4-6 Belorussiyada demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi omillar va demokratik tuzumga o‘tishga intilish


Muammolar: bugungi ahvoli, hal etilmasa qanday oqibatlarga olib keladi, mening taklifim



Download 46,14 Kb.
bet4/6
Sana27.06.2022
Hajmi46,14 Kb.
#709924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish

Muammolar: bugungi ahvoli, hal etilmasa qanday oqibatlarga olib keladi, mening taklifim

Umuman olganda Belorussiyada jiddiy iqtisodiy ijtimoiy muammolar mavjud emas. Iqtisodiyoti barqaror sur‘atda o‘sib bormoqda mamlakatda bandlik darajasi ham yuqori va inflyatsiya darajasi ham normal darajada deyish mumkin. Asosiy muammo siyosiy muammolardan iborat bo‘lib demokratik qadriyatlarning buzilishi sababli yuzaga kelgan fuqarolar ham mavjud siyosiy rahbarni qo‘llab quvvatlovchilar va oppozitsion harakat a‘zolariga bo‘linib qolishgan. Izlanishlar natijasida aniqlangan muammolar holati va uni optimal hal qilish choralarini taklif qilishga harakat qilamiz:

  1. Belorussiyada asosiy e‘tibor Lukashenko hukumati va uning demokratiya tamoyillarini buzishiga qaratilgan. Bunga sabab qilib o‘tkazilgan referendumlar natijasida uning mutlaq hukumat tepasiga kelishi va hokimiyatning bir shaxs qo‘lida to‘planishi qilib ko‘rsatiladi. Xalqaro tashkilotlar ham ba‘zi davlatlar ham Lukashenkoni avtoritar rejimni saqlab qolgan davlat rahbari sifatida qabul qilishadi. Bu holatning muammoli tomoni shundan iboratki demokratiyani tezlashtirishga hissa qo‘shuvchi ommaviy axborot vositalari ham davlat doirasida mustaqillika ega emas. Ular mavjud muammolarni aks etishda ham muholifat manfaatlaridan kelib chiqib yondashadilar. Umuman aytganda demokratiyaning ommaviy axborot vositalari orqali yoyilishiga qarshi barcha choralar qo‘llangan.

Yechim. Muammoning yechimi sifatida inqilobiy biror yo‘nalishni taklif eta olmaymiz. Bu masalani hal etish aniqrog‘i ommaviy axborot vositalarining mustaqilligiga erishish uchun xususiy gazetalarning tashkil etilishini ta‘minlash va xalq ongiga haqqoniy ommaviy axborot vositalarining faoliyati zaruratini singdirish zarur bo‘ladi. Xoh u qog‘oz ko‘rinishida bo‘lsin xoh virtual olamda bo‘lsin fuqarolar o‘zlari to‘g‘ri axborotni olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.

  1. Muammoga oppozitsion harakatlar faoliyati tomonidan qaraydigan bo‘lsak, ularning ichida ham kelishmovchiliklar, birlasha olmaslik va g‘oyaviy tarqoqlikni ko‘rishimiz mumkin. Hatto tashkil etilishi kelishib olingan tadbirlarda ham avval qo‘llab quvvatlab turgan tarafdorlar bo‘lib bir muddatdan so‘ng unga qarshi chiquvchi tomonlarning ham mavjudligi muammoga atroflicha yechim topishga to‘sqinlik qilmoqda.

Yechim. Oppozitsion harakatlarni birlashtirish, ular ham o‘z fikrlarini aniq bayon qilishlari uchun imkoniyat berish va muholifat tomonidan takliflarni inobatga olish ikki tomon uchun ham optimal yechim hisoblanadi. Bunday harakatlar 2016-yilgi parlamentga saylovlarda aniq namoyon bo‘ldi. Oppozitsion harakatlar nomzodlari ham parlamentga saylandilar, bu bilan oppozitsion harakat manfaatlari qondirildi ham davlat o‘z obro‘sini xalqaro darajada saqlab qolishga erishdi. Freedom House tashkiloti ham 2016-yilgi saylovlardagi holatni ijobiy baholadi va demokratiyaga intilish deya baholadi.

  1. Yoshlar harakati amalda demokratiyaning yoyilishiga katta hissa qo‘shadi. Davlatda oppozitsion tomonlarning yoshlar harakatlari ham demokratik tuzumni qo‘llab quvvatlash uchun harakatlar olib borganlar. Asosiy muammo davlat tomonidan ularning ba‘zilarining tan olinmagani va yoshlar harakatlarida ham tajribaning yetishmasligi hisoblanadi.

Yechim. Yoshlar harakatlari demokratiyani yoyishga intilar ekan avvalo butun yoshlarni mobilizatsiya qila olishlari zarur bo‘ladi. Butun yoshlarni qamrab olganlarida esa sezilarli natijaga erishishga imkoniyat paydo bo‘ladi. Shu bilan birga Belorussiyaning demografik holatini hisobga oladigan bo‘lsak, yoshlar harakatlari katta yoshlilar qatlamiga ham murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Xulosa





Download 46,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish