2-§. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida
Germaniyada siyosiy tuzumning o‘zgarishi
Germaniya imperiyasining 1871-yilgi Konstitutsiyasi. 1871-yil
16-aprelda Ta’sis reyxstagi umumgerman Konstitutsiyasini qabul qildi.
Unda oldingi davrlarda qabul qilingan barcha huquqiy hujjatlar inobatga
olingan.
Imperiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ittifoqchilar davlati hisoblangan.
Uning tarkibiga qirol va knaz sulolalari boshqaruvidagi 22 ta monarxiya
va 3 ta erkin shahar kirgan. Germaniyaga qo‘shib olingan Elzas-
Lotaringiya hududi imperiyaga hokim (shtatgelter) tomonidan idora
etiladigan maxsus imperiya provinsiyasi bo‘lib kiritilgan.
A’zolarning ayrimlari o‘z Konstitutsiyasi, landtag – vakillik
muassasalarini saqlab qoladi. Davlat funksiyalarining ma’lum bir qismi,
207
ya’ni cherkov ishlari, maorif, soliq va ichki biror muhim soha boshqaruvi
ular hukumatlarning ixtiyorida qoldiriladi. Joylarda xalq vakolatlari tor
bo‘lib, tabaqa imtiyozlari davom etgan.
Mayda nemis davlatlarining Prussiya harbiy va iqtisodiy qudratiga
qaramligi Prussiyaning hukmronligini ta’minlagan. Imperiya boshqa-
ruvida «armiya va qal’alar» bo‘yicha qirol tomonidan tayinlanadigan
komitet, tor doiradagi davlatlar vakillaridan iborat «tashqi ishlar» komiteti
tashkil etilgan.
Ittifoq miqyosida qonun chiqarish huquqi umumimperiya hokimiyati
imperatori va imperiya kansleri qo‘lida to‘plangan. Konstitutsiyaga
binoan federal kengash ikki palatadan, yuqori palata – bundesrat, ya’ni
ittifoq kengashi hamda quyi palata – reyxstagdan tuzilgani holda
qonunchilik vakolatlari unga berilgan. Aynan shu ikki palata oliy
vakolatli muassasalar hisoblangan.
Germaniyaga faqat Prussiya qiroligina imperator bo‘lishi mumkin
bo‘lgan. Imperator ijroiya hokimiyatni boshqargan va shakllantirgan.
Uning vakolatlari keng bo‘lib, reyxstag va ittifoq kengashi sessiyalarini
chaqirish va tarqatish vakolatiga ega bo‘ladi. Imperiya nomidan ish
ko‘radi. Shuningdek, imperiya qonunlarini ishlab chiqish va e’lon qilish
ham uning vakolatiga kirgan. Imperatorning mutlaq hokimiyati faqat
kanslerning kontrassignatura (ma’lum hujjatning kuchga kirishi uchun
kanslerning imzosi shartligi) huquqi bilan tiyib turilgan. O‘z navbatida
qatori vakolatlarini, xususan, urush va tinchlik e’lon qilish, shartnomalar
tuzish, ittifoqda o‘z majburiyatlarini bajarmagan davlatlarga nisbatan jazo
berish huquqlarini Ittifoq kengashining roziligi bilan amalga oshirgan.
Ittifoq ministrligi tashkil etilmagan. Ittifoqning yakka ministri
imperiya kansleri edi. U reyxstag oldida javobgar bo‘lmagan. Imperator
tomonidan lavozimga tayinlangan va bo‘shatilgan, uning oldida javobgar
bo‘lgan. Imperiyaning ayrim markaziy idoralariga stats-sekretarlar
rahbarlik qilgan, ular kanslerning yordamchilari hisoblangan.
Imperiya kansleri bir vaqtning o‘zida imperiya hukumati bo‘lib,
qonunlarda uning irodasi mujassamlangan. Imperiya kansleri lavozimida
Prussiya ministr-prezidenti faoliyat ko‘rsatgan. U bir vaqtning o‘zida
Prussiya ministrlar kabinetining boshlig‘i ham hisoblangan. XIX asrda
Germaniyaning eng yirik siyosiy arboblaridan biri Otto fon Bismark bu
mansabni 1862-yildan 1890-yilgacha egallab turgan.
Kansler bundesratning raisi ham hisoblangan. Yuqori palatada
ovozlar teng bo‘lib qolganda uning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan. Bundesratda harbiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmay
208
qolganda kanslerning ovozi asosiy hisoblangan. Bundan tashqari, u
budjetni to‘ldirish uchun to‘lovlar tayinlash huquqiga ega bo‘lgan.
Shuningdek, u har yili ittifoq kengashi va reyxstagga xarajatlar haqida
hisobot taqdim qilishi lozim bo‘lgan.
Imperator va kansler o‘z faoliyatida bundesratning muhim
Konstitutsiyaviy vakolatlariga tayangan. 1871-yilgi Konstitutsiyada hatto
rasman bo‘lsa ham «xalq suvereniteti» prinsipi e’lon qilinmaydi.
Konstitutsiya hukmron doiralarning monarxning davlat hokimiyati
haqidagi konservativ tasavvurlari bilan to‘la qarama-qarshiliklarni
mujassam etgan. Unga binoan imperator nomidan ham ijroiya hokimiyati,
ham qonun chiqarish hokimiyati amalga oshirilgan. Davlat muassasalari
va mansabdor shaxslarning vakolatlari ham imperator nomidan
belgilangan.
Reyxstag – quyi palata umumiy saylov huquqi asosida va yashirin
ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylangan. Lekin, amalda quyi
darajadagi harbiy xizmatchilar, mulksiz kambag‘allar va ayollardan
tashqari 25 yoshga to‘lgan erkaklargina saylov huquqiga ega bo‘lgan.
Reyxstag a’zolari o‘z mehnatlari uchun hech qanday maosh yoki haq
olmaganlar (V bo‘lim, 32-modda).
Qonun chiqarish tashabbusi reyxstag qo‘lida bo‘lib, ittifoq kengashi
va imperator uning qarorlarini tasdiqlamaslik huquqiga ega bo‘lgan. U
imperator nazorati ostida bo‘lgan. U qabul qilgan birorta ham qonun
bundesratning tasdig‘isiz amalga kiritilmagan.
Ittifoq kengashi – bundesrat, yuqorida aytilganidek yuqori palata
bo‘lib, saylanmasdan balki hamma german monarxiyalari va erkin
shaharlarning vakillaridan iborat holda tuzilardi va ularning imperiyadagi
salmog‘i, o‘rnini o‘zida aks ettirgan. Unda jami 58 ta o‘rin bo‘lib,
shuning 17 tasi Prussiyaga tegishli edi. Konstitutsiyaga kiritiladigan
o‘zgarish uchun faqat 14 ta qarshi ovoz berilsa ham, kengashning kiritgan
taklifi qabul qilinmagan.
Bundesratga imperiya qonunlarini hayotga tatbiq etish uchun zarur
bo‘lgan ma’muriy buyruqlar va instruksiyalar chiqarish, imperator roziligi
bilan reyxstagni tarqatib yuborish, o‘lkalar o‘rtasidagi nizolarni
majburlash choralarini, jazolarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish
vakolatlariga ega edi.
Armiyadan politsiya maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan.
Umumiy harbiy majburiyat har bir nemisga 7 yil, ya’ni 20 yoshdan 28
yoshgacha qilib belgilangan. Imperiyaga harbiy holat e’lon qilish huquqi
berilgan.
209
Keyingi yillarda davlat tizimi va Prussiya harbiy kuchlari yordamida
hukmron doiralar prusslashtirish siyosatini olib boradilar. Germaniyada
militarizm ruhi hukmronlik qila boshlaydi. Byurokratik-amaldorlik
hokimiyati zulmi va markazlashgan politsiya nazorati butun mamlakatda
hukm suradi. Germaniya imperiyasi politsiyachi-byurokratik yarim
mustabid davlatga aylangan.
Kayzer (imperator) Germaniyasining siyosiy rejimi. XIX asrda
birlashgan Germaniyaning qarama-qarshiliklarga to‘la tarixiy rivojlanishi
yo‘lida sodir bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar uning
siyosiy rejimida ham tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi.
Bu jarayonlarda Germaniyaning kansleri (ilgarigi Prussiya ministr-
perzidenti) Otto fon Bismark alohida rol o‘ynaydi. Tarixiy adabiyotlarda
qator qarama-qarshi tushunchalar, jumladan «yuqoridan o‘tkazilgan
inqilob», «davlat sotsializmi», «reaksion militarizm», «bonapartizm» va
boshqa nomlar bilan belgilangan siyosatni amalga oshirish aynan Bismark
nomi bilan bog‘liq.
Darhaqiqat, XIX asrda Germaniyaning burjua inqilobi ta’sirida
birlashtirilishi uning iqtisodiyotning, kapitalistik tadbirkorlikning,
aksionerlik kompaniyalari, banklar va yangi sanoatning rivojlanishiga
sharoit yaratadi.
XIX asrning oxirgi 1/3 qismi «gryunderlik» (grunder – asos solmoq,
ta’sis qilmoq) davri deb ataladi. Aynan shu davrda xo‘jalikning deyarli
hamma sohalarida, ko‘proq iqtisod-moliya tarmoqlarida ta’sis etish ishlari
kuchayib ketgan.
Umumimperiya bank biletlari, yagona o‘lchov va og‘irlik birliklari,
bojxona tariflari, patent qonunchiligi joriy qilindi. Mamlakat ikki–uch o‘n
yilliklar davomida Yevropa va dunyodagi eng ilg‘or, sanoati rivojlangan
davlatlardan biriga aylangan.
Dastlabki davrlarda tadbirkorlik va savdoning rivojlanishi yo‘lidagi
ko‘pdan-ko‘p to‘siqlar olib tashlanadi. Umumimperiya partiyaviy tizimi
tashkil qilingan, ishchi tashkilotlari va partiya nashrlari oshgan.
Bu vaqtda Germaniya siyosiy tuzumida siyosiy partiyalar muhim
o‘rin tutadi. Ilk partiya sifatida konservatorlar partiyasini ko‘rsatish
mumkin. U Sharqiy Prussiya yirik yunker (yirik feodal, pomesh-
chik)larining, Saksoniya, Brandenburg yer egalarining manfaatini ifoda
etgan. Bu partiya 1866-yilda ittifoq tashkil topishi vaqtida qo‘rqish
natijasida ajralishga uchraydi. Bir qismi ajralib chiqib, o‘zining eski
nomini saqlab qoladi. Bu yarim mutlaq monarxiya tarafdori bo‘lgan. U
o‘z vaqtining hukmron partiyasi hisoblanib, davlat boshqaruvidagi muhim
210
vazifalarda ishlab kelganlar. Ularning ta’siri Prussiyada kuchliroq bo‘lib,
Prussiya landtagi ularning tayanchi edi.
Konservatorlarning bo‘linib ketgan bir qismi o‘zlarining imperiya
Do'stlaringiz bilan baham: |