Versal sulh shartnomasi, birinchi jahon urushi tugaganidan keyin gʻolib



Download 151,09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi151,09 Kb.
#310309
Bog'liq
Kazus 1



Kazus 1 

          Versal  sulh  shartnomasi,  birinchi  jahon  urushi  tugaganidan  keyin  gʻolib 

davlatlar bilan Germaniya oʻrtasida 1919-yil 28-iyun Versal  shahrida imzolangan 

sulh  shartnomasi  bo’lib,    shartomaning 

119-moddasiga  binan  Germaniya  asosiy 

ittifoqchi  va  assotsiatsiyalangan  davlatlar  foydasiga  o'zining  chet  eldagi  mulkiga 

bo'lgan barcha huquqlari va qonuniy asoslaridan voz kechadi. Shunigdek 

ilgari bosib 

olgan anchagina hududlarni boʻshatib beradi. 

Mag'lubiyatidan so'ng birinchi jahon 

urushi, Germaniya butun dunyo bo'ylab, shu jumladan Nauru orolidan voz kechishga 

majbur bo'ldi.  Keyinchalik, Millatlar ligasi nizomining 22-moddasiga asosan Nauru 

xalq farovonligi uchun javobgarlik Nauru va Banaba, qazib olish ishlari natijasida 

yo'qolgan  yer  va  suv  resurslarini  tiklash  va  orollarga  ekologik  zararni  qoplash  

Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya va Avstraliya hukumatlari nazorati ostiga otadi. 

Mazkur nizomning 22-moddasiga binoan quyidagilar belgilangan:  

 



 



U

rush natijasida oʻzlariga ilgari hukmronlik qilgan davlatlarning suvereniteti 

ostida boʻlishni toʻxtatgan va ayniqsa, oʻzini mustaqil boshqarishga hali qodir 

boʻlmagan xalqlar yashaydigan mustamlaka va hududlarga nisbatan quyidagi 

tamoyillar  qoʻllaniladi.  zamonaviy  dunyoning  qiyin  sharoitlari.    Bu 

xalqlarning farovonligi va taraqqiyoti sivilizatsiyaning muqaddas missiyasini 

tashkil etadi va ushbu missiyani amalga oshirish kafolatlarini ushbu Nizomga 

kiritish maqsadga muvofiqdir. 

 

Ushbu  tamoyilni  amalda  tatbiq  etishning  eng  yaxshi  usuli  bu  xalqlarning 



vasiyligini uni qabul qilishga tayyor bo'lgan ilg'or  davlatlarga topshirishdir, 

ular bu vasiylikni majburiy va Liga nomidan amalga oshiradilar. 

 

Mandatning  tabiati  xalqning  rivojlanish  darajasi,  hududning  geografik 



joylashuvi,  iqtisodiy  sharoiti  va  boshqa  shunga  o'xshash  holatlarga  qarab 

o'zgarishi kerak.  

 

Majburiy  barcha  hollarda  Kengashga  o'ziga  ishonib  topshirilgan  hududlar 



to'g'risida yillik hisobot yuboradi. 

 

1919 yilda uchta ishonchli shaxslar 



Avstraliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya 

o’zaro  Nauru  orollari  fosfatlaridan  birgalikda  foydalanish    to'g'risidagi  bitimni 

imzoladilar  va  shu  bilan  kengash  tuzdilar.  Britaniya  fosfat  komissiyasi,  bu  fosfat 

qazib  olish  huquqini  o'z  zimmasiga  oldi.  Shartnomaga  asosan  orollarni  boshqrish 

har  uch  shtat  nomidan  Avstraliya  hukumati  tomonidan  ma’murga  ishonib 

topshirildi.  Ushbu  kelshuvga  muvofiq,  fosfatlar  ishlab  chiqarish  uchta  davlatning 

ehtiyojlariga moslashtirilishi va ularni sotishda tushgan mablag’lar quyidagi uchta 

davlatlar o’rtasida taqsimlanishi kerakligi takidlandi: Avstraliya va Buyik Biritaniya 

davlatlarining har biri uchun 42% dan va Yangi Zelandiya uchun 16% etib belgilndi. 

Ammo ushbu shartnomada Nauru aholisining manfati qayd etilmadi. 




Millatlar Ligasi Paktining 22-moddasiga muvofiq, mandat egalari hudud aholisining 

moddiy va ma'naviy farovonligi va ijtimoiy taraqqiyotiga ko'maklashishga majbur 

edilar. Ammo 1919 yilda Avstraliya, Yangi Zelandiya va  Buyuk Britaniya o’rtasida 

tuzilgan,    Nauru  orol    fosfatlaridan  birgalikda  foydalanish  to'g'risidagi  shartnoma 

asosida  orolni  boshqarish  Avstraliya  hukumati  tomonidan  har  uch  shtat  nomidan 

tayinlangan  ma'murga  ishonib  topshirildi.  Shartnomada  Nauru  aholisining  hech  

qanday manfaatlari haqida so’z yuritilmagan edi. Ya'ni, shartnoma shartlari na orol 

aholisining  moddiy  farovonligini oshirish vazifasi, na  sivilizatsiya  missiyasi  bilan 

hech qanday aloqasi yo'q edi. 

Ikkinchi jahon urishidan keyin Nauru Birlashgan Millatlar Tashkilotining  vasiylik 

tizimining  vasiylik    hududiga  aylandi.  Shu  bilan  birga  vasilik  to’g’risidagi 

shartnoma  Avstraliya,  Buyuk  Britaniya,    va  Yangi  Zelandi  Nauruni  boshqarish 

vakolatini yangiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 76-moddasida quyidagilar 

keltirilgan: 

 

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ushbu  Nizomning  birinchi  moddasida 



bayon  qilingan  maqsadlariga  muvofiq  vasiylik  tizimining  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

 

Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash; 



 

Vasiylik hududlaridagi aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, 



maorif sohasidagi taraqqiyotiga, har bir hudud va undagi xalqlarning o‘ziga 

xos  tomonlariga  mos  holda  va  u  xalqlarning  erkin  bildirilgan  xohishlarini 

inobatga  olib  va  vasiylik  to‘g‘risidagi  har  bir  shartnomada  ko‘zda  tutilgan 

shartlarga  ko‘ra,  ularning  o‘z-o‘zini  boshqarishi  yoki  mustaqillik  yo‘lidagi 

taraqqiyotiga yordam berish; 

 



Inson huquqlariga va kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlardan qatʼi 

nazar,  hamma  uchun  asosiy  erkinliklarga  hurmat  bilan  qarashni  va  jahon 

xalqlarining bir-biriga bog‘liqligini tan olishni rag‘batlantirish; 

 



Tashkilot  Aʼzolariga  va  ularning  fuqarolariga  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  savdo 

sohalarida  teng  munosabatda  bo‘lishni,  shuningdek,  yuqorida  ko‘rsatilgan 

vazifalarni  bajarishga  hech  qanday  ziyon  yetqazmagan  holda  va  80-

moddadagi qoidalarga rioya qilish sharti bilan odil sud yuritishda ularga teng 

munosabatda bo‘lishni taʼminlaydi. 

 



Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ushbu  Nizomning  birinchi  moddasida 

bayon  qilingan  maqsadlariga  muvofiq  vasiylik  tizimining  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

 



Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash; 


 

Vasiylik hududlaridagi aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, 



maorif sohasidagi taraqqiyotiga, har bir hudud va undagi xalqlarning o‘ziga 

xos  tomonlariga  mos  holda  va  u  xalqlarning  erkin  bildirilgan  xohishlarini 

inobatga  olib  va  vasiylik  to‘g‘risidagi  har  bir  shartnomada  ko‘zda  tutilgan 

shartlarga  ko‘ra,  ularning  o‘z-o‘zini  boshqarishi  yoki  mustaqillik  yo‘lidagi 

taraqqiyotiga yordam berish; 

 



Inson huquqlariga va kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlardan qatʼi 

nazar,  hamma  uchun  asosiy  erkinliklarga  hurmat  bilan  qarashni  va  jahon 

xalqlarining bir-biriga bog‘liqligini tan olishni rag‘batlantirish; 

 



Tashkilot  Aʼzolariga  va  ularning  fuqarolariga  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  savdo 

sohalarida  teng  munosabatda  bo‘lishni,  shuningdek,  yuqorida  ko‘rsatilgan 

vazifalarni  bajarishga  hech  qanday  ziyon  yetqazmagan  holda  va  80-

moddadagi qoidalarga rioya qilish sharti bilan odil sud yuritishda ularga teng 

munosabatda bo‘lishni taʼminlaydi. 

Avstraliyani Nauru xalqiga mandat bo'lganida mamlakatning foydali qazilmalarini 

ekspluatatsiya qilishdan Nauru aholisining  foyda ko'rishi uchun choralar ko'rilmadi. 

Orolda  fosfatlar  ishlab  chiqilish  zaxirasi    shu  qadar  yuqori  ediki,  toki  u 

Buyuk 

Britaniya, Yangi Zelandiya va Avstraliya hukumatlari 



qo'lga kiritilgunga qadar. 

1968-yilda Nauru mustaqillikka ershdi. Mustaqillikka erishgach, ularning resurslari 

deyarli  tugadi  va  Nauruning  ekologik  holati  og'ir  darajaga  tushub  qoldi.  Nauru 

davlati  Xalqaro  sudga  murojat  qildi.  Nauru  o’z  bayonotida  Avstraliyaani  mandat 

egasi bo’lganida, Nauru aholsini mamlakatning foydali qazilmalaridan foyda olish 

choralarini  ko’rmaganlikda  aybladi  va  fosfatlarning  rivojlanishi  shu  qadar 

vayrongarchilikka sabab bo’ldiki, mustaqillikka erishgach, ularning resuslari deyarli 

yo’q bo’lib ketdi va atrof-muhit holati achinarli holatga kelib qoldi. 

Mazkur mummoli holatga yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida huquqiy baho 

beramiz. 

Ushbu vaziyaatda Avstraliyaning javobgarlik borasidagi mas'uliyati Millatlar Ligasi 

mandat tizimi asosida, keyinchalik esa BMTning vasiylik tizimi asosida ishlaganida 

paydo  bo'lgan.  Avvallambor  shuni  inobatga  olish  kerakki,  Nauru  davlati  BMTga 

1999-yil 14-sentyabr kuni a’zo  bo’lgan. Avstraliya esa BMTnig asl a’zolari qatorida 

1945-yil 1-noyabr kuni a’zo bo’lgan.  Demak bu yerd aniqlash kerak bo’lgani, Nauru 

Xalqaro  sudda  Avstraliyaga  qarshi  davo  qo’zg’atish  huquqi  mavjud  bo’lgan  yoki 

bo’lmaganligi, hamda davlati Xalqaro huquqning subyekti bola oladimi yoki yo’qmi 

aniqlashimiz  lozim.  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  nizomining  75-moddasiga 

binoan,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  keyinchalik  alohida  bitimlar  bilan  o‘ziga 

kirishi  mumkin  bo‘lgan  hududlarni  boshqarish  va  shu  hududlarni  kuzatib  turish 

uchun o‘z rahbarligida xalqaro vasiylik tizimini tuzadi. Bu hududlar bundan buyon 

vasiylik hududlari deb atalaidi. Nizomning 77-moddasiga ko’ra: 




 

Vasiylik tizimi o‘ziga vasiylik to‘g‘risidagi bitimlar bilan kiritilishi mumkin 



bo‘lgan quyida sanab o‘tilgan toifadagi hududlarda joriy qilinadi: 

o

 



hozirgi kunda mandat ostida bo‘lgan hududlar; 

o

 



Ikkinchi jahon urushi natijasida dushman davlatlardan ajratib olinishi 

mumkin bo‘lgan hududlar; va 

o

 

boshqarish  uchun  javobgar  davlatlar  tomonidan  vasiylik  tizimiga 



ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan hududlar. 

 



Yuqorida sanab o‘tilgan toifadagi hududlardan qaysilarini va qanday shartlar 

bilan  vasiylik  tizimiga  qo‘shish  kerak,  degan  masala  shu  haqda  kelgusida 

tuziladigan bitimda aniqlanadi. 

93-moddaga  asosan  tashkilotning  barcha  Aʼzolari  Xalqaro  Sud  Statutining  IPSO 

facto qatnashchilari hisoblanadi. Tashkilot Aʼzosi bo‘lmagan davlat, har bir ayrim 

holda  Bosh  Assambleyaning  Xavfsizlik  Kengashi  tavsiyasiga  muvofiq  belgilab 

bergan shartlari asosida, Xalqaro Sud Statutining qatnashchisi bo‘la oladi. Demak 

Nauru  davlatining  Xalqaro  huquqning  subyekti  hisoblanib,  Xalqaro  suda 

Aavstraliyaga  qarshi  bayonotini  berishi  hamda  sudda  qatnashishi  mumkin  deb 

hisoblaymiz. 

Suningdek Nauru davlati tomonidan faqat Avstraliyaga qarshi ish qo’zg’atilganligi 

hamda Millatlar Ligasi, keyin esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan, uch xil 

xalqlarga birgalikda  tayinlangan shartlar asosida ya’ni, Buyuk Britaniya, Avstriyara 

va  Yangi  Zelandiya  Nauru  uchun  yangi  tenglik  boshqaruviga  o’tkazilganligi  va 

uchta davlatdan qolgan ikkitasining ish yuritishda ishtirok etish yoki etmasligi suda 

tomonidan o’rganilib chiqilishi lozim. 

Mazkur  vaziyatda  Avstraliyaning  xalqaro  huquqiy  javobgarligi  bor  deb 

hisoblayman.  Nauraga  yetkazilgan  zarar  uchun  qayta  tiklash  yoki  boshqa  tegishli 

qaytarish konpensatsiya qilish hajmi tomonlar o'rtasida shrtnoma tuzish yo’li bilan 

va keyin shartnoma bo'lmasa bunday qayta tiklash yoki qaytarish usuli agar kerak 

bo'lsa, sud  tomonidan baholanishi va belgilanishi kerak. 

 

           



 

 

 



 

 



Mantiqiy savol 1 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni 

barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va 

u  tinchlik  xavf  ostida  qolgan  kecha  yoki  kunduzning  har  qanday  daqiqasida 

chaqirilishi mumkin. 

Kengash  15  aʼzodan  tashkil  topgan.  Ularning  beshtasi  —  Xitoy,  Rossiya 

Federatsiyasi,  Birlashgan  Qirollik,  Amerika  Qoʻshma  Shtatlari  va  Fransiya  — 

doimiy  aʼzolar  hisoblanadi.  Kengashning  qolgan  oʻn  aʼzosi  Bosh  Assambleya 

tomonidan  ikki-yil  muddatga  saylanadilar.  Keyingi-yillarda  Birlashgan  Millatlar 

Tashkilotida  Kengashning  aʼzolar  tarkibini  oʻzgartirish,  bu  tadbir  zamonaviy  va 

iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. 

Kengashning qarorlari, uning uchun toʻqqiz aʼzo ovoz bergan taqdirdagina qabul 

qilingan  hisoblanadi.  Kun  tartibidagi  masalaga  Kengashning  doimiy  aʼzolaridan 

birortasi  qarshi  ovoz  bersa,  shuningdek,  veto  huquqidan  foydalansa  qaror  qabul 

qilinmaydi. Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda 

bu mojaro avvalo tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. 

Kengash,  balki  bartaraf  etish  tamoyillarini  ishlab  chiqadi  yoki  hakam  vazifasini 

oʻtaydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash oʻt ochishni toʻxtatish 

choralarini  koʻradi.  Shuningdek,  u  tomonlarni  yarashtirish  yoki  bir-birlari  bilan 

janjallashayotganlarni  ajratishga  yordam  beradigan,  tinchlikni  barqaror  etuvchi 

missiya yuborishi mumkin. 

Kengash  oʻzi  qabul  etgan  qarorlarning  bajarilishini  taʼminlash  boʻyicha  tadbirlar 

qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qoʻllashi yoki qurollarni yetkazib 

berishga embargo qoʻyishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda Kengash oʻzi qabul 

qilgan  qarorni  bajarish  uchun  aʼzo-mamlakatga  birgalikdagi  harbiy  harakatlarga 

qadar  boʻlgan  „barcha  zarur  vositalarni“  qoʻllashga  vakolat  beradi.  Shuningdek, 

Kengash  Bosh  kotib  lavozimiga  muayyan  nomzodni  va  Birlashgan  Millatlar 

Tashkilotiga yangi aʼzolarni tavsiya etadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




Mantiqiy savol  2 

Davlatlarning 

hududiy 

yaxlitligi 

tamoyili 

Davlatlarning  hududiy  yaxlitligi  tamoyili  BMT  Ustavi  qabul  qilinishi  bilan  o‘z 

yechimini topgan. Biroq mazkur tamoyilning nomlanishi oxirigacha o‘z yechimini 

topgani yo‘q;. Shuning uchun huquqiy adabiyotlarda hududiy yaxlitlik va hududiy 

daxlsizlik iboralarini uchratishimiz mumkin. 

BMT  Ustavi  har  qanday  davlatning  siyosiy  mustaqilligi  va  hududiy  daxlsizligiga 

(yaxlitligiga)  qarshi  kuch  ishlatish  va  kuch  bilan  taxdid  qilishni  ta’kiklaydi. 1970 

yilgi  Xalqaro  huquq  tamoyillari  to‘g‘risidagi  Deklaratsiyada  BMT  Ustavining  2-

modda  4-bulimi  mazmunini  yoritishda  bu  yerda  bevosita  hududiy  yaxlitlik 

tamoyilining o‘zi tilga olinmasa-da, uning ko‘pgina elementlari o‘z aksini topgan. 

Xususan, har bir davlat: 

 



 

 

birinchidan,  «boshqa  davlatning  milliy  birligi  va  hududiy  daxlsizligini 



bo‘zishga karatilgan har qanday harakatlardan o‘zini tiyib turish kerak»; 

 



 

ikkinchidan,  «davlat hududi  Ustav qoidalarini bo‘zish orqali kuch  ishlatish 

natijasi harbiy bosib olish obyekti bulmasligi lozim»; 

 



 

uchinchidan,  «davlat  hududi  kuch  bilan  taxdid  qilish  yoki  uni  ishlatish 

natijasida boshqa davlat tomonidan egallab olinish obyekti bo‘lishi mumkin 

emas». 


Mazkur  tamoyilni  rivojlantirishning  keyingi  boskichi  1975  yilgi  YEXXKning 

Yakunlovchi  hujjati  buldi.  Ushbu  hujjat  hududiy  yaxlitlik  tamoyilining  to‘liq 

ta’rifini o‘zida ifodalagan. 

Xalqaro  huquqda  xalqlar  va  millatlaming  o  lz  taqdirini  o  ‘zi  belgilash  prinsipi  o 

‘matilishi bilan barcha yirik va muhim hududiy o ‘zgarishlar ushbu prinsip asosida 

amalga oshirilmoqda  yoki  amalga oshirilishi shart. Shu  ma’noda o'z taqdirini  o'zi 

belgilash prinsipini hududiy chegaralanishning asosiy prinsipi deb hisoblash lozim. 

Xalqlar  va  millatlaming  o  ‘z  taqdirini  o  ‘zi  belgilash  prinsipi  ikki  tomonga  ega: 

tashqi tomoni - xalq (millat)ning u yoki bu davlat  tarkibiga kirish yoxud mustaqil 

davlat tuzish huquqi; ichki tomoni - o ‘z ichki tuzilishini belgilash huquqi. Hududiy 

chegaralanish nuqtayi nazaridan tashqi tomon birlamchi ahamiyatga ega, chunki u 

yoki  bu  davlat  tarkibiga  kirish  yoxud  mustaqil  davlat  tuzish  masalasini  hal  qilar 

ekan,  o  ‘z  taqdirini  o  ‘zi  belgilayotgan  xalq  o  ‘z  hududining  u  yoki  bu  davlatga 

tegishliligi  masalasini  hal  qiladi  yoki  mustaqil  davlat  tuzadigan  bo‘lsa,  o  ‘z 

hududining alohida davlat hududiga aylanishi masalasini hal etadi. 



 

Davlat chegaralarining buzUmasttgi prinsipi Bu g'oya 1970-yil 12-avgustdagi sobiq 

SSRIning  GFR  bilan  shartnomasida,  so'ngra  esa  PXR,  CHSR  va  GDRning  GFR 

bilan shartnomalarida huquqiy rasmiylashtirildi, ya’ni G'arbiy Yevropada urushdan 

keyingi chegaralar o'matilishini yuridik mustahkamlab qo'ydi. Shu vaqtdan boshlab 

chegaralaming buzilmasligi barcha davlatlar uchun yuridik majburiy bo'lgan xalqaro 

huquq  normasiga  aylandi.  Chegaralaming  buzilmasligi  prinsip  sifatida  1975-yilgi 

EXHKning  Yakunlovchi  aktida  ifodalandi.  «Ishtirokchi-davlatlar  bir-birlarining 

chegaralarini ham, butun Yevropadagi davlatlaming chegaralarini ham buzilmas deb 

qabul qiladilar va shuning uchun hozir va kelgusida ushbu chegaralarga har qanday 

tajovuzlardan  o'zlarini  tiyadilar».  Bu  prinsipni  tan  olish  har  qanday  hududiy 

da’volardan voz kechishni anglatadi, ya’ni davlatlar «har qanday ishtirokchidavlat 

hududining bir gismini yoki butun hududini bosib olish yoki uzurpatsiya1 qilishga 

qaratilgan  har  qanday  talablar  yoxud  harakatlardan  tegishli  tarzda  o'zlarini 

tiyadilar».  Shundan  kelib  chiqib,  chegaralarning  buzilmasligi  prinsipini  quyidagi 

uch elementdan iborat deb qabul qilish mumkin: 

 1) amaldagi chegaralami xalqaro huquqqa mos ravishda yuridik 0 ‘matilgan deb tan 

olish; 


 2) ayni paytda va kelajakda har qanday hududiy da’volardan voz kechish; 

 3)  kuch  ishlatish  yoki  kuch  ishlatish  bilan  tahdid  qilish  prinsipini  ham  qo'shgan 

holda, ushbu chegaralarga har qanday tajovuz qilishdan voz kechish.  

Nisbiy chegaralaming ikki tushunchasi mayjud: 

 1.  Chegaralaming  buzilmasligi  -  faqat  EXHK  Yakunlovchi  aktining 

ishtirokchilariga nisbatan (ya’ni faqat YXHTning 55 ta a’zosiga nisbatan  - 2007-

yilgacha bo'lgan ma’lumot) amalda bo'ladi.  

2. Chegaralaming daxlsizligi - xalqaro ommaviy huquq prinsipi bo'lib, ushbu masala 

bo'yicha  maxsus  bitim  bor-yo'qligidan  qat’iy  nazar,  barcha  qit’alarda  amal  qiladi 

(xalqaro huquqning ergo omnes prinsipi bo'lganligi sababli). 

 

 

 



 

 

 



Download 151,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish