202
Parlament tomonidan Avstriya ersgersogi Iogan muvaqqat imperiya
noibi lavozimiga saylanadi. Unga yordam berish uchun Muvaqqat
markaziy hukumat tashkil etiladi. Biroq davlatlarda
hokimiyat monarxlar
qo‘lida qoladi. Biroq parlament o‘z faoliyatining boshidanoq reaksion
siyosat yurgizadi. Ko‘pchilik a’zolari shovinizm yo‘liga kirib,
mustamlaka slavyan yerlarini qo‘lda saqlashga harakat qilinadi.
Dehqonlar masalasida feodal tuzumga qarshi hech bir ish qilinmaydi.
1848-yil kuzda aksilinqilobning kuchayishi natijasida ishlab chiqilgan
konstitutsiya loyihasi qog‘ozda qolib ketadi. Burjuaziya va ishchilar,
dehqonlar va feodallar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keladi. Frankfurt
majlisi majburiy tarqatib yuboriladi.
Natijada Parlament yagona ilgarigi talablarni ro‘yobga chiqarish
maqsadida
Germaniya imperiyasining 1849-yilgi Frankfurt konstitut-
siyasini qabul qilishga kirishadi
. 1849-yil 28-martda
parlament imperiya
konstitutsiyasini qabul qiladi.
Burjuaziya siyosiy ustunlikka erishgan. Germaniyaning barcha 36 ta
yerlarida o‘z boshqaruv apparatiga ega monarxiya mavjud bo‘lgan.
German monarxiyalari federatsiyasi o‘rnatilib, unga imperator boshchilik
qilgan. Umumgerman markaziy hukumati tuziladi. Imperator va amal-
dorlar «imperiyani va nemis huquqlarini qo‘riqlash, imperiya
konstitutsiyasiga og‘ishmay va vijdonan amal qilish» haqida qasamyod
qilishi kerak bo‘lgan.
Konstitutsiyada barcha masalalar aniqlik bilan belgilangan. Federat-
siya subyektlari o‘z konstitutsiyasi va boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan.
Federatsiya manfaatlarini ko‘zlagan holda imperiya hokimiyatini
amalga
oshiruvchi federal organlar tashkil etilgan. Lekin, ularning tizimi batafsil
sanab ko‘rsatilmagan. Tashqi siyosatni amalga oshirish, harbiy, iqtisodiy,
moliyaviy, huquqiy soha, bojxona, pochta-telegraf ishlarini yo‘lga
qo‘yish, boshqarish va nazorat qilish imperiya vakolatiga kiritilgan.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar ustidan imperiyaning oliy
nazorati o‘rnatilgan. Subyektlarning imperiya a’zolaridan boshqa
davlatlar bilan tuzgan shartnomalari imperiya tasdig‘idan o‘tishi lozim
bo‘lgan.
Har qanday federativ birligi shakliga xos bo‘lgan Konstitutsiyaviy
prinsip – imperiya qonunlari alohida davlatlarning
qonunlaridan yuqori
turadi (agar ularning bo‘ysunish ahamiyati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa)
degan prinsip o‘rnatiladi. Mabodo «majburiy emas» deb belgilanmagan
bo‘lsa, o‘z-o‘zidan majburiydir.
203
Konstitutsiya bo‘yicha parlament (reyxstag) quyidagi ikki palatadan
iborat bo‘lgan: yuqori palata - Davlatlar palatasi ko‘pchilik gersog va
knazliklardan bittadan, Prussiyadan 40 ta, Avstriyadan 38 ta, Bavariyadan
18 ta, Saksoniyadan 10 ta, Gamburgdan ikkitadan deputatlar 6 yil
muddatga saylangan; quyi palata – Xalq palatasi imperiya xalqi orasidan
3 yil muddatga saylangan.
Qonunlar har ikki palatada qabul qilinishi, hukumat tomonidan
tasdiqlanishi lozim bo‘lgan. Agar hukumat qonun loyihasini tasdiqlamasa,
Reyxstag ketma-ket 3 ta sessiyasida hech qanday o‘zgarishsiz qabul
qilish
yo‘li bilan amalga kiritishi mumkin edi.
Konstitutsiyada German xalqining asosiy huquqlari va ularni ɚɦɚɥɝɚ
ɨɲɢɪɢɲ kafolatlari ham belgilab berilgan. Unga binoan tabaqaviy
imtiyozlar tugatilgan.
Konstitutsiya garchi qog‘ozda qolib ketgan bo‘lsa-da, ma’lum
darajada progressiv ahamiyat kasb etgan. Unga ko‘ra, federal
Germaniyani Prussiya yoki Avstriya qiroli boshqarishi kerak edi. Biroq,
Prussiya qirolining Germaniyada tan olinishi boshqa davlatlarning
qarshiligini keltirib chiqardi.
Tez orada Frankfurt milliy ɦɚɠɥɢɫɢ ԟɚɣɞɚɛ yuboriladi. May oyi
oxiriga kelib Parlament o‘z majlislarini Vyurtemberg poytaxti
Shtutgradga ko‘chiradi va oxirgi kunlarini shu yerda o‘tkazib,
Vyurtemberg hukumati tomonidan haydab yuboriladi. Shu bilan german
inqilobi tarixi ham tugaydi.
Keyinchalik Prussiya boshchiligida Shimoliy german davlatlarining
dastlab 3 ta, keyinchalik 27 tasi qo‘shilgan ittifoq tashkil etiladi. Biroq, u
Avstriyaning qarshiligiga uchrab tarqatib yuboriladi. Bu davrga kelib 1)
mahalliy separatizm (ajralib chiqishga intilish); 2) Yevropadagi
yirik
davlatlarning qarshiligi; 3) Avstriya va Prussiyaning gegemonlik uchun
raqobatini bartaraf etish yo‘li bilan yagona Germaniya davlatini tashkil
etishga urinishi kuchaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: