4-6 Belorussiyada demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi omillar va demokratik tuzumga o‘tishga intilish



Download 46,14 Kb.
bet1/6
Sana27.06.2022
Hajmi46,14 Kb.
#709924
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish


Mavzu: Belorussiyadagi demokratik harakatlar

REJA:
Kirish…………………………………………………………………………….2-3
Asosiy qism…………………………………………………………………….4-13

  1. Belorussiya davlatida demokratiya………………………………...........4-6

  2. Belorussiyada demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi omillar va demokratik tuzumga o‘tishga intilish….……………………………………..6-11

  3. Belorussiyada demokratik tuzum yaratishga intiluvchi oppozitsion harakatlar……………………………………………………………………11-13

  4. Muammolar: bugungi ahvoli, hal etilmasa qanday oqibatlarga olib keladi, mening taklifim………………………………………………………14-15

Xulosa…………………………………………………………………………….16
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………...17


KIRISH
Zamonaviy davrning siyosiy tuzumini Demokratiya so’zisiz tasavvur qilish qiyin bo’lsa kerak. Ayniqsa, bugungi kunga kelib, demokratiya har bir davlat erishishi shart bo’lgan mukammal siyosiy rejimni ifodalaydigan atama sifatida talqin qilinmoqda. Davlatlarning tuzumi qay darajada demokratiyaga mos kelishi yoki kelmasligi esa har bir kishining va davlatning o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda talqin etila boshladi. Bu esa so’ngi yillarda omma orasida demokratiya atamasining obro’sizlanishiga, davlatlar uchun esa uning siyosiy qurolga aylanishiga olib keldi.
Dunyo miqyosida demokratiya nomi ostida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosat oqibatlari borgan sari aholi orasida noroziliklarni keltirib chiqarmoqda va siyosatga, undagi demokratik prinsiplarga bo’lgan ishonchni kamaytirmoqda. Ayniqsa, asosini iqtisodiy qarashlar tashkil qilgan AQSh va Sovet Ittifoqi o’rtasida yuz bergan ideologik urush davomida ikki tomonning ham demokratiya atamasini o’zining siyosiy quroli sifatida ishlatishi, bugungi kunda esa G’arb mamlakatlarining iqtisodiy liberalizmni dunyoga yoyish maqsadida demokratiya atamasidan foydalanishi nafaqat demokratiya yorlig’i osilmagan jamiyatlarda, balki demokratik jamiyatlar deb ataladigan G’arbda ham bu siyosiy tuzumga ishonchsizlikni keltirib chiqardi.
So’nggi yillarda G’arb mamlakatlaridagi saylovlarda aholining ko’pchilik qismi qatnashmayotganligi, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda esa aholining fuqarolik jamiyatini qurishga befarqligi Demokratiya atamasini Saylangan Aristokratiya hokimiyatini ushlab turish uchun ishlatilishining oqibatlari desak adashmaymiz. Doimo bir-birini almashtiruvchi siyosiy elita, ikki partiyaviylik, xalq tomonidan saylanadigan deputat va senatorlarning yirik biznes kompaniyalari manfaatlarini o’zida mujassam etishlari kelajakda aholi orasida o’sib borayotgan tengsizlikni kuchayishiga va katta ijtimoiy to’qnashuvlarni yuz berishiga olib keladi. Bunday vaziyatda agar shu davrgacha siyosiy faylasuflar tomonidan ishlab chiqilgan barcha mafkuralar qurol sifatida ishlatilib, obro’sizlangan va idealligi sindirilgan bo’lsa, siyosiy mafkurada alternativlar yo’qligi tufayli jamiyatlar tartibsiz anarxiyalarga aylanishi yoki radikal-fanatizmning eng keskin ko’rinishlarini o’zida aks ettirishi ehtimoli katta.
Demokratiya ham har bir davlatda o‘ziga xos ko‘rinishda uchraydi. Belorussiya davlatida ham demokratiya bilan bog‘liq muammolar borligini aytib o‘tishimiz mumkin. Amaldagi hukumatdan norozilik oppozitsion harakatlar kuchayganligi demokratik o‘zgarishlarga intilishi alohida o‘rganishni talab qiladigan mavzulardan hisoblanadi. Shunday ekan Belorussiyada demokratik tuzumni shakllantirishga bo‘layotgan harakatlarni o‘rganib tahlil qilishga harakat qilamiz.


  1. Belorussiya davlatida demokratiya

Davlat tuzilishi Belorussiya Respublikasi. Davlat boshlig’i-prezident. Hukumat boshlig’i-premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Kengashi va Vakillar Palatasidan iborat parlament-Milliy yig’inga tegishli. Mamlakat 6 ta: Brest, Gomel, Grodno, Minsk, Mogilyov va Vitebsk viloyatlariga bo’lingan. Yirik siyosiy partiyalari: Belarus birlashgan demokratik partiyasi, Belarus sotsial-demokratik partiyasi, Belarus xalq fronti, Belarus kommunistik partiyasi.
SSSR tugatilganidan so’ng Belorussiya birinchilardan bo’lib mustaqillikni qo’lga kiritib parlamentar Respublika maqomini oldi. Qonun chiqaruvchi organ bo’lib Yuqori kengash (Верховный Совет) etib belgilangan. Ijro etuvchi hokimiyat shuningdek, qurolli kuchlar ustidan nazoratni o’rnatish Ministrlar Kengashi qo’lida. 1992-yilda belorussiya rubli joriy etilgan va 1993-yilda davlatning o’z armiyasi tashkil etilgan. 1994-yil Belorussiya Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan hamda birinchi marta prezidentlik saylovlari o’tkazilgan. Prezident etib Aleksandr Lukashenko saylangan va davlat tuzilishi parlamentar respublikadan prezidentlik respublikasiga aylantirilgan. Shundan so’ng prezidentga parlament tomonidan konstitutsiyani tizimli yoki qo’pol buzilish sodir etlsa uni tarqatib yuborish vakolati berildi. 1996-yilda prezident va parlament o’rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi va davlat siyosiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Prezident tashabbusi bilan ikkinchi referendum o’tkazildi unga ko’ra konstitutsiyaga davlat tuzilishini parlamentar-prezidentlik ko’rinishidan prezidentlik ko’rinishiga o’zgartirish amalga oshirildi. Prezidentning vakolatlari oshirib berildi. Prezidentga qonun kabi kuchga ega dekretlari chiqarish, parlamentning ishini uzoq muddatga to’xtatib qo’yish, konstitutisiyaviy sudni saylash va boshqa muhim vakolatlar topshirildi.
Oliy kengash tarqatib yuborildi, prezidentga sodiq va neytral xarakterdagi munosabatdagilardan iborat ikki palatali Milliy kengash tashkil etildi. Ba’zi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, Yevropa kengashi va Yevropa Ittifoqi rasmiy ravishda o’tkazilgan referendum natijalarini tan olishmaydi. Ularning fikricha referendum jiddiy tizimli tartibda buzilib o’tkazilgan.
Referendumdan so’ng 1996-yilda prezidentning 5 yillik vakolatlari yana qaytadan boshlandi, keyingi saylovlar esa 2001-yildagina o’tkazildi. Saylovning birinchi bosqichida Aleksandr Lukashenko g’olib bo’ldi. Saylov davomida ham undan so’ng ham milliy norozilik harakatlari va mitinglar o’tkazilib turildi. 2004-yilda o’tkazilgan referendum natijalariga ko’ra prezidentlik uchun saylovda qatnashish soni konstitutsiyadan olib tashlandi va Lukashenko keyingi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.
Aleksandr Lukashenko 2006-yil 19-marta uchinchi marta Belorussiya Respublikasi prezidenti etib saylandi. Shundan so’ng oppozitsion harakatlar ommaviy qarshiliklar aksiyalarni o’tkazib boshladilar. Natijada 2010-yil 19-dekabrda to’rtinchi prezidentlik saylovlari o’tkazildi va Aleksandr Lukashenko to’rtinchi marta prezident etib saylandi. Unga qadar 2001 va 2006-yildagi saylovlarni AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar rasmiy tan olmadilar va ommaviy qarama qarshiliklarning oshishiga sabab bo’ldi1.
2011-yilda davlatda moliyaviy inqiroz vujudga keldi natijada aholining noroziligi yanayam oshdi. 2015-yilda o’tkazilgan prezidentlik saylovida ham Aleksandr Lukashenko 83.49% rekord darajadagi ovozni yig’ib g’olib bo’ladi. Ommaviy qo’llab quvvatlashning pastligi sababli qarama qarshilik harakatlari ham pasayib ketadi.
Belorussiya prezident boshqaruviga asoslangan unitar respublika. Hukumatning asosiy qonuni 1994-yilda qabul qilingan konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya qabul qilinganidan buyon bir necha marta 1995, 1996 va 2004-yillarda o’zgartirish kiritilgan. Bunday o’zgarishlar prezidentning vakolatlarini oshrishga qaratilgan bo’lib xalqaro noroziliklarga sabab bo’lgan. Xalqaro huquqni himoya qilish bo’yicha tuzilgan Freedom House tashkiloti Belorussiyani “qaram davlat” darajasida deb baholagan. Belorussiya hukumatidagi asosiy tuzilish uning tashkil etilish jarayonida shakllantirilgan konstitusiyaga o’zgartirishlar kiitilishi natijasida o’zgartirishlar kiritilgan. Islohotlarning markazida hukumatning butunlay Aleksandr Lukashenko qo’lida to’planib parlamentning vakolatlari cheklanishi bo’lgan.
Hukumat raisi va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i prezident hisoblanadi-hozirda Aleksandr Lukashenko. Prezident umumiy saylovlarda yashirin ovoz berish usuli bilan besh yillik vakolat bilan saylanadi. 2004-yilda prezidentlik saylovlarida ikki martadan ko’p ishtirok etish huquqi konstitutsiyaga kiritilgan. Prezident hukumatni shakllantiradi. Ministrlar kengashi primyer ministr tomonidan boshqariladi. Ministrlar kengashi tarkibida vazirlar, idoralar boshliqlari, vazirlik darajasiga ega bo’lmasada vazirlik lavozimiga status jihatdan teng bo’lganlar faoliyat ko’rsatishadi. Hukumatdagi o’rin qonun tomonidan belgilanmagan va o’rinlar soni prezident tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ikki palatali parlament tuzilgan: Belorussiya Respublikasi Milliy kengashi (vakillar va Respublika kengashi palatalaridan iborat). Palatada 110 nafar deputat faoliyat yuritishadi. Deputatlar umumiy ovoz berish majoritar tizimi orqali saylanadi. Respublika kengashi mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi-har bir viloyat va Minsk shahridan 8 a’zodan saylanadi. Kengashning 8 a’zosi prezident tomonidan tayinlanadi. Umumiy Respublika kengashi 64 o’rindan iborat va parlamentning vakolat muddati 4 yilga teng.
Sud hokimiyati Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi. Sydning quyidagi tarkiblari mavjud: 1. Plenum 2. Prezidium 3. Fuqarolik ishlari bo’yicha kollegiyalar 4. Intellektual mulk bo’yicha kollegiyalar 5. Jinoyat ishlari bo’yicha kollegiyalar 6. Xarbiy kollegiyalar2. 1994-yilda Belorussiyada qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini nazorat qiladigan konstitutsiyaviy sudga asos solingan. Konstitusiyaviy sud 12 a’zodan iborat bo’lib ularning yarmi prezident tomonidan tayinlanadi (sud raisi Respublika kengashi bilan kelishilgan holda saylanadi) qolgan yarmi esa Respublika kengashi tomonidan tayinlanadi3. Hozirgi kunda konstitutsiyaviy sudi raisi Petr Mikashlevich hisoblanib 2008-yil fevral oyida tayinlangan.
Belorussiya 6 viloyatdan iborat bo’lib ular ham o’z navbatida viloyat va tumanlarga bo’lingan. Barcha viloyatlar bo’yicha tumanlar soni 118, viloyatga bo’ysinuvchi shaharlar soni esa 10. Minsk shahri alohida ma’muriy birlik sanaladi va hech qaysi viloyat tarkibiga kirmaydi. Minsk shahri ham o’z navbatida ichki tumanlardan iborat4.



Viloyat

Maydoni

Aholi soni

1

Brest viloyati

32 786.44

1 386 010

2

Viteb viloyati

40 051.34

1 180 280

3

Gomel viloyati

40 371.36

1 415 761

4

Grodnen viloyati

25 126.98

1 043 697

5

Minsk

348.84

1 981 690

6

Minsk viloyati

39 853.79

1 426 555

7

Mogilyev viloyati

29 067.62

1 058 830

Belorussiya Respublikasi konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklari hamda vakolatlarning bo’lish prinspi xurmat qilinadigan sotsial demokratik davlat hisoblanadi. Ammo 1996 va 2004-yillarda konstitutsiyada qabul qilingan o’zgarishlar vakolatlarning bo’linishi prinspini yo’qqa chiqardi. Prezidentda nafaqat ijro etish balki qonun chiqarish vakolatlari paydo bo’ldi. Siyosiy oppozitsiya kuchli qat’iy ta’sir ostida bo’lsalar ham so’nggi ikki yil ichida o’ziga xos ta’sir kuchini ko’rsata oldi va siyosiy vaziyat birmuncha yaxshilandi5.


2016-yil sentabr oyidagi parlamentar saylovlarda asosiy siyosiy kuchlar ishtirok etishga qaror qilishdi va oppozitsiyani qo’llab quvvatlash cheklandi. Ko’pchilik oppozitsion guruhlar ko’chalarda namoyishlar o’tkazishdi va ba’zi siyosatchilar tomonidan uyushtirilgan bunday harakatlar ko’pchilikning e’tiborini jalb qila olmadi. Bu saylovlarda avvalgi saylovlarga nisbatan o’zgacha ko’rinish kasb etdi. Unda 2000-yildan beri ilk bor oppozitsiyaning nomzodi Hanna Kanapatskaya va fuqarolik jamiyati aktivistkasi Alena Anisim parlament a’zolariga aylanishdi. Qolgan o’rinlar esa nopartizanlar qo’lida qoldi. Shu bilan birgalikda saylovlarda ilk bor siyosiy plyuralizm ko’rinishlari namoyon bo’ldi.
2016-yildan beri saylov jarayonlarida jiddiy o’zgarishlar ko’ringani yo’q. Nomzodlar uchun noteng vaziyatning mavjudligi bilan bir qatorda shaffoflikning ta’minlanmagani ishonchli ma’lumot olish imkoniyatini cheklaydi. Ommaviy axborot vositalari ham davlat tomonidan egalik qilib ular davlat manfaatlarinigina aks etish bilan shug’ullanadi.
Xalqaro ekspertlarning fikricha saylovlar jarayonining qonuniy asoslari, ommaviy axborot vositalarida yoritilib berish jarayoni, saylov komissiyalari va saylov natijalarini hisoblab chiqarish aniq bir asosga tayanmagan va ularni to’liq ishonchli deb aytishda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin6.



Download 46,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish