Belorussiya jamiyatida oppozitsion harakatlarda birlashish yetishmaydi, xalq oppozitsion harakatlarni bir butunlikda mavjud deya hisoblashadi. Aslida esa oppozitsion harakatlar bir markazdan turib boshqarilmaydi. Yaqinda bir qancha oppozitsion tuzilmalarning harakati bir butun birlik sifatida baholashga harakat qilib ko‘rildi va uni kuz oylari uchun oppozitsion harakatlar deb nomlandi. Umuman olganda oppozitsion harakatlar turli tuzilmalar tomonidan boshqarilmasin ularning umumiy maqsadi bir xil. Unga ko‘ra “Belorussiya hukumati maqsadli va uzluksiz siyosiy va fuqarolik jamiyatini barbod qilib kelmoqda. Hukumat mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘rqitish orqali o‘z nazorati ostiga olishga, kasaba uyushmalarning to‘g‘ri faoliyat olib borishiga imkoniyat bermaslik, yangi siyosiy yetakchilarning yetishib chiqishiga imkoniyat bermaslik va siyosiy partiyalarga xalqning haqiqiy irodasini ifodalab berishlari uchun imkoniyat bermaslikka harakat qilib kelmoqda”.
Yuqoridagi so‘zlar Minskda 2018-yil avgust oyida “Erkinlik va qonuniylikni himoya qilish bo‘yicha milliy birlik harakati” haqidagi press konferensiyada e‘lon qilindi. Hujjatga Birlashgan fuqarolar partiyalari (OGP), Belorussiya ekologik partiyasi, Belorussiya sotsial demokratik partiyasi (Gramada), Belorussiya xristian demokratik partiyasi (BXD), BNF partiyalari, “Erkinlik” harakati va kasaba uyushmalari vakillari imzo chekishdi.
2018-yil 15-sentabr kuni oppozitsiya jurnalistlar va kasaba uyushmalarining mustaqilligini qo‘llab quvvatlash maqsad qilingan miting o‘tkazdi va oktabr oyida Milliy birlik forumini o‘tkazdilar. Oppozitsiya fuaqarolarni siyosiy oppozitsiyaga qo‘shilish, milliy harakatlarda ishtirok etishga chaqirib kelmoqdalar. Ular 20 yildan buyon qo‘lga kiritilmagan mustaqil ommaviy axborot vositalari, so‘z erkinligi va Belorussiyaning demokratiyasini qo‘lga kiritishni maqsad qilganlar. Harakat a‘zolari amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarni va oppozitsiyaning asosiy maqsadini ochib beradigan bukletlarini Belorussiyaning shaharlari bo‘ylab keng yoyishga harakat qilib kelmoqdalar.
Ekspertlarning fikricha Belorussiya oppozitsion harakatlarida koordinatsiya yetishmaydi, hatto bir maqsadni ko‘zlagan fuqarolik jamiyatlari, jurnalistlar, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar tarqoq holda o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Bu esa oppozitsiyaning demokratiya tomon jiddiy harakat qilishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.
Misol tariqasida BNF partiyasi ham Belorussiyaning oppozitsion harakatini qo‘llab quvvatlaydi. Ammo oppozitsion harakatning umumiy rejalashtirgan press konferensiyasida ishtirok etmagan, shundan so‘ng o‘z hatti harakatlariga ham izoh qoldirmagan. Partiya oppozitsiyani qo‘llab quvvatlasada o‘z fikrida qat‘iy turib uni ochiq oydin qo‘llab quvvatlamaydi. Demokratik oppozitsion harakatning ham eng katta kamchiligi aynan shundan iborat.
Yoshlar fronti (Malady Front) yoshlar ijtimoiy harakati 1997-yilda oppozitsion partiya Belorussiya Milliy fronti tomonidan tashkil etilgan yoshlar harakati hisoblanadi. Yoshlar fronti rus tilida gaplashuvchi belorussiyaliklar orasida o‘z faoliyatini amalga oshira olmadilar va shu sababli belorus tilini har tomonlama qo‘llab quvvatlashni yoqlab chiqa boshladilar. Malady fond hali ham faoliyatini olib borishda davom etayotgan bo‘lsa ham u butun Belorussiya yoshlarini birlashtira olish imkoniyatiga ega bo‘lgani yo‘q.
2001-yilda ZUBR (Bison) yoshlar harakati tashkil etilib unga Malady front faollari boshchilik qildilar. ZUBR harakati Serbiyaning OTPOR revolyutsion harakatlarining bir ko‘rinishi bo‘lib inqilobiy yo‘lni tutishni maqsad qilgan. Ideologik jihatdan joriy avtoritar hukumatga muvofiq kelmaganligi sababli hukumat tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan13. Bu tashkilotning barcha a‘zolari ro‘yxatdan o‘tmagan faoliyatga a‘zo bo‘lganligi sababli potensial ta‘qib etilgan. Ko‘cha namoyishlarida hukumatga ochiqdan ochiq bedarak ketgan siyosiy figuralarning qayerda ekanligini so‘rashgan. Zakharenko qayerda? Gonchar qayerda? Krasovskiy qayerda? Kabi savollar bilan chiqa boshladilar. ZUBR harakatlari natijasida bu ismlar mashhur bo‘lib ketdi va muholifatning obro‘sining qisman tushishiga sabab bo‘ldi.
ZUBR faoliyatining Belorussiya xalqini birlashtira olmaganliklariga bir qancha sabablar mavjud:
Ular asosan hayot tajribasi yetarli bo‘lmagan yoshlardan iborat. Ular harakati davomida asosiy e‘tiborini yoshlarga qaratgan, o‘rta yosh va pensiya yoshi atrofida bo‘lgan aholini qamrab olmagan. Belorussiya xalqi asosan katta yoshlilardan iborat bo‘lib, Lukashenkoni qo‘llab quvvatlovchilar ham aynan shu qatlamdan iborat. Ovoz beruvchilarning deyarli barchasi pensiya yoshiga yaqin yoki pensiya yoshidagi fuqarolar hisoblanadi.
Harakatlari ham yoshlarga xos. 2001-yilda oppozitsion harakatlarini ko‘rsatish uchun Gorkiy parkida sayl o‘tkazib ular ustidan satiralar yaratilishiga sabab bo‘lgan. Harakat a‘zolari kulgi ostida qolgan. Ular sayl davomida rasmga tushish, velopoyga uyushitirish, tennis o‘ynash tadbirlarini o‘tkazib yoshlarni jalb qilishga harakat qilishgan. Ammo bu muvaffaqiyatsiz harakat bo‘lib qolgan.
ZUBR o‘z faoliyatida arzirli natijalarga erisha olmagan bo‘lsalarda yoshlar orasida qisman demokratiya va hozirgi tizim haqida tushuncha hosil qilishga erisha olganlar.