Oxirgi vaqtlarda jamoatchilikda ko‘p muhokama bo‘layotgan mavzulardan biri mamlakatimizdagi yashirin iqtisodiyot



Download 273,32 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2021
Hajmi273,32 Kb.
#70342
  1   2   3
Bog'liq
Oxirgi vaqtlarda jamoatchilikda ko


Oxirgi vaqtlarda jamoatchilikda ko‘p muhokama bo‘layotgan mavzulardan biri - mamlakatimizdagi yashirin iqtisodiyot faoliyatini rasmiy iqtisodiyotga o‘tkazish va valyuta qora bozorining hanuzgacha saqlanib qolayotgan salbiy ta'sirlari bilan kurashish mavzulari ko‘pchilikni jiddiy o‘ylantirib qo‘ymoqda.

Yashirin iqtisodiyot va qora bozorhaqida avval ham batafsil yozganman, shuningdek ulardan xalos bo‘lish uchun qanday yo‘llarni tanlash mumkinligi haqida ham hali valyuta liberalizatsiyasi bo‘lmasdan ancha oldin fikrlar bildirgan edim . Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda valyuta liberalizatsiyasidan bir yildan ortiq vaqt o‘tgach birmuncha vaziyat o‘zgargani va ancha yengilliklar yaratilganiga qaramasdan yashirish iqtisodiyot va qora bozorning alomatlari hali hanuz saqlanib qolayotgani haqida so‘z yuritsak.

Yaqinda Yuliy Yusupov Oliy Majlis qonunchilik palatasi majlisida ilgari surilgan fikrlarga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi va naqd ko‘rinishda xorijiy valyutani banklar tomonidan sotilmayotganini qora bozorni saqlanib qolayotgani asosiy sabablaridan biri sifatida e'tirof etdi. Shuningdek, yuqori darajada belgilangan soliqlardan qochish va davlat tomonidan sun'iy pasaytirilgan narxdagi tovarlarni mavjudligi qora bozorni avj olishiga olib kelishini ta'kidlab o‘tdi. Darhaqiqat, uning fikrlari o‘rinli, shu o‘rinda u bafurja yozmagan bir holat, ya'ni naqd xorijiy valyuta sotib olishga bo‘lgan cheklovlar saqlanib qolayotganiga izoh berib o‘tmoqchiman.

O‘ylashimcha, naqd valyutaning to‘g‘ridan to‘g‘ri bank kassalaridan sotilishini hozircha to‘xtatib turilishi sababi, avvalo, aholini cheklovsiz miqdorda valyuta xarid qilish mumkinligiga vaqt davomida ko‘niktirib borish (bu o‘z navbatida ilgari kuzatilgan turnaqator navbatlarni kelgusida kamaytiradi), valyutani aholi tomonidan xarid qilish darajasini liberalizatsiyadan keyin keskin oshishini oldini olish va valyutani xarid qilayotgan shaxslarni identifikatsiya qilinishini ta'minlash (bu esa aynan qaysi shaxslar ko‘proq miqdordagi valyutani xarid qilayotganini bilish imkonini beradi) bilan bog‘liq.



Ushbu holat vaqtinchalik chora sifatida qo‘llanilgani va yaqin orada bu masala “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun yangi tahriri qabul qilingach hal bo‘lishi Markaziy bank vakillari tomonidan ham qayd etib o‘tildi. Shuningdek, valyuta qora bozorini mavjud bo‘lishida monetar omillar emas, balki ayrim fiskal omillar sabab bo‘layotgani qayd etilgan. Misol tariqasida noqonuniy import bilan shug‘ullanayotgan chayqov bozori vakillari valyutaga bo‘lgan talabni oshirayotgani keltirilgan. Albatta, yashirin iqtisodiyotning vakillari naqd ko‘rinishdagi nazorat qilinmaydigan xorijiy valyutadan maksimal darajada foydalanishadi. Biroq, bu o‘z navbatida naqd valyutani sotilmasligini ta'siri ham borligini inkor eta olmaydi.

Chunki, insonlar psixologiyasida hali hanuz o‘sha moddiy ko‘rinishdagi pullarning o‘rni va ahamiyati yuqoriligicha qolgan. Ya'ni, ko‘zi bilan ko‘rib qo‘li bilan ushlab ko‘rmaguncha ko‘ngil joyiga tushmaydi. Valyutani kartaga tashlab, uni keyin bank kassasidan yoki bankomatlardan naqd qilish esa bir tomondan vaqt, ikkinchi tomondan xarajat talab qilganligi, qolaversa shu narsa ham qaysidir ma'noda ruhiy cheklov vazifasini bajaradi. Bu ikkita holat esa oddiy aholini ham o‘z navbatida hech qanday hujjat so‘ramaydigan “eski tanish dollarchi”larga murojaat qilishiga sabab bo‘ladi.

Menimcha, toki Markaziy bank shu naqd xorijiy valyutani sotishni yo‘lga qo‘ymaguncha doimiy ravishda e'tirozlar bildirilaveradi va valyuta qora bozori vakillari ham faol yashashda davom etadi. Qora bozor, toki talab bor ekan yashaydi, talabni o‘zimiz paydo qilamiz, bizda talab paydo bo‘lishiga sabab esa aynan naqd ko‘rinishda valyutani birdaniga banklardan sotib olishdagi qiyinchilik. Boshqa tomondan esa noqonuniy savdo va biznes vakillari uchun aynan valyuta qora bozorining mavjud bo‘lishi ham ayni muddao. Ayniqsa, valyutani sandiq tagida jamg‘arishni va istalgan paytda mamlakatdan shu pullar bilan chiqib ketishni zaxira yo‘li sifatida saqlab qo‘ygan “zodagon”lar uchun ham naqd ko‘rinishda naqd valyutani istalgan paytda topa olish imkoniyati muhim sanaladi.

Biroq, meni ko‘p o‘ylantiradigan narsa bu - butun jahon rivojlangan davlatlari imkon qadar raqamli iqtisodiyotga o‘tishni o‘ylab, harakat qilayotgan bir paytda, biz oddiy naqd xorijiy valyuta muammosini oxirigacha hal qilmaganimizdir. Raqamli iqtisodiyot avvalo barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirilishini talab qiladi. Raqamli texnologiyalarni qo‘llashda eng birinchi navbatda, avvalo, mana shu raqamli to‘lovlar texnologiyalarini takomillashtirish kerak bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun naqd pulsiz iqtisodiyot (Cashless economy) qurilishi kerak. Aslida, naqd pullar 21-asr axborot texnologiyalari asri uchun eskirdi. Bugungi kunda Kanada, Shvetsiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari misolida naqdsiz to‘lovlar takomillashtirilishi va naqd pullar muomalasining maksimal darajada kamaytirilishi natijasida iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyotning YaIMga nisbatan eng quyi ko‘rsatkichlarni qayd etayotganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu davlatlarda valyuta qora bozori degan tushunchaning o‘zi yo‘q.

Demak, ushbu davlatlar tajribasidan xulosa qilish va maksimal darajada naqdsiz pul muomalasini ko‘paytirish va naqd pul hajmini imkon qadar kamaytirish Markaziy bank diqqat qaratishi kerak bo‘lgan asosiy jihatlardan biri bo‘lishi kerak.

Menga qolsa, avval ham ta'kidlaganimdek bu ishni aynan naqd xorijiy valyuta muomalasidan boshlasa ham bo‘ladi. Amaldagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo‘yilgan. Bo‘ldi, qonun amalda ijrosini topishi uchun Respublika hududida naqd ko‘rinishida xorijiy valyutani amalda bo‘lishini o‘zi tushunarsiz holat. Rasman har qanday tovar yoki xizmatga milliy valyutada to‘lov amalga oshirilgandan keyin xorijiy valyuta faqatgina jamg‘arish uchungina foydalanishi mumkin. Jamg‘arish yostiq ostida yoki sandiq ichidamas, balki bankda bo‘lishini ta'minlash uchun ham naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hududida amal qilishini oldini olish kerak.




Download 273,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish