Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. Germaniya davlatining bo’linishi. Gfr XX asr 50-yillarida ichki va tashqi siyosati. Gfr ning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi. Germaniya davlatining birlashishi. IV



Download 26,34 Kb.
bet2/3
Sana30.03.2022
Hajmi26,34 Kb.
#518147
1   2   3
Bog'liq
Jahon tarixi slayd

Germaniya davlatining bo’linishi. Germaniya Ikkinchi jahon urushida tor-mor etildi. Uning hududi deyarli kultepaga aylandi. Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaning uchdan bir qismiga tushib qoldi. Sharqiy Prussiyaning SSSR ga berilishi, Polsha chegarasining Oder va Neyse bo‘ylab o‘tishi oqibatida bu hududlarda yashovchi 9 mln. dan ortiq nemislar Germaniya ichkarisiga ko'chirildi. Bu hol uningsiz ham og‘ir bo‘lgan uy-joy muammosini yanada keskinlashtirib yubordi. Mamlakat sanoat korxonalari g‘olib davlatlar uchun to ‘lanishi zarur bo‘lgan tovon hisobiga ko'chirib ketila boshlandi.Aholi turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Eng og‘iri, Germaniya davlat mustaqilligini yo'qotdi. Uning hududi 4 g‘olib buyuk davlat (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiya) okkupatsiya zonalariga bo'lindi. Hokimiyat g‘olib davlatlar harbiy ma’muriyati qo‘liga o‘tdi. Bu ma’muriyatni okkupatsiya qiluvchi qo'shin bosh qo'mondoni boshqardi.Butun Germaniyaga taalluqli masalalarni esa to ‘rt Bosh qo‘mondondan iborat Nazorat Kengashi hal etardi. Kengash qarori konsensus asosida qabul qilinardi.1945—1949-yillar Germaniya tarixida okkupatsiya tartibi hukm surgan davr hisoblanadi. Shunday sharoitda ham Germaniyada demokratik hayot tiklana boshladi. Germaniya taqdiriga befarq qaramaydigan siyosiy kuchlar yangi sharoitda jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun kurashdilar.Dastlab fashistlar qattiq ta'qib etgan ikki siyosiy partiya — Germaniya Kommunistik partiyasi va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi — yashirin sharoitda ishlash holatidan chiqdi.Ayni paytda yangi siyosiy partiyalar ham vujudga keldi. Chunonchi, 1945-yilda Xristian demokratlar ittifoqi (XDI) tuzildi. Unga mashhur siyosiy arbob K. Adenauer rahbarlik qildi. Keyinroq XDI ning Bavariya bo‘limi — Xristian sotsialistlar ittifoqi (XSI) tuzildi. Xristian demokratlar fashizmga qarshi ekanliklarini, Germaniyani qudratli mustaqil davlatga aylantirish bosh maqsadlari ekanligini bayon qildilar. Ayni paytda fuqarolar farovonligini ta’minlash, ishchilarga korxonalarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini yaratish haqida va’da berdilar.Bular fuqarolaming ko‘pchiligi, ayniqsa, dindorlar tomonidan qo‘llab- quvvatlandi. G'arbiy okkupatsiya zonasida «Erkin demokratik partiya» (EDP) ham tuzildi. XDI—XSI va GSDP eng yirik partiyalarga aylandi. Sharqiy okkupatsiya zonasida (SSSR zonasi) 1946-yilda GKP va GSDP birlashdi. Bu yangi partiya Germaniya yagona sotsialistik partiyasi deb ataldi. Okkupatsiya tartibi davrida, ayni paytda, Birlashgan nemis kasaba uyushmasi (BNKU) ham tuzildi.Germaniya 1945-1949-yillardaIkkinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlari «Sovuq urush» ning boshlanishi Germaniya taqdiriga ta’sir etmay qolmadi. Potsdam konferensiyasi qarorlari bajarilmadi. Germaniya muammosi AQSH va SSSR manfaatlari keskin to ‘qnashgan muammoga aylandi. Bu to'qnashuv Germaniyaning bo‘linib ketishini muqarrar qilib qo‘ydi. Yangi sharoitda AQSH Germaniyani G'arbning ishonchli tayanchiga aylantirishga intildi. Shuning uchun ham SSSR ning kechagi ittifoqchilari Germaniyaning iqtisodiy qudratini susaytirish maqsadidan voz kechdilar.G ‘arbiy Germaniyadan tovon evaziga sanoat korxonalarini olib chiqib ketish to‘xtatildi. (U atigi 5 foizga bajarilgan edi, xolos.) «Marshall rejasi» ishlab chiqilayotganida AQSH unga G ‘arbiy okkupatsiya zonalarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.Chunki endi G ‘arb uchun iqtisodiy jihatdan qudratli Germaniya nihoyatda zarur edi.Tovon to'lashning to ‘xtatib qo‘yilishi SSSR va uning kechagi ittifoqchilari o‘rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Buning ustiga, G ‘arb davlatlari o'zlarining okkupatsiya zonalarini birlashtirdilar va unda 1948- yilning 20-iyunida separat pul islohoti o‘tkazdilar.Reyxs marka o‘rniga nemis markasi joriy etildi. G'arbiy okkupatsiya zonasida yashayotgan aholining har biriga eski 60 markani yangi 60 markaga aylantirishga ruxsat etildi. Qolgan har 100 eski markani 6,5 yangi markaga almashtirish mumkin edi.Buning natijasida muomaladagi pul hajmi kamayishiga erishildi. Bu esa, o‘z navbatida, inflatsiyani to'xtatish imkonini berdi. Shu tariqa iqtisodiy hayotni tiklash uchun zarur sharoit yaratildi. Pul islohoti o‘tkazilishiga javoban SSSR G ‘arbiy Berlinni qamal qildi. Shu bahonada G ‘arb davlatlari o‘z zonalarida Germaniya davlatini tezroq tuzishga harakat qildilar.1948-yilning sentabr oyida o ‘lka parlamentlari saylagan parlament kengashi chaqirildi. Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi.Ushbu Konstitutsiya 1949-yil 8-may kuni qabul qilindi. Konstitutsiyani hokimiyat tasdiqlagach, 23-maydan boshlab kuchga kirdi.Konstitutsiya G'arbiy Germaniyani demokratik, federativ davlat, deb e’lon qildi. Davlat hududi 10 ta o‘lkaga bo‘lindi. Ularning har biri o‘z Konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlariga ega edi.Boshqarish shakliga ko‘ra GFR parlament Respublikasi bo‘lib qoldi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) Federal parlament deb ataldi. U ikki palatali edi. Quyi palata — bundestag 4 yilga saylangan. Yuqori palata-bundesrat esa o‘lka parlamentlari tayinlaydigan vakillardan iborat bo‘ldi. Bonn shahri mamlakat poytaxti deb belgilandi. Davlat boshlig‘i prezident edi. Biroq uning huquqlari cheklandi. U davlat va millat birligi ramzi bo‘lib qoldi, xolos. 1949-yilning avgustida bundestagga birinchi saylov o'tkazildi. Unda XDI-XSI va GSDP deyarli bir xil o‘rin egalladilar. 7- sentabr kuni bundestag GFR Konstitutsiyasini tasdiqladi. 20-sentabr kuni Germaniyaning bo‘linib ketishi XDI-XSI partiyasi EDP bilan koalitsion hukumat tuzdi. Mashhur siyosiy arbob, XDI nomzodi 75 yoshli K. Adenauer kansler etib saylandi.Uzoqni ko‘ra biluvchi, voqelikni real baholay oluvchi,dono siyosatchi K.A denauer Yevropa integratsiyasi yo‘lida ju d a katta ish qildi.Germaniyaning bu integratsiyada o‘z o‘rni bo’lishiga erishdi. Germaniya kelajagini G ‘arb dunyosi bilan uzviy bog'liq ekanligini ham hammadan ko'proq va yaxshiroq angladi. 21-sentabr kuni GFR ning tashkil topganligi SSSR okkupatsiya zonasi bo‘lgan Sharqiy Germaniyada ham yangi davlat tuzishga zo‘r berib kirishildi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada Germaniya Yagona Sotsialistik partiyasi, XDI, Liberal-demokratik partiya hamda Dehqonlar partiyasi faoliyat ko'rsatmoqda edi.Bu partiyalar va jamoat tashkilotlari Nemis Milliy Kengashini sayladilar. Bu Kengash sessiyasi 1949-yilning 7-oktabrida Sharqiy Germaniya hududida Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Hukmron partiya (GYaSP) syezdi 1952-yilda G DR da sotsializm asoslarini qurish haqida qaror qabul qildi. Afsuski, bu sovet namunasidagi sotsializm edi. Shu tariqa Germaniyaning hududiy bo‘linishi sodir bo‘ldi. Oradan ko‘p o ‘tmay GFR AQSH ittifoqchisiga, G DR esa SSSR ittifoqchisiga aylandi. K. Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi. Bu maqsadni ro'yobga chiqarish vositasi sifatida iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi» modeli tanlandi.Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat turar edi. Davlatning vazifasi asosan xususiy xo‘jalik subyektlarining faoliyat yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal qilinayotganligi ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat bo'lardi.Ayni paytda bu model davlatning, birinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishini ham nazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo‘l GFR iqtisodiy taraqqiyotining gurkirab rivojlanishining asosiy omili bo‘ldi.Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFR ga katta iqtisodiy yordam ko‘rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida 1948— 1949-yillarda 1,4 mlrd. dollar miqdorida yordam ko‘rsatildi. Bu mablag‘ korxonalarni ilg‘or texnika va texnologiya bilan qayta ta’minlash imkonini berdi.
Uchinchidan, harbiy xarajatlarning deyarli yo'qligi iqtisodiyotga zarur mablag' sarflashga imkon berdi.Va, nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini namoyon etdi. Bu omillar tez orada o‘z samarasini ko'rsatdi. 1950-yilning oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi 1936-yilgi darajaga yetdi. 1960-yilga GFR ning ichki va tashqi siyosati rasman e’lon qilindi.Germaniya Demokratik Respublikasining tashkil etilishi kelib esa 2,5 baravar o‘sdi. 1950— 1975-yillarda gaz ishlab chiqarish 60 mln. kub metrdan 19,7 mlrd. kubmetrga, po‘lat 14 mln. tonnadan 54 mln. tonnaga, avtomobil 306 mingdan 4 mln. donaga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi ham yuksak sur’atlarda rivojlandi. G ‘alla hosildorligi 40 sentnerdan oshdi. 50-yillarning o‘rtalariga kelganda GFRda oziq-ovqat muammosi to ‘la hal etildi.1950-1964-yillar oralig‘ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko‘paydi. GFR butun Germaniyaning urushdan oldingi darajasidan ko‘p mahsulot ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori bo‘lishi katta miqdorda valuta zaxirasi to ‘plashga imkon berdi. Bu borada dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqalarning harbiy- sanoat konsernlari o‘z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3—4 baravar ko'paytirdilar. G FR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o‘zgarishlar «german mo‘jizasi»deb nom oldi.Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy siyosat ham yuritdi. Natijada mehnatga qobiliyatli aholi amalda ish bilan deyarli to‘la ta'minlandi. Korxona ishchilariga arzon narxli — xalq aksiyalari sotildi. Xalq turmush darajasi keskin yaxshilandi.K. Adenauer hukumati tashqi siyosatda G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1951 -yilda uning hududida okkupatsiya tartibi bekor qilindi. 1954-yilda G FR ga 12 diviziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat armiyaga ega bo'lishga ruxsat etildi. Shu tariqa harbiy sanoat oyoqqa tura boshladi.1955-yilda GFR NATOga a’zo bo‘ldi. 1956-yilda bundesverni (GFR armiyasini) «Qurollaming yangi turlari bilan qurollantirish» hamda «Umumiy majburiy harbiy xizmat haqida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar bundesverga NATO ning zarbdor kuchiga aylanishiga imkon berdi.1958-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) ga a’zo bo‘ldi. YEIHga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar sanoat mahsulotining 44 foizini ishlab chiqardi. K. Adenauer hukumati ayni chog'da Sharqqa nisbatan tan olmaslik siyosatini qo‘lladi. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin tarkib topgan chegara o'zgarishlarini tan olmadi. GDR ni sovet okkupatsiyasi zonasi, deb hisobladi.1955-yilda e’lon qilingan «Xalshteyn doktrinasi» ga ko‘ra GFR GDR ni tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqini to'xtatishini ma'lum qildi.Bu qoida faqat SSSR ga tatbiq etilmadi. Chunki K. Adenauer SSSR bilan munosabatning o‘ta yomonlashuvi GDR ni GFR ga qo'shib olishga imkon bermasligini yaxshi tushunar edi. 1961-yilning avgust oyida GDR hukumati Berlin shahrining sharqiy qismini g‘arbiy qismidan ajratib turuvchi devor qurishga majbur bo‘ldi. Bu devor tarixga «Berlin devori» nomi bilan kirdi.Bu davrda GDR da sotsialistik jamiyatning inqirozi boshlangan edi. Mavjud tuzumga qarshi qo‘zg‘olonlar ham ko‘tarildi. Ular GDR hududiga joylashtirilgan sovet armiyasining kuchi bilan bostirildi.Ko‘plab aholi G ‘arbiy Berlin orqali GFR ga qochib o‘ta boshladi. Buning oldini olish maqsadida GDR rahbarlari, yuqorida qayd etilganidek, «Berlin devori» ni qurganlar. Bu hodisa har ikki nemis davlati o'rtasidagi munosa batni yanada keskinlashtirdi.K. Adenauer siyosatida norozilik kuchaydi. Natijada 1963-yil oktabrda 87 yoshli davlat rahbari iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Lyudvig Erxard egalladi. Lekin iqtisodda pasayish ro‘y berdi. Yaponiya GFRni taraqqiyotda quvib o‘tdi. Norozilik kuchayib, 1966-yil oktabrda Erxard iste'fo berdi.20 yillik hukmronlikdan so‘ng 1969-yilda XDI-XSI partiyasi parlament saylovida mag‘lubiyatga uchradi va hokimiyat jilovini topshirishga majbur bo‘ldi.GSDP EDP (Erkin demokratlar partiyasi) bilan hamkorlikda yangi hukumat tuzdi. Sotsial-demokrat V. Brandt (1913—1992) kansler lavozimini egalladi va uni 1974-yil mayigacha boshqardi. Xo‘sh, XDI—XSI saylovda nega maglubiyatga uchradi? G ‘arb demokratiyasi sharoitida bir partiyaning yengishi, ikkinchi bir partiyaning g‘alaba qozonishi tabiiy hol, albatta. Biroq har qanday magiubiyatning sabablari boiadi.1966-1967-yillardagi ortiqcha ishlab chiqarish oqibatida ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz ishsizlikni keltirib chiqardi. Chetdan arzon ishchi kuchi ko'plab jalb etilgan bir sharoitda ishsizlikning ro‘y berishi vaziyatni yanada chigallashtirdi. U mahalliy ishchilarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.Boshlangan inflatsiya esa iqtisodiy rivojlanish barqarorligiga salbiy ta’sir ko'rsata boshladi. Buning ustiga, XDI—XSI ayrim rahbarlarining urush yillarida fashistlar bilan hamkorlik qilganligi hamda partiya yetakchi rahbar- larining korrupsiya bilan shug'ullanganligining aniqlanishi partiyaning obro'siga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmadi.Ayni paytda GFRning dunyoda iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biriga aylana borishi bu davlat tashqi siyosatini o‘zgartirishini talab etmoqda edi. 0 ‘z qo‘shnilari bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarini tan olmaslik - bu reallik bilan hisoblashmaslik edi. Chunki 60-yillarda Sharqiy Yevropada tub o'zgarishlar bo‘lishi uchun hali sharoit yetilmagan edi.Qolaversa, bu davrda Sharqiy Yevropa sotsialistik davlatlarida hukmron tartibni SSSR qattiq nazorat qilib turardi. 1968-yilda Chexoslovakiyaga Varshava shartnomasiga a’zo 5 davlat armiyasining kiritilishi buni yana bir bor isbotladi. Bunday sharoitda Sharqiy Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni eskicha davom ettirish mavjud keskinlikni yanada chigallashtirgan bo‘lar edi.Binobarin, hayot GFR ning tashqi siyosatida tub o'zgarishlar qilishni talab etmoqda edi. XDI—XSI rahbariyati esa bunday o‘zgarish bo‘lishini XDI-XSI ning hokimiyatdan ketishi aslo istamadi. Yuqorida qayd etilgan omillar XDI—XSI ning hokimiyatdan ketishiga olib keldi. GSDP bilan EDP tuzgan hukumat «Kichik koalitsiya hukumati» deb nom oldi. Hukumat «yangi sharqiy siyosat» ni amalga oshira boshladi. Unga ko‘ra, GFR Sharqiy Yevropa davlatlarini tan oldi. 1970-yilda SSSR, Polsha, Chexoslovakiya va 1972-yil dekabrda GDR bilan shartnomalar imzolandi. Ularda ikkinchi jahon urushidan keyingi chegara o‘zgarishlari tan olindi.GDR ning tan olinishi katta jasorat edi. V. Brandt Germaniyaning qachonlardir birlashishiga ishonardi. Biroq bu birlashish tinch yo‘l bilan amalga oshishi zarur edi. 70-yillarda buning iloji yo‘q edi. O‘sha davr uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l — davlatlarning tinch-totuv yashashi yo‘li edi. Y. Brandt shu yo‘lni tanladi.GDR ning tan olinishi har ikki nemis davlati uchun BMT ga yo‘l ochdi. Ular BMT a’zoligiga qabul qilindilar. «Kichik koalitsiya» GFR uchun ichki iqtisodiy vaziyat noqulay sharoitda hokimiyatga kelgan edi. Dastlab iqtisodiy beqarorlik kuchayib ketishining oldini olishga muvaffaq bo‘lindi.Biroq 1974-1977-yillardagi xalqaro miqyosdagi iqtisodiy inqiroz GFR ni chetlab o‘tmadi. Mahsulot ishlab chiqarish sur'ati yiliga 2 foizga kamaya boshladi.Ishsizlar soni 3 mln. ga yaqinlashdi. Aholi xarid quwati pasaydi. Shunday sharoitda GSDP iqtisodiy hayotga davlatning aralashuvi lozimligi masalasini o‘rtaga qo'ydi. Y. Brandtning raqiblari uni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmaslikda, harbiy xarajatlarni ko‘paytirishda, kommunistlar bilan yaqinlashishda aybladi. Natijada 1974-yil mayida u iste’fo berdi. Hokimiyatga GSDP ning boshqa lideri G. Shmidt keldi va 1982-yil kuzigacha kanslerlik lavozimida turdi. 1980—1982-yillarda yana iqtisodiy inqiroz ro‘y berdi. Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy himoya choralarini qo‘llashga harakat qildi. Biroq GSDP ittifoqchisi EDP bunga qarshi chiqdi.Bu partiya inflatsiyani kamaytirish maqsadida ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish zarur deb hisoblardi.Ikki partiya o‘rtasidagi ixtilof ularni bo‘lib yubordi va 1982-yilda kichik koalitsiya hukumati tarqalib ketdi. Natijada XDI-XSI va EDP ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq yangi hukumat tuzdi. Uni mashhur siyosatchi Gelmut Kol (1930-yiIda tug'ilgan) boshqardi.80-yillarga kelib GDR ni chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz chulg'ab oldi.Davlat budjeti taqchilligi yildan yilga o ‘sdi. Davlat qarzi 20 mlrd. dollardan oshdi.Jamiyatda totalitar tartib qaror topdi. GFR ga qochib o ‘tuvchilar tobora ko‘payib bordi. 1989-yil birinchi yarmining o‘zida 350 ming kishi G FR ga qochib o‘tdi. 7-oktabr — GDR tashkil topgan kun hukumatning rasmiy tadbirlariga qarshi namoyish kuniga aylandi. Shu tariqa GDR da inqilob Germaniyaning biriashishi Kichik koalitsiya hukumatining ichki va tashqi siyosati boshlandi.18-oktabr kuni davlat rahbari E. Xonekker iste'fo berdi. 9-noyabr kuni «Berlin devori» qulatildi.1990-yilning 18-martida GDR da par- lamentga o‘tkazilgan birinchi erkin saylovda XDS partiyasi g‘alaba qozondi. 1990-yilning 1-iyulida GDR hududida GFR markasi amal qila boshladi. 1990-yilning 3-oktabrida GDR ning GFR ga qo‘shilishi haqidagi shartnoma kuchga kirdi. Shu tariqa, 41 yildan so‘ng Germaniyaning birlashuvi tinch yo‘l bilan amalga oshdi. Bunda SSSR rahbariyati nemislarning yagona Germaniyaga birlashishga bo‘lgan intilishiga qarshilik ko‘rsatib bo'lmaydi,deb hisoblashi ham katta rol o‘ynadi. Germaniyaning birlashuvi xalqaro ahamiyatga molik voqea edi. Bu birlashuv XDI-XSI va EDP partiyalarining hamda kansler G. Kolning obro'sini yanada oshirib yubordi.G. Kol «birlashuv jarayonining otasi» degan nom oldi. G. Kol 18 yil davomida hukumatni boshqardi. Biroq 1998-yilgi parlament saylovida XDI— XSI mag'Iubiyatga uchradi. Buning asosiy sabablari — ishsizlar sonining ko'payishi (ishga yaroqli har 10 nafar kishining bittasi ishsiz edi); huku- matning 3,2 mln. kishi ish haqini 2 yil muddatga muzlatib qo'yishga, shuningdek, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga qaror qilganligi edi.Ayni paytda yuqori doiralarda korrupsiyaga aloqadorlaming fosh etilishi, hatto G. Kolning o‘zi ham moliyaviy ko'zbo'yamachiliklarda ishtirok etganligi ham saylov natijalariga ta’sir etmay qolmadi. 1998-yilgi parlament saylovida GSDP g‘olib chiqdi. Sotsial-demokrat G. Shryoder kansler etib saylandi. 2002-yilgi saylovda ham u kanslerlik qayta lavozimini egalladi. Hozirgi davrda GFR dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biridir. Keyingi 50-yil ichida G ‘arbda kommunizm mafkurasi to ‘la mag‘lubiyatga uchradi. Fashizm g‘oyalari to ‘la barham topmagan bo‘lsa-da, u endilikda ijtimoiy tayanchga ega emas.Bugungi kunda G'arb jamiyatida konservatizm, liberalizm,sotsializm va millatchilik kabi g‘oyaviy yo‘nalishlar mavjud.. Siyosiy partiyalar ulaming birini o‘z mafkuralariga asos qilib olganlar. Umshdan keyingi yillarda G ‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida konservativ partiyalaming tiklanishi dinning kuchli ta'siri natijasi bo‘ldi.Urush, uning dahshatli oqibatlari aholi o ‘rtasida dinning ta'sirini kuchaytirdi. Masalan, Italiyada Xristian-demokratik partiyasining, GFRda Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian-sotsialistik ittifoq partiyalarining vujudga kelishi ana shu omil bilan izohlanadi.Ayni paytda Fransiya, Belgiya, Avstriya va Gollandiyada ham diniy partiyalar jamiyat siyosiy hayotida sezilarli kuchga aylangan edi. AQSH va Buyuk Britaniyada kuchli ikki partiyaviy tizim saqlanib qolaverdi. Sotsialistik va sotsial-demokratik partiyalarning ham ta’siri o‘sib bordi. XX asr 90- yillari oxiriga kelib Yevropa Hamjamiyatiga a’zo 15 davlatning 13 tasida hukumatni shu partiyalar vakillari boshqarishdi.Urushdan keyingi yillarda G ‘arbning deyarli barcha yetakchi davlatlarida (AQSH dan tashqari) yangi konstitutsiyalar qabul qilindi.Ular zamon talabiga mos demokratik ruhdagi konstitutsiyalar edi. Chunonchi, Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida umshning xalqaro mojarolarini hal etish vositasi ekanligini qoralovchi moddalar o‘z ifodasini topdi. Yaponiya Konstitutsiyasiga esa Yaponiya umshga milliy siyosat vositasi sifatida qarashdan voz kechadi, degan modda kiritildi.


Download 26,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish