BOLALARDA NEVZO’Z KASALIGI.
Reja:
1. Nevroz — og‘ir ruhiy kasallik
2. Nevrozlar klinikasi
3. Davolash muddati va natijasi
Nevrozlar psixogen kasalliklardan hisoblanib, kuchi va o‘tkirligi kam bo‘lgan ruhiy jarohatlovchi vaziyatning uzoq vaqt ta’siri natijasida rivojlanadi. Bu holatlarda odatda, oilaviy-maishiy, ishlab chiqarish va mehnat jamoasidagi kelishmovchiliklar haqida gap ketib, ular hatto har doim ham bemor tomonidan ruhiy jarohatlovchi omil sifatida qabul qilinmaydi.
Ruhiy faoliyat buzilishlari chuqurligi nevrozlarda nisbatan kam uchraydi – bu yerda tafakkur, idrok va ongning chuqur buzilishlari kuzatilmaydi, atrofdagilar va o‘z holatiga tanqidiy munosabat saqlanib qoladi.
Nevrozlar ko‘pincha mojaroli vaziyat orqali somatik kasalliklar, qattiq toliqish, boshqa qo‘shimcha zararli omillar bilan birga yuzaga kelib, ular xastalikning bevosita sababchisi bo‘lmasada, katta patogenetik ahamiyatga ega. Shuningdek, ba’zi tug‘ma konstitutsion xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi va ular bir qator shaxslarda nevrotik reaksiyalarning juda ko‘p uchrashi, og‘irligi va davomiyligini belgilaydi.
Nevrozlar klinikasida asosan vegetativ, somatik va effektiv buzilishlar namoyon bo‘lib, ular yaqqol xulq-atvor buzilishlarini keltirib chiqarmaydi va davolash nisbatan oson kechadi. Ba’zi holatlarda, ruhiy jarohatlovchi vaziyat yillab davom etganda, nevroz shaxsning nevrotik rivojlanishiga o‘tishi mumkin.
Nevrozlar nevrasteniya (holdan toyish va o‘ta charchash natijasida nerv sistemasining funksional buzilishi, nevrozning bir turi), isteriya (nerv sistemasining funksional xarakterdagi nerv kasalligi, ruhiy buzilishning shakllaridan biri) va yopishqoq holatlar nevroziga ajratiladi.
Nevrasteniya ko‘pincha tez toliquvchanlikka moyil, kayfiyati turg‘un bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Bu xususiyatlar bunday shaxslarda oddiy holatlarda ham kuzatiladi. Ruhiy jarohatlovchi vaziyat ta’sirida ularda astenik (madorsizlik, umumiy holsizlik) sindrom shaklidagi nevrotik reaksiya yuzaga keladi. Ish qobiliyati hamda ishtaha pasayishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va holsizlik, uyquchanlik kuzatiladi.
Bemorlarda diqqat konsentratsiyasi buziladi. Ular tez xafa bo‘luvchan, sabrsiz bo‘lib qoladilar. Turli vegetativ, jumladan, arterial bosim o‘zgaruvchanligi, taxikardiya, ko‘p terlash, tremor, ko‘pincha jinsiy faoliyatning buzilishi kuzatiladi. Tez toliquvchanlik sababli qo‘zg‘alish bo‘sag‘asida yuqori ko‘tariladi. Bemorlar qo‘zg‘aluvchan bo‘lib boradilar (qo‘zg‘aluvchan holsizlik), oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyatlari tez-tez buzilishiga moyil bo‘ladilar. Bu holatda nevrasteniyaning giperstenik shakli haqida gap ketadi. Agar kasallik klinikasida oldingi o‘ringa tez toliquvchanlik, apatiya, bo‘shashganlik chiqib qolsa – bu gipostenik shakli deyiladi.
Isteriya ko‘pincha ruhiy jarohatlovchi vaziyatga reaksiya sifatida isterik psixopatik fe’l-atvor belgilari bo‘lgan shaxslarda ham rivojlanadi, ammo patologik xususiyatlari bo‘lmagan shaxslarda ham u rivojlanishi mumkin. Nevrozning bu turi ko‘pincha ayollarda uchraydi. Isteriya kelib chiqishiga ega bo‘lgan buzilishlar – og‘riqlar, falajlik, qusish holatlari, spazmlar, ko‘rlik, karlik, tutqanoq va boshqalar tashqi ko‘rinishi bilan boshqa somatik va ruhiy kasalliklarning simptomlaridan kam farqlanishi mumkin.
Ammo bemorlarni batafsil tekshirish vaqtida, ularda xech qanday organik buzilishlar aniqlanmaydi. Ba’zida ruhiy jarohatlovchi vaziyat mazmunining u yoki bu isterik belgilar bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin, ayniqsa kasallik simptomi bemor kechinmalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lganda kuzatiladi. Lokal buzilishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda isteriyali barcha bemorlar fe’l-atvorida kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, effektlarga moyillik, namoyishkorlik xos. Ular har qanday vositalar: tashqi ko‘rinishlari, so‘zlashishda o‘zini tutishlari, nigohlari, odatlari bilan o‘zini atrofdagilar diqqat markaziga qo‘yishga intiladilar. Shuningdek, ularning o‘z¬larini yuqori baholashlari, boshqalarga o‘xshamasliklarini ko‘z-ko‘z qilish xudbinligidan dalolat beradi. Shu bilan birga bemorlar o‘ta ishonuvchan, taqlid qilishga moyildirlar.
Ko‘pincha isteriyada tutqanoq xurujlari kuzatiladi va ular epileptik tutqanoqlarni eslatadi. Ammo bu kasallikning boshqa belgilari kabi, epileptik tutqanoqlardan farqlanib, mojaroli vaziyatda yoki bemorga uni eslatilganda yuzaga keladi. Bemorlar o‘z xatti-harakatlarini ma’lum darajada idora etish qobiliyatlarini saqlab qoladilar.
Nevroz albatta kasallik. Uning belgilari hulq-atvor buzilishlari bilan namoyon bo‘lganligi uchun ham uni yomon xarakterning bir turi deyishadi. «Nevroz» atamasi 1776 yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif qilingan. Biroq nevroz kasalligi juda qadimdan ma’lum. Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu ali Ibn Sino ham mukammal o‘rgangan. O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif berilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘tarilmaydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo‘ladi.
Nevroz asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrozga tez chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oila va ishxonadagi kelishmovchiliklar, qo‘rquv va xavotirda yurish nevrozga sababchi bo‘ladi. Nevrozning oila a’zolarida uchrashi uning rivojlanishida nasliy omillarning ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi. Yosh bolalarda nevrozning rivojlanishiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sababchi bo‘ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas.
Nevroz nafaqat jahldor odamlar, balki o‘ta andishali odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odam janjalli voqealar ro‘y berganda hissiyotga izm bermaslikka, o‘zini boshqarib turishga harakat qiladi, birovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymay deydi. Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, surunkali va og‘ir kasalliklar ham nevrozga olib keladi.
Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog va nevropatologlar tomonidan olib boriladi. Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan so‘ng samarali davolanadi. Davolash muddati va natijasi ko‘proq uning to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq. Dastavval nevrozga olib keluvchi sabablar aniqlanadi va iloji boricha bartaraf etiladi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrozning sababini aniqlash va ularni yo‘qotish ancha mushkul.
Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi. Nevrozni davolash uchun juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Biroq ularni ko‘p qo‘llash kerak emas. Vrach tomonidan eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tavsiya etiladi. Bemorlarni davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo‘lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo‘lmaydi.
Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi. Bunday paytlarda nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan dorilardan foydalaniladi. Xuddi psixosomatik sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixoanaliz usuli nevroz belgilarini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbiya va sportning o‘ziga maqbul turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |