200
Ittifoq 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shahar (Gamburg, Berman, Lyubek
va Frankfurt-Mayn) dan tashkil topgan. Biroq, kongress barcha nemis
davlatchiligini qaytadan tiklay olmaydi. G‘arbiy German o‘lkalarida
fransuz burjua tartiblarining ta’siri va Napoleon kodeksi saqlanib qolgan.
Ittifoqda mustahkam o‘zaro aloqa, yagona tartib bo‘lmagan. Uning
oliy organi «Ittifoq seymi» (Bundestag) deb atalgan.
U hamma ittifoq
a’zolarini birlashtirgan holda nemis podsholari vakillarining kengashi
hisoblangan. Seym qarorlari suveren podsholar tan olgan taqdirdagina
majburiy hisoblanadi.
Ittifoq kuchsiz konfedratsiyani eslatgan. Uni hududiy jihatdan kichik
davlatlardan iborat shimoliy va yirik davlatlardan iborat janubiy
Germaniyaga ajratish mumkin. Ittifoqda Avstriya hukumati yuqori
mavqega ega bo‘lgan. Uning vakili ittifoqning
doimiy vakili, elchixonasi
binosi majlislar joyi bo‘lgan.
O‘z ahamiyati bo‘yicha Prussiya qirolligi ikkinchi o‘rinda turgan. U
hududi, ichki tuzilishi, e’tiqodi, xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p sonli sharqiy va
g‘arbiy provinsiyalarga bo‘lingan bo‘lib, mustahkam bo‘lmagan. Prussiya
qiroli Fridrix-Vilgelm III provinsiyalar boshqaruvi bo‘yicha maslahat
xarakteridagi toifa landtaglarini ta’sis etgan.
Sharqiy provinsiyalarda votchina yurisdiksiyasi yunkerlar qo‘lida edi.
Bosib olingan polyak yerlari (Poznan va Sileziya) nemislashtirilib,
zemstvo huquqi joriy etiladi. G‘arbiy yerlar, ya’ni uzoq vaqt fransuzlar
tomonidan idora qilingan yangi provinsiyalar Reyn va Vestfaliyada
krepostnoy qaramlikdan tugatilgan. Fransuz burjua tartiblari,
demokratik
qoidalar amal qilgan. Bu yerda g‘arbda amal qiluvchi pomeshchik
yurisdiksiyasi allaqachon tugab ketgan.
Ittifoq shimoliy Germaniyasidagi mayda davlatlarning ko‘pchiligida
(Meklenburg, Oldenburg, Braunshveyg, Gessen-Kassel) 1815 yildan
keyin feodal tuzum mustahkamlangan. Tyuringiya gersogliklari (Saksen-
Veymar va Saksen-Meyningen)da yangi konstitutsiyaviy tartiblar joriy
qilingan.
Janubiy Germaniyadagi 4 ta davlat (Bavariya, Vyurtenberg, Baden,
Gessen-Darmshtadt)da Fransiya ta’sirida
mahalliy burjuaziyaning
talablariga muvofiq konservativ xarakterdagi konstitutsiyalar qabul
qilinadi.
German davlatlarining birinchi konstitutsiyalari. 1815-yilda German
ittifoqi tomonidan Muqaddas ittifoq akti qarorlari qabul qilgan. Ularga
amal qilib 1816-yildan 1847-yilgacha ko‘p german davlatlari o‘zlarining
birinchi konstitutsiyalarini qabul qilganlar.
201
Ular asosan monarxlar tomonidan in’om qilingan (ya’ni, monarx
tomonidan ishlab chiqilib e’lon qilingan) Xartiya,
boshqacha aytganda
konstitutsiyaviy hujjatlar shaklida bo‘lgan. Ularda jiddiy farqlar
bo‘lmagan. Deyarli, barcha konstitutsiyalarda boshqaruv shakli – davlat
boshlig‘i monarx, tabaqa-vakillik muassasalari monarx tomonidan nazorat
qilinadigan landtag (tabaqa-vakillik muassasalari shunday atalgan) va
monarx oldida javobgar hukumatdan iborat qilib belgilangan. Masalan,
Buyuk Baden gersogligining 1818-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra,
Landtag
ikki palatali bo‘lib, yuqori palata monarx tomonidan, quyi palata mulk
senzi asoslangan saylovlar orqali shakllantirilgan. Davlat boshlig‘i mutlaq
veto huquqiga ega bo‘lib, qonunlarning bajarilishi uchun
farmoyishlar,
reglamentlar va umumiy farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan.
Shunday bo‘lsa-da, monarx hokimiyati qonun chiqaruvchi – landtag
palatalari tomonidan nisbatan cheklangan. Hukumat faoliyati yuzasidan
gersogga va xarajatlar yuzasidan landtagga hisobot berib borgan.
Barcha German konstitutsiyalarida demokratik huquq va erkinlik-
larning ancha cheklangan doirasi belgilangan. Biroq mavjud huquq va
erkinliklarni amalga oshirish kafolatlari yaratilmagan. Xususan, Baden
gersogligining konstitutsiyasida vijdon, matbuot, ko‘chib yurish erkinlik-
lari, kasb tanlash huquqlari, xususiy mulk va turar-joy daxlsizligi,
sudyalarning daxlsizligi va badenliklarning jinoiy ishlarini oddiy sudlarda
ko‘rilishini talab qilish huquqi, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa
olishlarning taqiqlanganligi e’lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: