini ko‘tarishi 
lozim edi. Mana shunday sharoitda «konfederatsiya moddalari»ni qayta 
ko‘rib chiqish uchun Filadelfiyada Konvent chaqiriladi. U 1787-yil        
25-maydan 17-sentabrgacha davom etadi va xalqdan yashirincha 
AQSHning yangi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqadi. U 4 oy 
davomida muhokama qilinadi va so‘nggi loyiha ishlab chiqiladi. 
Muhokama qiluvchilar konstitutsion monarxiya, aristokratik monarxiya
burjuaziya va respublikani yoqlovchi rahnamolar ko‘rinishida fikr beradi.  
1787-yil 17-sentabrda Konvent konstitutsiya loyihasini ma’qullaydi. 
1789-yil 4-martdan kuchga kiradi. Konstitutsiya AQSH tarixida katta rol 
o‘ynadi. U yirik burjuaziya va quldorlar o‘rtasida murosasozlik rolini 
bajaradi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, AQSH davlatlar ittifoqidan (konfederat-
siyadan) ittifoq davlatga – federatsiyaga aylandi. AQSH Konstitutsiyasi 
tuzilishiga ko‘ra pereambula, 7 moddadan iborat bo‘lib, ulardan faqat 
4 tasi bo‘limlarga ajratilgan. Unga ko‘ra, qonun chiqarish hokimiyati – 
kongressga, ijro etish hokimiyati Prezidentga, sud hokimiyati Oliy sud va 
kongress tomonidan tashkil etiladigan quyi federal sudlarga tegishli 
bo‘ladi. 
Kongress ikki palata – Senat va Vakillar palatasi asosida tashkil 
qilinadi. Senat har bir shtatning qonun chiqaruvchi majlisi tomonidan 


 220
nafardan 6 yil muddatga saylanadigan senatorlardan iborat. Senatning 1/3 
qismi har 2 yilda yangilanib turishi kerak. Vakillar palatasi proporsional 
saylov tizimi asosida – aholi soniga qarab xalq, ya’ni saylov korpusi 
tomonidan 2 yil muddatga saylanadi. Hamma saylovlar juft sonli yillarda 
o‘tkaziladi. Qonun avval vakillar palatasida qabul qilinadi va so‘ng senat 
tomonidan tasdiqlanadi. Senatning roziligisiz birorta ham qonun qabul 
qilinishi mumkin emas. Qabul qilingan qonun Prezident tomonidan imzo 
qo‘yilgandan keyin kuchga kiradi. 
Kongress federal mansabdor shaxslarni, jumladan, prezidentni ham 
impichment (parlament tomonidan davlat xizmatida turgan mansabdor 
shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik qo‘zg‘ash) tartibida sud qilish 
huquqiga ega. Bunda tergov ishlarini vakillar palatasi olib boradi, senat 
esa sud qiladi. 
Federal kongress boj va soliqlarni belgilash, pul tamg‘alash va uning 
qiymatini belgilash, chet mamlakatlarga va ayrim shtatlarga qarz berish, 
tosh-tarozi, og‘irlik o‘lchov birliklarini o‘rnatish, ichki va tashqi savdoni 
tartibga solish, sudlarni tashkil etish, qo‘shma shtatlarning mudofaasini 
ta’minlash, urush e’lon qilish, armiya va flot tuzish va ta’minlash, federal 
qonunlarni ijro etish va qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun politsiyadan 
foydalanish kabi huquqlarga ega bo‘lgan. Amalda Kongress «qonunlar 
paketi», ya’ni bir vaqtda qabul qilinuvchi bir qancha qonunlarni 
chiqarishi mumkin bo‘lgan. 
Shuningdek, Konstitutsiyada kelajakda kongressning huquqlari 
kengaytirilishi mumkinligi nazarda tutildi. Konstitutsiyaga binoan federal 
kongressning tergovsiz sud qilish haqida, dvoryanlik imtiyozlarini joriy 
qilish haqida va boshqa shu kabi qonunlarni qabul qilishi qat’iyan 
taqiqlandi. Federal organlar xalqaro munosabatlarda AQSH nomidan 
harakat qilish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. 
Konstitutsiyada ayrim shtatlarning huquqlari to‘la belgilanmadi. 
Lekin, shtatlar federal kongressga tegishli birorta ham masalani hal qilish 
huquqiga ega emas. Konstitutsiyaga ko‘ra shtatlar federatsiya ixtiyorida 
bo‘lmagan fuqarolik, jinoyat, mehnat, protsessual huquqlar sohasida 
qonunlar qabul qilish, Respublika tuzumini saqlab qolish sharti bilan o‘z 
Konstitutsiyalarini qabul qilish huquqiga egadirlar. 
AQSH Prezidenti ijroiya hokimiyat boshlig‘i bo‘lib, u ikki pog‘onali 
saylov tizimi asosida, ya’ni saylangan saylovchi vakillar tomonidan 4 yil 
muddatga saylanadi. Prezident davlat boshlig‘i, hukumat boshlig‘i hamda 
qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Prezident va u 
tomonidan tayinlanadigan ministrlar (sekretarlar) Kongressga o‘z 


 221
faoliyatlari yuzasidan hisobot bermaydilar. Faqat xoinlikda, poraxo‘rlikda 
aybdor deb hisoblangandagina Prezident va ministrlar mansablaridan 
olinishlari mumkin. Konstitutsiyaga binoan Prezident senatning roziligi 
bilan xalqaro shartnomalarni imzolash, elchilar, konsullar, Oliy sud 
a’zolari va yuqori federal mansabdor shaxslarni tayinlash vakolatlariga 
ega. Shuningdek, Kongress qonunlariga veto qo‘yish huquqidan 
foydalanadi. Prezident vetosi Kongress palatalari deputatlarining 2/3 
qismidan ko‘prog‘ining qarshiligi bilan bekor qilinishi mumkin. U vaqti-
vaqti bilan qo‘shma shtatlarning ahvoli haqida Kongressga axborot berib 
turadi. Kongressning favqulodda sessiyalarini chaqirishi mumkin. 
Sud hokimiyati Oliy sud va Kongress tomonidan tashkil qilinadigan 
quyi federal sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Barcha sudyalar (oliy 
sud a’zolari ham) senatning roziligi va Prezident tomonidan tayinlanadi. 
Oliy sud barcha qonunlar va shartnomalarni ularning Konstitutsiyaga 
muvofiqligi nuqtai nazaridan sharhlash va ularni Konstitutsiya ruhiga 
munosib emas, deb bekor qilish huquqiga ega. 
Konstitutsiyani o‘zgartirish yoki unga qo‘shimcha kiritish uchun juda 
murakkab tartib o‘rnatilgan. Konstitutsiyaga qo‘shimcha faqat 
Kongressning har ikki palatasining yoki maxsus chaqirilgan Konvent 
a’zolarining 2/3 qismi ijobiy ovoz bersa va bu qo‘shimchalar shtatlarning 
3/4 qismini qonun chiqarish majlislari tomonidan ma’qullangandagina 
qabul qilingan, deb hisoblangan. 
Saylov huquqi turli shtatlarda ularning Konstitutsiyalari bo‘yicha 
turlicha edi. Xotin-qizlar, negrlar va mahalliy indeyetslar saylov 
huquqlaridan mahrum etilgan. Unda yuqori mulk, o‘troqlik, ma’lumot 
senzi va boshqa cheklashlar mavjud edi. 
Konstitutsiyada mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Unda qul 
savdosi va qochoq qullarni qaytarish haqida alohida modda bor edi. 
Demokratik huquq va erkinliklar, shtatlarning suveren huquqlari haqida 
hech narsa deyilmagan. Shuning uchun Konstitutsiya ayrim shtatlar 
tomonidan tasdiqlanishi davrida bu kamchiliklar ko‘rsatiladi. Konstitut-
siya ko‘pchilik shtatlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ham 1789-yilda 
federal Kongress unga «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» (qonun) deb 
ataluvchi birinchi 10 ta tuzatish kiritli va bu tuzatishlar faqat 1791-yilda 
barcha shtatlar tomonidan tasdiqlangach kuchga kirdi.  
Konstitutsiyada demokratik xarakterdagi qoidalar aks ettirilmaganligi 
sababli 1789-yil sentabrda D. 
Medison tomonidan Konstitutsiyaga 
kiritiluvchi 10 ta tuzatish qabul qilinadi. Bu tuzatishlar 1791-yil dekabrda 
shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi va kuchga kiradi. Mazkur 


 222
qo‘shimchalar «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» deb nom oladi va 
konstitutsiyaning progressiv tomonini kuchaytiradi. Ularning yettitasi 
fuqarolarning siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklariga 
bag‘ishlanadi. Sakkizinchi tuzatishda harbiy holat, to‘qqizinchida fuqaro-
larning Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan huquqlarining cheklanmasligi, 
o‘ninchi tuzatishda esa Konstitutsiya bilan Qo‘shma shtatlarga 
berilmagan vakolatlar tegishlicha shtatlar va xalq ixtiyorida qoldirilishi 
ko‘rsatilgan. 
Davlat apparatida dastlab faqat 672 ofitser va soldat ish olib borgan. 
Tashqi va ichki ahvol esa jiddiy holatda bo‘lgan.  
1789-yil 30-apreldan boshlab AQSHning birinchi Prezidenti Jorj 
Vashington o‘z lavozimini amalga oshirishga kirishadi. So‘ng dastlabki 
departamentlar – davlat, harbiy va moliya departamentlarini tuzish haqida 
qonunlar qabul qilinadi. Bosh attorney (Adliya vaziri) lavozimi ta’sis 
etilib, 1789-yilgi qonun asosida adliya xizmatiga asos solinadi. 1790-
yilda Oliy sud o‘zining birinchi majlisiga yig‘iladi. 
Sud tizimining huquqiy asosi 1789-yil Kongress tomonidan qabul 
qilingan «Sud tuzilishi haqida»gi qonun bo‘lib qoladi. Ushbu qonunga 
binoan Oliy sud – bosh sudya va beshta assotsiatsiyalangan sudyalardan 
iborat tartibda tashkil qilindi (keyinchalik ularning soni bir necha marta 
o‘zgaradi va 1869-yildan e’tiboran 9 ta sudyadan iborat tartibda 
o‘zgarmas qilib o‘rnatildi). AQSH 13 ta sud rayonlariga bo‘linib, Men va 
Kentukidan tashqari uchta sud okrugiga birlashtirildi. Shunday qilib, uch 
pog‘onali federal sud tizimi ta’sis etilgan.  
XIX asr boshida «Konstitutsiyaga zid keladigan har qanday qonun 
ahamiyatsiz» degan prinsip shakllanadi va u konstitutsionalizm uchun 
asos qilib olinadi. 
Dastlabki 30 yil ichida federatsiyaning statut huquqi asoslari 
yaratiladi. Dastlabki 20 yil ichida Konstitutsiyaga XI va XII tuzatishlar 
kiritiladi. 1795-yilda kiritilgan XI tuzatish shtatlarning boshqa shtat 
fuqarolari yoki chet elliklar tomonidan sud qilinishidan daxlsizlik 
huquqini o‘rnatadi. 1804-yildagi XII tuzatish prezident va vitse-prezident 
nomzodlari uchun alohida-alohida ovoz berishni joriy qilib, prezidentni 
saylash protsedurasini yangi qoida bilan to‘ldirdi. 
Siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi masalasida 
AQSH konstitutsiyasi partiyalar mavjudligini to‘la inkor qiladi. Dastlab 
fraksiya deb atalgan partiyalarga nisbatan ham juda sovuq fikrlar mavjud 
bo‘lgan. Partiyalar shakllanishi oliy ma’muriyat vakillarining ajralishi va 
nisbatan qarama-qarshi bo‘lgan o‘z tarafdorlarini yuzaga kelishiga borib 
taqaladi.  


 223
Dastavval ikki partiya – konstitutsion monarxiyani yoqlovchi 
federalistlar va antifederalistlar, ya’ni respublikachilar partiyalari 
shakllanadi. Federalistlar burjuaziya – savdogarlar, manufakturachilar, 
kema va bank egalari, yer olib-sotarlar, katta plantatorlar partiyasi edi. 
Respublikachilar esa maydaroq plantatorlar, fermerlar, mayda burjuaziya 
va hunarmandlar partiyasi bo‘lgan. 
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish