Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


YANGI DAVR GERMANIYA DAVLATI VA HUQUQI



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

XII BOB. YANGI DAVR GERMANIYA DAVLATI VA HUQUQI 
1-§. Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari 
Yangi davr Germaniya davlati va huquqi rivojlanishida bir qancha 
bosqichlarni bosib o‘tgan. Germaniya davlatchilik va huquqiy taraqqiyoti 
XIX asrda davom etgan. 
Napoleon bosqini va «German millati muqaddas Rim impe-
riyasi»ning qulashi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» 
faqat rasman yagona davlat bo‘lib, XVIII asrda uning tarkibiga suveren 
davlatlar hisoblangan imperatorning 7 ta kurfyuristligidan tashqari 300 ga 
yaqin katta-kichik davlatlar kirgan. Bu davlatlar rasman imperatorga 
qaram bo‘lib, amalda knazlar, yepiskoplar, shaharlar kengashlari va 
boshqa ko‘p sonli feodal egaliklar tomonidan idora etilardi. Ularning 
ko‘pchiligi yeri va aholisi juda kam bo‘lgan davlatlar edi.  
German knazliklari orasida Saksoniya, Bavariya, Vyurtemburg va 
hududi kengligi jihatidan Avstriya, imperiya siyosiy hayotiga ko‘proq 
ta’sir o‘tkazishi bilan Prussiya (poytaxti Berlin) ajralib turgan. Bu 
yerlarda asosan slavyanlar – polyaklar, xorvatlar, slovenlar, chexlar, 
vengerlar yashardilar. 
Prussiya XVIII asrning ikkinchi yarmida qudratli monarxiya 
davlatiga aylanib ulguradi. Bunda prus qiroli Fridrix II (1740–1786-
y.)ning «ma’rifatli absolutizm» siyosati muhim rol o‘ynaydi. U boshqaruv 
sohasida moliya, sud, bojxona, iqtisodiyot va agrar sohalarda islohotlar 
o‘tkazadi. 
Prussiya barcha german davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1781- yilda 
umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy qilgan. Mamlakat huquqini birxil-
lashtirgan. 1781-yilda birinchi Fuqarolik protsessual kodeksi, 1793-yilda 
Sud ustavi, 1794-yilda esa Umumdavlat qonunnomasi (Prussiya 
landrexti) amalga kiritilgan. 
Bu islohotlar natijasida mamlakatda burjua munosabatlari rivojlanishi 
yuz beradi. Kapitalistik tadbirkorlik rivojlanishi rag‘batlantiriladi. 
Kattaligi bo‘yicha Yevropada 4 o‘rinda turadigan yirik qurolli kuchlar 
tashkil etilib, unga yillik budjetning 85 % sarflangan. 
«German millatining muqaddas Rim imperiyasi» Napoleonning 
bosqinchilik urushi davomida siyosiy-iqtisodiy qoloqligi va tarqoqligi 
sababli osonlik bilan tugatiladi. Natijada fransiya manfaatlariga muvofiq 


 199
egallangan hududlarda qayta ma’muriy-hududiy taqsimot amalga 
oshirilib, yirik davlatlar, Berg gersogligi va Vestfaliya qirolligi tashkil 
qilinadi. 
German davlatlarining Reyn ittifoqi 1806-yilda tashkil topib, tarki-
biga dastlab 16 ta, keyin 21 ta german davlati kirgan. U rasman davlat 
suverenitetidan mahrum etilmagan monarxiyalar ittifoqi sifatida vujudga 
keladi. Lekin, Napoleon bilan syuzerenitet-vassalitet munosabati amal 
qiladi. Ittifoq a’zolari «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidan 
chiqqanliklarini e’lon qiladi. 
Bu davlatlarda yer, moliya, ma’muriy sud islohotlari amalga 
oshiriladi. Ba’zi joylarda Napoleonning 1804-yilgi «Fuqarolik kodeksi» 
joriy qilinadi. Nemis qishloqlarida krepostnoy qaramlik bekor qilinib, 
dehqonlarni mulkdorlarga aylantirishga qaratilgan birinchi qadam 
tashlangan. 
Reyn ittifoqi tarkibiga Prussiya kirmagan edi. 1807-yilda Prussiya 
Fransiya bilan bo‘lgan urushda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng 
dvoryanlar burjua xarakterida islohotlar o‘tkazishga qaror qiladilar. 
Amalda feodal tuzumni chegaralovchi, kapitalizm taraqqiyotiga yo‘l 
ochib beruvchi muhim farmonlar qabul qilinadi. Natijada qisman 
dvoryanlarga ham tatbiq etiladigan yangi soliqlar joriy qilinadi. Cherkov 
yerlarini davlat yeriga aylantirish (sekulyarizatsiya qilish) amalga 
oshirilib, kichik cherkovlar bekor qilingan. 
Boshqaruv sohasida iqtisodiy islohotlar bilan bog‘liq holda 
o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Jumladan, beshta ministrlik – harbiy, ichki 
ishlar, tashqi ishlar, adliya, moliya ministrligi ta’sis etilgan. Har bir 
viloyatga hukumat tomonidan tayinlanadigan ober-prezident boshliq qilib 
qo‘yilgan. 1808-yilgi qonun bilan shaharlarda mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqaradigan mahkamalar joriy etilgan. Barcha muhim ishlar – moliya, 
politsiya, ta’lim, ijtimoiy ta’minot ularning vakolatiga topshirilgan. 
Saylov huquqi mulk senzi (150–200 taler)ga asoslangan. Armiyada 
ham islohotlar o‘tkazilib, tan jazolari bekor qilingan. 1814-yilda umumiy 
harbiy majburiyat joriy qilingan. Ofitserlar yetkazib beruvchi (kelib 
chiqishi dvoryan bo‘lmaganlarga ham) harbiy akademiyaga asos solingan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish