Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Prussiyaning 1850-yilgi Konstitutsiyaviy xartiyasi. Prussiya qiroli 
dastlab inqilob davrida 1848-yilda Konstitutsiya taqdim etadi. Bir yildan 
keyin, ya’ni 1850-yil 31-yanvarda qirol yangi Konstitutsiyaviy xartiya 
chiqaradi. U oldingisiga nisbatan ancha demokratik xarakterda bo‘lgan. U 
shaxsiy, siyosiy va fuqaroviy huquqlar, sud tizimi, armiya, ta’lim sohasi, 
hokimiyat organlarining tizimi, ularning vakolatlari va o‘zaro 
munosabatlari kabi masalalarni belgilab bergan. Konstitutsiyaviy xartiya 
ba’zi tuzatishlar bilan 1919-yilgacha harakatda bo‘lgan. 


 204
Oliy hokimiyat organlari qirol, ministrlar (ministr-prezident), ikki 
palatali parlament va oliy suddan iborat bo‘lgan. Landtagning yuqori 
palatasi – Janoblar palatasi, quyi palatasi – Deputatlar palatasi deb 
atalgan. Mamlakatda qirol hokimiyati kuchli bo‘lib, landtag maslahat 
organi bo‘lgan va hukumat unga hisob bermagan. Sudyalar qirol nomidan 
ish ko‘rgan, u tomonidan tayinlangan.  
1867-yilgi Avstriya-Vengriya ittifoqi. XIX asrning o‘rtalarida 
Avstriya ichki, ya’ni inqilobchi kuchlar, mustamlaka aholining chiqishlari 
va tashqi ta’sirlar, ya’ni Prussiyaning zarbasi natijasida siyosiy inqirozga 
uchraydi. German davlatlari orasida obro‘sizlanadi. Monarxiyani 
kuchaytirish maqsadida 1867-yilda Avstriya parlamenti – Reyxsrat 
Avstriya-Vengriya monarxiyasini tashkil etish haqidagi bitimni 
tasdiqlaydi. Bitim Vengriya parlamenti (Seym) tomonidan ham 
tasdiqlanadi. Seym bir palatali bo‘lib, unda asosan dvoryan va yirik 
burjuaziya vakillari yig‘ilgan.  
Avstriya-Vengriya Leyta daryosi bilan ajralib turuvchi ikki qism – 
Sisleytaniya va Transleytaniyadan iborat bo‘ldi. Uning tepasida Avstriya 
imperatori turgan, u bir vaqtning o‘zida Vengriya qiroli unvonini ham 
olgan. Vengriya o‘z parlamenti va hukumatiga ega ɛʆɥɢɲ ԟɭԕɭԕɢɧɢ
oladi. Uchta umumiy ministrlik – tashqi ishlar, harbiy va dengiz hamda 
moliya ministrliklari ta’sis etilgan. 
Ittifoqning vujudga kelishi bilan Avstriyada liberal islohotlar 
 
o‘tkaziladi. Ittifoq boshqaruvida parlamentga nisbatan hukumatning roli 
katta bo‘lgan. Imperator favqulodda farmonlar chiqarish vakolatiga ega 
bo‘lib, ijroiya hokimiyati tepasida turgan va davlat boshlig‘i hisoblangan. 
Avstriya-Vengriya monarxiyasi ba’zi o‘zgarishlari bilan Birinchi jahon 
urushining oxirigacha saqlanib qolgan.  
Prussiyaning gegemonlik uchun kurashi va Shimoliy Germaniya 
ittifoqi. Prussiya Germaniyada ustunlik qilish uchun kurashni nemis 
davlatlarining yagona iqtisodiy makonini tashkil qilishda o‘z liderligi 
o‘rnatish bilan ancha ilgari boshlagan edi. Prussiya o‘z qirolligi 
miqyosida 1818-yilgi qonuni bilan dastlab bojxona chegaralarini bekor 
qilib barcha provinsiyalar bo‘yicha ko‘chib yurish erkinligini e’lon qiladi. 
Pruss tovarlariga homiylik qiladigan umumiy bojxona ta’rifi o‘rnatiladi.  
1819-yilda ushbu islohotlarni butun ittifoqqa tatbiq etish tashabbusi 
bilan chiqadi. Avstriya hukumati va uning izdoshlari esa inkor qiladi. 
1834-yilda Prussiya boshchiligida german davlatlarining bojxona ittifoqi 
tashkil etiladi. Unga 22 ta a’zo kirib, aholisi 23 mln. kishidan ortiq 
bo‘ladi.  


 205
Ittifoq iqtisodiy sohada rivojlanib, savdo va veksel huquqlari 
birxillashtiriladi. 1847-yilda Konferensiyada Umumgerman veksel ustavi 
qabul qilindi. Prussiyaning huquqiy sohadagi mavqei mustahkamlanib, 
qonunchilik sohasida faollashib boradi. U tomoni kodifikatsiya ishlari 
jadal olib boriladi. 
1860-yilda Umumgerman savdo qonunnomasining qabul qilinishi 
mislsiz voqea bo‘ladi. U mahalliy separistik kayfiyatlarga zarba berib, 
Germaniyaning yagona iqtisodiy va huquqiy makonini yaratishda 
Prussiyaning yetakchi rolini batamom mustahkamlaydi.  
XIX asrning 60-yillarida Prussiya oshkora harbiy yo‘l bilan 
Germaniyani birlashtirishga kirishadi. 1866-yilda Avstriya-Prussiya, 
Avstriya-Italiya urushlari bo‘lib o‘tadi. Napoleon III vositachiligida 
Avstriya-Prussiya o‘rtasida va u taklif etgan bitim (Praga, Nikolsburg 
yarash imzolanadi) imzolanadi. Natijada Prussiya kansleri Bismark bir 
qancha nemis davlatlari va erkin shahar Frankfurt-Maynni tugatib, o‘z 
hududiga qo‘shib oladi. Bir nechta kuchli nemis davlatlari bilan 5 yillik 
harbiy konvensiya tuziladi.  
Janubiy nemis davlatlari hududiy da’vogar Napoleon III ga qarshi va 
Bismarkka moyil bo‘lsa-da, betaraf qoladi. Shunday bo‘lsa-da, ular 
(Bavariya, Vyurtemberg, Baden, Gessen-Darmshtadtning bir qismi) ham 
Prussiya bilan harbiy va iqtisodiy jihatdan yaqindan bog‘langan. 
Natijada qattiq kurashlar davomida oldingi German ittifoqi buziladi. 
Avstriya umumgerman ishlarida ishtirok etishdan abadiy chetlashtiriladi. 
Bismark Prussiya boshchiligidagi yangi German ittifoqini tuzishga 
kirishdi. 
1866-yil 4-avgustda Bismark Prussiya nomidan shimoliy nemis 
davlatlariga murojaat etib, nemis davlatlari ittifoqini tuzishni taklif etadi. 
18 davlat va 3 ta erkin shahar (Gamburg, Bremen, Lyubek) ittifoq 
shartnomasini imzolaydi. Prussiyaning ilgari surgan loyihasi va 
Berlindagi muhokamadan so‘ng 1867-yilning boshida Konstitutsiya qabul 
qilinadi. Unga binoan Shimoliy German ittifoqi tuziladi. Unda prussiya 
hukmron mavqeni egallaydi.  
Ittifoqning aholisi 30 mln. ga yaqin bo‘lib, ittifoqqa kirmagan janubiy 
german davlatlarida 8 mln. ga yaqin aholi yashagan. 
Konstitutsiyaga ko‘ra Ittifoq Prezidenti lavozimi Prussiya qiroliga 
topshiriladi, qirol ittifoq kanslerini tayinlash va harbiy qo‘mondonlikni 
bajarish huquqiga ega bo‘ldi. U reyxstag va Ittifoq kengashini chaqirish 
va tarqatib yuborish uchun favqulodda huquqqa ega bo‘ladi. Qonunlarni 
tasdiqlash ham uning vakolatiga kirgan.   


 206
Ittifoq parlamenti – reyxstag bo‘lib, u vakillik organi sifatida 
saylangan. Barcha davlatlarning vakillaridan iborat Ittifoq kengashi joriy 
etilgan. Yagona ittifoq ministri faqat ittifoq kansleri hisoblanadi. Kansler 
reyxstag oldida emas, Ittifoq Prezidenti oldida javobgar edi. Qolgan 
boshqarma (ministrlik)lar stat-sekretarlar tomonidan boshqarilgan. 
Germaniyaning birlashtirilishi natijasida yagona ichki tartib qoidalar 
joriy etilgan. Bismark Germaniya nomi ostida Prussiya hukmronligini 
kuchaytirishga, nemis yerlarini prusslashtirishga harakat qilishi natijasida 
janubiy german davlatlarini qarshiligi yuzaga kelgan. Shu bilan birga, 
Fransiya ham German davlatlari tarqoqligini saqlash tarafdori bo‘lganligi 
sababli, Bismark undan o‘ch olishga harakat qiladi. Oqibatda 1871-yilda 
Fransiya-Prussiya urushi vujudga keladi va Fransiya yengilgan. 
Xuddi shu davr oralig‘ida janubiy german davlatlari (Badan, 
Bavariya, Vyurtenburg, Gessen-Darmshtadt) bilan Shimoliy German 
ittifoqi o‘rtasida «mudofaa shartnomalari» tuziladi. Ushbu 
shartnomalarning tuzilishining oqibati ularning yangi ittifoqqa – 1871-yil 
qayta tuzilgan Germaniya imperiyasiga kirishlariga huquqiy asos bo‘lib 
qoladi. Shu tariqa urush davrida Germaniyani birlashtirish oxiriga 
yetkazilgan. 
1871-yil 18-yanvarda Prussiya qiroli Versal saroyida Vilgelm I nomi 
bilan «German imperatori» deb e’lon qilinadi. Germaniya Prussiya 
gegemonligi ostida birlashtiriladi. Bundan keyingi davrda Germaniya 
siyosiy tuzumi tuzumida yangi normativ-huquqiy hujjatlar asosida 
muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilgan.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish