Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. Germaniya davlatining bo’linishi. Gfr XX asr 50-yillarida ichki va tashqi siyosati. Gfr ning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi. Germaniya davlatining birlashishi. IV
Reja: I.Kirish.
II. Asosiy qism.
1.Germaniya davlatining bo’linishi.
2.GFR XX asr 50-yillarida ichki va tashqi siyosati.
3.GFR ning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi. Germaniya davlatining birlashishi.
IV.Xulosa.
V.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. Biz bilamizki, Germaniya 1871-yil 18-yanvar kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida Germaniya – imperiya, uning hukmdori Vilgelm I esa imperator deb e’lon qilingan edi. Shundan so’ng Germaniya imperiyasi har tomonlama rivojlanib, Yevropada birinchi davlatga aylandi. Lekin uning Angliya va Fransiya kabi katta mustamlakalari yo’q edi va shuning oqibatida Germaniya ham mustamlakalar egallashga harakat qila boshladi.Bu esa Angliya va Fransiya hukmron doiralariga yoqmas edi.Germaniya va Angliya, Fransiya davlatlari o’rtasida bo’lingan dunyoni qayta bo’lish uchun urush kelib chiqdi.Bu davlatlar Yevropaning boshqa davlatlarini bu kurash girdobiga tortishdi.Germaniya va uning ittifoqchilari va Antanta ittifoqi o’rtasida 1-jahon urushi 1914-1918-yillarda bo’lib o’tdi.Bu urushda Germaniya va uning ittifoqchilari mag’lubiyatga uchradi. Buning natijasida Germaniya davlati o’zi uchun juda haqoratli bo’lgan shartnomalarni imzoladi.Bu shartnomalar nemis xalqi uchun juda og’ir edi va nemis xalqi bu shartnomalarni imzolagan hukumatdan norozi edi.Buning oqibatida Adolf Gitler boshchiligida fashistlar hukumat tepasiga kelishdi va aynan Gitler boshchiligidagi fashistlar 2-jahon urushini boshlashdi.Ikkinchi jahon urushi 1939-1945-yillarda Germaniya,Italiya,Yaponiya va AQSH,Buyuk Britaniya,SSSR,Fransiya davlatlari o’rtasida bo’lib o’tib, Germaniya yana mag’lubiyatga uchradi. Germaniya Ikkinchi jahon urushida tor-mor etildi.Uning hududi deyarli kultepaga aylandi.Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaning uchdan bir qismiga tushib qoldi.Mamlakat sanoat korxonalari g’olib davlatlar uchun to’lanishi zarur bo’lgan tovon hisobiga ko’chirilib ketila boshlandi.Aholi turmush darajasi nihoyatda yomlashdi.Eng og’iri, Germaniya davlat mustaqilligini yo’qotdi. Uning hududi 4 g’olib davlat (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiya) okkuppatsiya zonalariga bo’lindi. Hokimiyat g’olib davlatlar harbiy ma’muriyati qo’liga o’tdi. Bu ma’muriyatni okkupatsiya qiluvchi qo’shinbosh qo’mondoni boshqardi. Butun Germaniyaga taalluqli masalalarni esa to’rt Bosh Qo’mondondan iborat Nazorat Kengashi hal etardi.Kengash qarori konsensus asosida qabul qilinardi.1945-1949-yillarda Germaniyada okkupatsiya tartibi hukm surgan davr bo’ldi. Shunday sharoitda ham Germaniyada demokratik hayot tiklana boshladi. Ana shunday sharoitda Germaniya ikki davlatga bo’lingan edi. Bu davlatlar quyidagilar edi: Germaniya federativ respublikasi va Germaniya demokratik respublikasi.
Germaniya okkupatsiya davridan so’ng asta-sekinlik bilan iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlana boshladi. Buning natijasida Germaniya iqtisodiy jihatdan yana G’arbiy Yevropaning eng rivojlangan davlatiga aylana oldi.1989-yilga kelib esa ikki nemis davlati birlasha oldi. Bu birlashuvda “Germaniya birlashuv otasi” Gelmut Kolning xizmatlari katta bo’ldi.