2-§. Yangi davr Fransiya huquqiy tizimining xususiyatlari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Fransiya huquqi tubdan isloh qilindi.
1789-yilning may oyida yig‘ilgan General shtatlar deputatlari hudud
bo‘yicha tubdan islohot o‘tkazib, Fransiyaning yagona huquqiy
tizimini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydilar.
Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, aynan yangi
jamiyatni qurish uchun yaratilgan qonunlar edi. 1789-yilning 29-av-
gusti va 18-sentabrida Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan
qonunlar erkin savdo prinsipini joriy qilishga olib keldi. Oktabr oyida
zayomlar bo‘yicha foiz olishni taqiqlovchi qonunlar bekor qilingandan
so‘ng, kredit operatsiyalarini o‘tkazishga keng yo‘l ochildi. 1790-
yilning 29-sentabrida o‘rta asr huquqi uchun xos bo‘lgan umrbod ijara
huquqi bekor qilinib, mulkiy ijara muddati uchun yuqori muddat, ya’ni
99 yil qilib belgilandi.
1791-yilning fevralida Ta’sis majlisi o‘rta asr sexlarini tarqatib
yubordi. 1791-yilning 2–17-maylarida bir qator qonunlar chiqarilib,
o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan savdo va hunarmandchilikka oid
cheklashlar bekor qilindi va tadbirkorlik erkinligini e’lon qilindi.
Ta’sis majlisining bu sohadagi faoliyatini qonunchilik majlisi va
Milliy konvent davom ettirdi. 1790-yili qonun yo‘li bilan mayorat
instituti tugatildi. 1791-yilning aprelida qabul qilingan meros huqu-
qiga o‘zgartirishlar kiritilib, bolalarning merosga teng huquqi
belgilandi.
1792-yili fuqarolik holatlarini belgilab beruvchi aktlarni o‘zgarti-
ruvchi qonunlar qabul qilinadi. Endilikda davlat tomonidan nikohdan
o‘tilishi majburiy qilib belgilandi. Nikohni bekor qilishda keng
erkinliklar berildi. Qonuniy va nikohsiz tug‘ilgan bolalarning
huquqlari tenglashtirildi.
Ta’sis majlisi 1790-yilning 21-avgustida dekret chiqarib, fuqaro-
lik, jinoiy va protsessual kodeks yaratish zarurligini e’lon qiladi.
Ammo Ta’sis majlisi faqat jinoyat kodeksini ishlab chiqishga ulgurdi.
Fransiya jinoyat kodeksi 1791-yilda qabul qilinib, u sodda va aniq
tuzilishga ega edi. Uning «jazolar to‘g‘risida»gi birinchi qismida tan
jazolari berish to‘g‘risida o‘rta asrlarga xos bandlar olib tashlandi.
Jinoyat kodeksining ikkinchi qismi «jinoyatlar va jazolar to‘g‘risida»
deb nomlanib, unda qanday qilmishlar jinoyatlar turkumiga kirishi
to‘la yoritib berildi.
194
Jinoyat kodeksining o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, unda har
bir qilmish uchun aniq mo‘ljallangan mutlaq-aniq sanksiyalar ko‘zda
tutilgandi. Barcha jinoyatlar ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruh,
davlat manfaatiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan, ikkinchi guruh esa,
xususiy shaxs manfaatlariga qarshi jinoyatlardan iborat. Xususiy
shaxsga qarshi jinoyatlar o‘z navbatida shaxsga va mulkka qarshi
qaratilgan jinoyatlar guruhiga bo‘lingan.
Qo‘llaniladigan jazo choralari 35 ta moddada o‘z aksini topgan.
Kishilarning qadr-qimmatiga ta’sir etuvchi jazo choralaridan, oshkora
tarzda shaxsning g‘ururini toptash, ustunga bog‘lab qo‘yish kabi
jazolar saqlanib qolingan. Undan tashqari, katorga ishlari va yakka
tartibda qamoqda saqlash kabi jazo choralari mavjud bo‘lgan.
XIX asrning boshlarida (1804–1810-y.) o‘sha davrdagi barcha
huquq sohalarini qamrab olgan beshta kodeks qabul qilindi. Bu tarixga
Napoleon kodekslari nomi bilan kirdi. Ulardan 1804-yilgi Fuqarolik
kodeksi tahsinga sazovordir. Fuqarolik kodeksi kirish, uchta kitobdan
iborat bo‘lib, 2281 moddadan tashkil topgan. U rim huquqi singari
tuzilishga ega bo‘lib, shaxs, buyum, meros va majburiyat huquqlaridan
iborat tarzda edi.
Birinchi kitob «shaxslar to‘g‘risida» deb nomlanib, fuqarolarning
huquqlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi. Kodeksda belgilab
qo‘yilgan fuqarolarning huquqlari chet el fuqarolariga nisbatan tegishli
bo‘lmagan. Kodeksda yuridik shaxs tushunchasi berilmagan.
Birinchi kitobda oila huquqining asosiy prinsiplari ham
mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolik kodeksining alohida moddalari er
va xotinning teng huquqligini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsa-da, umuman
olganda, oilada otaning roli hukmron mavqega ega edi. Kodeksga
ko‘ra, oila uchun turar joyni er belgilab berishi, xotin esa uning
orqasidan borishi kerak edi. Kodeksda xotin erga xiyonat qilganda, er
ajralish uchun uni sudga berishga haqli edi. Ammo er xotiniga xiyonat
qilganda, xotin ajralishi uchun er u bilan bir uyda yashagan bo‘lishi
kerak edi. Bu qoida 1884-yili bekor qilingan. Er va xotin huquqining
notengligi oiladagi mulk munosabatlarida ham aniq ko‘zga tashlangan,
ya’ni oila mulki bilan shug‘ullanish erning tasarrufida bo‘lib, buning
uchun xotinning roziligini olish shart emas edi.
Kodeksda er va xotinning bolalarga bo‘lgan munosabatlarida teng
huquqlilik bo‘lmagan. Ota 16 yoshga yetmagan bolalarni bir oygacha
muhlatga ozodlikdan mahrum qilishga haqli edi. 25 yoshga yetmagan
o‘g‘il va 21 yoshga yetmagan qiz bolalar uchun uylanish va turmush
195
qurish uchun ota-onaning roziligi kerak bo‘lgan. Agar ota-ona fikrida
farq bo‘lsa, otaning fikri inobatga olingan.
Ikkinchi kitob mulk va xususiy mulkning turli ko‘rinishlarini
tartibga solgan. Bu ham rim huquqidagi uzufrukt, xususiy mulk kabi
institutlardan tashkil topgan edi. Kitobda markaziy o‘rinni xususiy
mulk instituti egallaydi. Kitobda yerga xususiy mulk to‘g‘risida so‘z
borib, yerning osti va usti ham yer egasiga tegishli ekanligi
mustahkamlangan. Yer egasi yer osti va usti boyliklariga ham egalik
qilishi mumkin bo‘lgan. Faqat 1810-yilga kelib, kodeksga maxsus
o‘zgartirish kiritilib, konlar faqat davlat tasarrufida bo‘lishi qayd etib
qo‘yilgan.
Uchinchi kitob «xususiy mulkka egalik qilishning turli usullari
to‘g‘risida» bo‘lib, unda xususiy mulkka egalik qilish meros huquqi
orqali, vasiyat bo‘yicha hamda majburiyat huquqi bo‘yicha egalik
qilish mustahkamlangan. Meros huquqi bo‘yicha o‘lgan shaxsning
merosxo‘rlari bo‘lib, bolalari va boshqa 12-darajagacha bo‘lgan
qarindosh-urug‘lari hisoblangan. Noqonuniy tug‘ilgan bolalar faqat
ota-onaning merosiga haqli bo‘lib, boshqa qarindoshlarning merosiga
haqli bo‘lmaganlar. Uchinchi kitobda asosan majburiyat huquqi,
shartnoma munosabatlari o‘z ifodasini topgan. Ularning hammasi rim
huquqidan o‘zlashtirib olingan.
1807-yili fuqarolik kodeksiga qo‘shimcha ravishda maxsus savdo
kodeksi qabul qilingan. Bu kodeks Fransiya huquqiy tizimiga yangilik
kiritdi, ya’ni Fransiya xususiy mulk huquqini ikkiga bo‘linishi,
fuqarolik va savdo huquqiga bo‘linishini mustahkamlab berdi.
Savdo kodeksi to‘rtta kitobdan iborat bo‘lib, birinchi kitobda
umumiy qoidalar berilgan. Unda tijoratchilar, savdo birjalari,
kompaniyalar va hokazolarning haq-huquqlari belgilab qo‘yilgan.
Ikkinchi kitob xalqaro va dengiz savdosi masalalariga bag‘ishlan-
gan bo‘lib, dengiz kemalarining huquqiy maqomini, dengizda yuklarni
tashish, ularning sug‘urtasi kabi masalalarga bag‘ishlangan. Uchinchi
kitob bankrotlik masalalarini, to‘rtinchi kitob savdo yurisdiksiyasini
tartibga solgan.
Umuman olganda, Fransiya savdo kodeksi fuqarolik kodeksiga
qaraganda uncha mukammal bo‘lmagan darajada tuzilgan edi. Unda,
masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha faqat bitta modda bor edi.
Shuning uchun tijoratchilar o‘rtasida bahs vujudga kelganda, ular
Fuqarolik kodeksi moddalari bilan hal etilgan.
196
Fransiya jinoyat kodeksi 1791-yilgi inqilobdan keyin qabul
qilingan kodeks qisqa vaqt amalda bo‘ldi. 1810-yili imperator
Napoleon rahbarligida Fransiyaning yangi Jinoyat kodeksi ishlab
chiqildi. Bu kodeks o‘z zamonasi uchun progressiv xarakterga ega edi.
Kodeks kirish, to‘rtta kitobdan iborat edi. Kirishda umumiy qoidalar,
birinchi kitobda jazo choralarining umumiy masalalari, ikkinchi
kitobda jazo turlari va jinoiy javobgarlik masalalari mustahkamlangan
edi. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi kitoblar Jinoyat kodeksining
umumiy qismini tashkil etib, jinoyat huquqining asosiy tushunchasi va
prinsiplarini o‘zida mujassamlagan. Kodeksning uchinchi va to‘rtinchi
kitobi maxsus qismni tashkil etib, jinoiy qilmishning turlari va ular
uchun belgilangan jazo choralari ifodalangan.
Qonun bilan taqiqlangan barcha qilmishlar jinoyat deb hisob-
langan. Unda qonunlarning orqaga qaytish kuchi yo‘qligi e’lon
qilingan. Shuningdek, kodeksda jinoyat ishtirokchilarining javobgar-
ligi hamda qattiq ruhiy holatda va majburlov yo‘li bilan jinoyat sodir
etganlarni javobgarlikka tortmaslik masalasi belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksida jinoiy harakatlarni tasniflashda, jazolarni og‘ir-
yengilligiga qarab uch guruhga bo‘lingan. Jumladan, birinchi guruhga
eng og‘ir jinoiy qilmishlar kiritilgan. Ularga nisbatan ko‘zda tutilgan
jazolar azobli va sharmandali bo‘lgan; ikkinchi guruhga axloq-tuzatish
choralari belgilangan jinoyatlar kiritilgan; uchinchi guruh
huquqbuzarliklar politsiya tomonidan jazo beriladigan qilmishlar
hisoblangan.
Kodeksda davlatga qarshi jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar sirasiga
kiritilgan. Ularga davlatning tashqi xavfsizligiga qarshi jinoyatlar,
shpionaj, imperator va uning oila-a’zolariga suiqasd qilish, davlat
boshqaruv shaklini to‘ntarish yoki o‘zgartirishga urinishlar kirgan.
1808-yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksi
bilan aralash protsess joriy etilgan. Tergov sudyasi aybdorning
tergovga kelishi to‘g‘risida buyruq chiqarishi, kelmagan taqdirda
majburiy ravishda olib kelish yoki qamash to‘g‘risida buyruq
chiqarishi mumkin bo‘lgan. U aybdorni, guvohlarni so‘roq qilish,
jinoyat sodir etilgan joyni borib ko‘rishi va boshqa tergov harakat-
larini amalga oshirgan.
Jinoyat ishlarini sudda ko‘rib chiqish oshkora og‘zaki va majlis
tarzida olib borilar edi. Jinoyat protsessual kodeksi sudda maslahat-
chilarni ham ishtirok etishini belgilab bergan. Ular aybdorning
aybdorligi yoki aybsizligi haqida o‘z fikrlarini bildirganlar.
197
Shunday qilib, Fransiya Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari
XIX asrlarda hukumat tomonidan jamoat tartibini tutib turish uchun
faol ravishda qo‘llanilgan. Ammo o‘ta og‘ir siyosiy vaziyatlarda
hukumat tomonidan nafaqat sudda, balki suddan tashqarida ham ishlar
ko‘rib chiqilgan.
1881-yili matbuot to‘g‘risidagi maxsus qonun chiqarilib, unda
matbuot orqali sodir etiladigan jinoyatlar uchun jinoiy jazo choralari
belgilangan. 1884-yili Prezident Karnoga suiqasd qilib o‘ldirilganligi
munosabati bilan ham, maxsus qonun chiqarilib anarxistik propaganda
uchun jazo choralari ko‘zda tutilgan. Ammo Fransiyada demokratiya-
ning mustahkamlanib borishi, alohida olingan jinoiy-huquqiy
institutlarning liberallashuviga olib keldi. Masalan, 1832-yili qulga
tamg‘a bosish va uni kesib tashlash kabi jazo chorasi, 1848-yilda
siyosiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosi bekor qilingan.
1885-yili maxsus qonun qabul qilinib, yarmidan ko‘p jazosini o‘tagan
shaxslarni shartli ravishda ozod qilingan. Retsidiv jinoyatchilar uchun bu
muddat 2/3 qism qilib belgilangan. Shartli ravishda ozod qilish umrbod
qamoq jazosiga hukm qilinganlarga hamda mustamlakalarga
jo‘natilganlarga qarshi qo‘llanilmagan.
Shunday qilib, XVIII asrning oxirida Fransiyada burjua inqilobi
g‘alaba qozondi, bu borada eski iqtisodiy ijtimoiy munosabatlar
jamiyatning keyingi rivojlanishi uchun to‘siq bo‘lib qoldi. Milliy
davlatning tashkil topishida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan mutlaq
monarxiya tuzumi, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy munosabat-
larning taraqqiy topishiga monelik qilgan. Inqilob natijasida davlat
tuzumi, ijtimoiy-siyosiy tizimda yirik o‘zgarishlar ro‘y bergan.
198
Do'stlaringiz bilan baham: |