Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

DAVLATI VA HUQUQI 
1-§. AQSHning vujudga kelishi va uning mustaqillik  
Deklaratsiyasi 
AQSHning hozirgi hududida qadim vaqtlardan buyon indeyetslar va 
eskimoslar yashagan. Aynan Amerikaning qadimiy tub aholisi indeyetslar 
bo‘lgan. Ko‘pgina tarixchilarning fikricha, ularning ajdodlari bundan 
20–25 ming yil oldin Yaponiyaning Bering bo‘g‘ozi orqali Osiyodan 
ko‘chib borganlar. XI–XIV asrlarda Shimoliy Amerikaga asosan 
Grelandiyalik islandlar ahyon-ahyonda safar qilib turganlar. 1492-yilda 
Kolumb tomonidan Amerika kashf qilingach, oradan ko‘p o‘tmay, 
aniqrog‘i, XV asrdan bu qit’ani Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya 
davlatlari o‘zlarining mustamlakasiga aylantira boshladilar.  
Shimoliy Amerika yerlariga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq 
tura olmaydilar. Ular tomonidan doimiy mustamlakaga aylantirish 1607-
yildan, ya’ni Virginiya (qirolicha Yelizaveta ismidan) deb nomlangan 
mustamlaka barpo qilinganidan so‘ng boshlandi. Angliya XVIII asr 
o‘rtalarida o‘lkadagi asosiy raqiblarini surib chiqarib, qit’ada o‘zining 13 
ta mustamlakasini yaratadi. Bu mustamlakalarning har biri o‘z nomiga 
ega bo‘lsa-da, «Yangi Angliya» mustamlakalari, deb ham atalgan. Ingliz 
inqilobi boshlanishi natijasida u bilan mustamlakalar o‘rtasida aloqa 
zaiflashadi. Mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to‘la mustaqillikni 
saqlaganlari holda «Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari» degan 
nom ostida ittifoq tuzadilar. Natijada ular tizimida ko‘payish, qo‘shilib va 
ajralishlar kuzatiladi.  
Bu mustamlakalar geografik joylashishi va qishloq xo‘jaligi 
rivojlanishi nuqtai nazaridan shimoliymarkaziy  va janubiy  mustam-
lakalarga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligida shimolda mayda va o‘rta hol 
fermerlar hukmronlik qilgan. Markaziy mustamlakalarda yer mayda va 
o‘rta hol fermerlar bilan birga yirik yer egalari qo‘lida bo‘lgan. Janubda 
esa faqat yirik yer egalari hukmronlik qilgan. Qit’ada Angliya mustam-
lakasidan tashqari boshqa mamlakatlarning mustamlakasi ham mavjud 
bo‘lgan. 
Xo‘jalik ishlarida negr qullar va shaxsan ozod oq tanli yollanma 
ishchilar mehnatidan foydalanilgan. Jumladan, mustaqillik arafasida 


 214
Shimoliy Amerikaning 2,5 mln. aholisidan 500 mingga yaqini negrlar 
bo‘lib, ularning 90 % ga yaqini qullar edi. Qullarga «jonli invertar» deb 
qaralib, ular har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan. 
Qul egalari ularni o‘ldirishi, sotishi va qarzga berishi mumkin edi. 
Shimoliy Amerika mustamlakalarida feodalizm, quldorlik va 
majburiy mehnat elementlari qo‘shilib ketgan. Shuningdek, u o‘z vaqtida 
markaziy va janubiy mustamlakalarga nisbatan bir muncha taraqqiy 
etgan. 
Kichik ma’muriy hududiy birliklar – grafliklar ta’sis etilgan. Yerdan 
foydalanish «yirik yer egalari – mayda fermerlar – kichik yer egalari 
ko‘rinishida kechgan. 
Mustamlaka hududlarga oid umumiy ishlar Angliya parlamenti 
tomonidan qonun qabul qilish, qirol tomonidan Proklamatsiya (1763-yil, 
ko‘chish haqida) va hukumat tomonidan farmoyishlar chiqarish orqali 
tartibga solinib kelingan. 
Mustamlakalar sekinlik bilan bo‘lsa-da, iqtisodiy rivojlana bordi. 
To‘qimachilik ustaxonalari, tegirmonlar, temir va g‘isht zavodlari, 
kemasozlik korxonalari va boshqa korxonalar paydo bo‘ldi. XVIII asrda 
manfaktura ancha keng tarqaldi, sanoatda mashinalar qo‘llanila boshlandi. 
O‘z navbatida metropoliyalar bundan cho‘chigan va doimo qarshi 
turganlar. 
Britaniya mustamlakachilik boshqaruv tizimi XVII asrning oxirida 
shakllanadi. 13 ta mustamlakaning har biri o‘zining alohida tuzumiga ega 
va idora qilish shakliga ega edi. Ular o‘z huquqiy holati bo‘yicha uch 
guruhga bo‘lingan. Jumladan, 1) o‘zini o‘zi boshqaruvchi xartiyalariga 
ega, amalda o‘ziga xos respublikalar bo‘lib, ularning hududidagi barcha 
boshqarish organlari saylovlar yo‘li bilan tashkil qilingan; 2) xususiy 
egalikdagi mustamlakalar; 3) ko‘p sonli (8 ta) qirollik mustamlakalari. 
Qirollik mustamlakalari qirol tayinlaydigan gubernatorlar orqali 
boshqarilgan, shu bilan birga, ikki palatali qonun chiqarish majlislari ham 
tashkil qilingan. 
Umumiy boshqaruv masalasida ikki pog‘onalik boshqaruv – 
mustamlaka va metropoliya tizimi amal qilgan. 
Mustamlakalar umuman olganda ingliz qonunlariga muvofiq qirollik 
xartiyalarini chiqarish orqali boshqarilgan. Bu xartiyalarda metropoliyalar 
amal qiluvchi barcha demokratik huquq va erkinliklar belgilangan. 
Umuman olganda, mustamlakalardagi siyosiy-huquqiy muassasalar va 
qarashlar Angliya ta’siri ostida rivojlanadi. 


 215
Mustamlakalarda konstitutsiyashunoslikning tug‘ilishining eng 
boshidanoq dastlab, ikki bir-biriga qarama-qarshi tendensiya – demok-
ratiyaga qarshi reaksion va demokratik yo‘nalish yuzaga keladi. Shunga 
koloniyalarda demokratik va nodemokratik siyosiy tuzum amal qiladi.
Ingliz inqilobi mustamlakalarda ozodlik uchun kurashning 
boshlanishiga katta ta’sir etadi. Inqilob joylarda monarxiyani qo‘llab-
quvvatlovchi va unga qarshi harakatlarda ko‘rinadi.  
Keng xalq ommasining mustamlakachi ma’murlarga qarshi yer va 
siyosiy huquqlar uchun kurashi mustamlakalar yaratilgan vaqtdanoq 
boshlangan bo‘lib, tobora keskinlashib boradi. 
Angliya parlamenti tomonidan Angliya respublika deb e’lon qilinishi 
mustamlakalarni ham respublika deb e’lon qilinishiga va yana ayrim 
imtiyozlar bilan bo‘ysundirilishiga olib keldi. Bu 1650–1652-yillarda yuz 
beradi. 
Plantatorlar zulmiga qarshi 1676-yil Virginiyada, 1689 va 1766-yil 
Nyu-Yorkda, 1688–1689-yillar Bostonda, 1763-yil Pensilvaniya va 
Shimoliy va Janubiy Korolinada xalq harakatlari bo‘lib o‘tadi. Ularda 
fermerlar va hunarmandlar, ishchilar va oq tanli qullar katta rol o‘ynaydi. 
Biroq, bu qo‘zg‘olonlar to‘la muvaffaqiyatga erishmaydi. 
Bu davrda mustamlakalar boshqaruvi bo‘yicha ingliz manfaatini 
ko‘zlovchi Londonda loyiha ishlab chiqiladi. 1754-yilda chaqirilgan 
mustamlakalar vakillarining syezdida B. 
Franklin tomonidan taqdim 
etilgan loyiha asosida demokratik xarakterdagi yana bir loyiha ishlab 
chiqiladi. Angliya loyihasida gubernator vakolatini kuchaytirish, 
mustamlakalar loyihasida Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan 
Prezident lavozimini ta’sis etish g‘oyasi ilgari suriladi. 
Bu vaqtda obyektiv iqtisodiy sharoitlar tufayli yangi millat tarkib 
topmoqda edi. Buning omillari sifatida bir yarim asr davomida bir 
hududda yashash, milliy bozor va birlashish g‘oyalarining vujudga 
kelishi, deb qarash mumkin. 
Ishlab chiqarishning o‘sishi va mustamlakalarning rivojlanishi, 
qulchilik, majburiy mehnat, feodalizm va yer uchun, iqtisodiy mustaqillik 
va siyosiy birlik uchun kurashning to‘qnash kelishi inqilobni muqarrar 
qilib qo‘yadi. 
1763-yilgi farmonga binoan kolonistlar (zamindorlar)ga o‘zlariga 
qarashli deb hisoblashgan va Fransiyadan tortib olingan Allegan bilan 
Missisipi o‘rtasidagi yerlarni egallash va ishlash qirol tomonidan man 
etiladi. Natijada xartiya olgan kolonistlar va qirol hukumati o‘rtasida 
yuzaga kelgan kurash mustaqillik uchun kurashning boshlanib ketishiga 


 216
olib keladi. Xuddi shu davrda 7 yillik urush hukm suradi. Bir so‘z bilan 
aytganda, mustaqillik tarafdorlari va mustamlakachilar o‘rtasida keskin 
siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarda yaqqol ko‘zga 
tashlanuvchi kurash kechadi. 
Mustamlakalarda yashirin va oshkora tashkilotlar, kulblar va 
uyushmalar vujudga keladi. Burjuaziya va intelligensiyaning bir qismi 
orasidan kurashning inqilobiy usulini yoqlab chiqqan Tomas Jefferson, 
Semyuel Adams va boshqalar ko‘zga tashlanib turgan. Inqilob 
qatnashchilari inqilobiy tarafdorlari bo‘lgan so‘llar va qirol siyosatining 
tarafdori bo‘lgan o‘nglar – loyalistlarga ajralib ketgan.  
Angliya tomonidan 1765-yilgi «Qo‘shinlarni joylashtirish», 1767-
yilgi «Bojxona poshlinasi», 1774-yilgi «Qo‘shinlarni joylashtirish» va 
shu yilgi 26 iyundagi «Kvebek qonuni» (yerni tortib olishga qaratilgan) 
kabi qat’iy tartibni o‘rnatishga qaratilgan qonunlarning qabul qilinishi 
inqilobiy kayfiyatni kuchaytirib yuboradi va xalqni mustaqillik uchun 
urushga chorlaydi. 
1774-yil 5-sentabrda mustamlakalar aholisi Angliyaga qarshi kurash 
choralarini ishlab chiqish uchun o‘z vakillarini birinchi qit’a Kongressiga 
yuboradi. Kongress Angliya qirolidan mustamlakalar manfaatini 
buzadigan qonunlarning bekor qilinishini talab qildi va ingliz tovarlariga 
«boyqot» e’lon qildi. 
1775-yil 19-aprelda Boston shahri yaqinida qurol-yarog‘ omborlarini 
bosib olishga harakat qilgan Angliya askarlari kolonistlar tomonidan tor-
mor keltiriladi. Bu kun mustaqillik uchun urushning boshlanishi bo‘ldi. 
Bu davrga qadar inqilobiy omma kongressni – oliy hokimiyat, deb 
bilgan. Biroq kongress uzoq vaqtgacha ta’sis majlisi rolini bajarishdan 
o‘zini tortib kelardi. Bu vaqtga kelib esa, Kongress – qo‘zg‘olon 
ko‘targan mustamlakachilarning hukumati, markaziy inqilobiy organi 
bo‘lib qoladi. 
Kongress tomonidan doimiy armiya tuzish haqida qaror qabul qilinib, 
Jorj Vashingiton oliy bosh qo‘mondon etib saylanadi. Shuningdek, 
Angliya qiroliga petitsiya yuboradi. Unda qirolga sadoqat, barcha 
masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish va ingliz xalqiga murojaat o‘z aksini 
topadi. Angliya hukumati petitsiyani rad etadi va qarshi holat e’lon qiladi. 
Natijada, mustamlaka hududlar ta’sis organi sifatida «Konvent» 
tuzadigan va u tomonidan Virginiya huquqlari deklaratsiyasi ma’qulla-
nadi. Bu deklaratsiya amerika konstitutsiyashunosligi tarixidagi muhim 
hujjatlardan biri hisoblanadi. U inson huquqlari haqidagi birinchi 
deklaratsiya edi. Deklaratsiyaning 3-moddasida hukumat agar xalqning 


 217
manfaatlariga javob bermasa, xalq uni o‘zgartirish, ag‘darib tashlash 
huquqi mustahkamlangan edi. 
 III qit’a kongressi 1776-yil 4-iyulda demokrat Tomas Jefferson 
tomonidan yozilgan Shimoliy Amerika mustamlakalarining mustaqilligi 
to‘g‘risidagi Deklaratsiyani tasdiqladi. 
Mustaqillik deklaratsiyasida yangi davlat – Amerika Qo‘shma 
Shtatlari tuzilganligi e’lon qilindi. Unda Angliyadan to‘la ajralib 
chiqilganligi asoslab berilgan.  
Deklaratsiya yangi, mustaqil, progressiv davlat tashkil topganligini 
rasmiylashtirdi. Shu bilan birga, deklaratsiya loyihasidan plantator-
quldorlarning tayziqi ostida qullikni va qul savdosini qoralovchi modda 
olib tashlanadi va indeyetslar va qullar huquqlari haqida hech narsa 
deyilmaydi. 
I qit’a kongressi qarori bilan 1772-yilda ingliz tovarlariga qo‘yilgan 
taqiqni kuzatib borish uchun korrespondent komitetlari tuzilib, ularga 
bo‘ysunuvchi maxsus komitetlar tashkil etiladi. Ular dastlab nazorat
so‘ngra xavfsizlik komitetlari deb ataladi. 
1774-yilda Nyu-York, Pensilvaniya va Jorjiyadan tashqari barcha 
mustamlakalarda viloyat kongresslari tashkil etiladi. Ular chaqirilish 
tartibida ish yuritgan. Ular qonun chiqaruvchi inqilobiy organ bo‘lib 
qoladi. Ijroiya hokimiyat esa xavfsizlik komitetlari qo‘lida qoladi.  
Shuni ta’kidlash kerakki, 1774-yilning sentabrida Shimoliy Amerika-
dagi Angliya mustamlakalarining hukmron doiralari vakillaridan iborat I 
qit’a kongressi, 1775-yil 10-mayda 2-qit’a kongressi chaqiriladi. Shunday 
qilib, mustaqillik e’lon qilinishiga qadar qonuniylashtirilmagan mahalliy 
va qit’a organlari tizimi shakllanadi. Bu yangi davlat apparatida 
savdogarlar, yirik yer egalari va sanoatchilar siyosiy hukmronlikni o‘z 
qo‘llariga olgan edilar. 
1774-yil Massachusetsda militsiya, 1775-yil Virginiyada mudofaa 
komitetlari tuzilib, bu ishlar boshqa mustamlakalarda ham amalga 
oshiriladi. 1775-yilda umumqit’a milliy armiyasi tuziladi. U dastlab 
ko‘ngillilardan iborat holda tashkil etilib, keyin doimiy armiyaga 
aylantirilgan edi. 
Mustaqillik e’lon qilinganidan keyin har bir mustamlaka alohida 
mustaqil davlat (shtat) bo‘lib qoldi. 1776–1780-yillar davomida ularning 
ko‘pchiligi o‘z konstitutsiyalarini qabul qilgan. Barcha konstitutsiyalar 
Huquqlar deklaratsiyasi yoki Huquqlar to‘g‘risidagi bill bilan boshlanadi. 
Shtatlarda xalq suvereniteti e’lon qilingan bo‘lsa ham, katta mulk 
senzi, o‘troqlik senzi va boshqa cheklashlar belgilangan. 


 218
Konstitutsiyalarning hammasi hokimiyatlarning taqsimlanishi 
prinsipidan kelib chiqqan. Deyarli barcha shtatlarda (2 ta shtatdan 
tashqari) parlamentning roli kuchaytirilib, ijroiya hokimiyatning mavqei 
pasaytirilgan. Sudyalar qonun chiqaruvchi majlislar tomonidan tayinlan-
gan va mustaqil deb e’lon qilingan. 
Shtatlarda boshqaruvning respublika shakli o‘rnatilib, qonun 
chiqarish organlari asosan ikki palatali parlamentlardan iborat bo‘lgan. 
Quyi palatalar umumiy saylov asosida tashkil qilinardi. Yuqori palatalar 
esa (senatorlar) esa katta mulk egalari vakillaridan tayinlangan. Faqat 
Pensilvaniya shtatida bir palatali qonun chiqarish organi tuzilgan edi.  
Ijroiya hokimiyati (hukumat) shtatlarda tayinlanadigan gubernatorlar 
tomonidan amalga oshirilar, Pensilvaniyada Prezident boshchiligidagi 
kengashga tegishli edi. 
AQSHning 1781-yilgi «konfederatsiya moddalari» aslida AQSHning 
birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. U mustaqillik deklaratsiyasini tuzish 
davrida «birlashgan mustamlakalar» konstitutsiyasi loyihasini tuzuvchi 
komissiya tomonidan ishlab chiqilgan. Bu komissiya 1776-yil 12-iyulda 
qit’a kongressiga ushbu loyihani taqdim etadi. Kongress uni 1777-yilda 
tasdiqlaydi. Bu Konstitutsiya loyihasi barcha shtatlarning qonun chiqarish 
organlari tomonidan tasdiqlangandan keyin 1781-yil 1-martda kuchga 
kiradi. Unga muvofiq qo‘shma shtatlar ittifoqdosh davlat emas, davlatlar 
(shtatlar) ittifoqi (konfederatsiya) deb ataldi. U shtatlar o‘rtasidagi abadiy 
ittifoq tuzilganligini yuridik rasmiylashtiradi. 
Konstitutsiyaning 2-moddasiga ko‘ra, ayrim shtatlar o‘z suvereni-
tetini va mustaqil hokimiyatini saqlab qoladi. 6-moddasida aytilishicha, 
har bir shtat 1) o‘z armiyasi va flotiga ega bo‘ladi; 2)  tashqi hujum 
bo‘lgan taqdirda urush boshlashi mumkin; 3) umumkonfederatsiya oliy 
organi roziligi bilan elchilar yuborish va qabul qilish, o‘zaro shartnoma va 
ittifoq tuzish huquqiga egadir. 
Umumkonfederatsiya ishlariga rahbarlik qilish uchun kongress 
tashkil qilinadi. Kongress bir palatali bo‘lib, ayrim shtatlarning qonun 
chiqarish organlari tomonidan tayinlanadi. Unda shtatlarning vakillari 
bittadan ovozga ega bo‘ladi. Kongress sessiyalari o‘rtasidagi oraliq 
davrda har bir shtatning (konfederatsiya a’zosining) bittadan vakili 
(delegati) tarkibida «shtatlar komiteti» tuziladi. 
Konfedratsiya kongressi urush va tinchlik masalalarini hal qilish
tashqi ishlar va ichki umumiy holatlarni belgilash, umumiy boshqaruvni 
olib borish, a’zolar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib turish, 
muzokaralar olib borish vakolatlariga ega bo‘ladi. Biroq u o‘ta muhim 


 219
vakolatlarni amalga oshirishi uchun kamida 9 ta konfedratsiya a’zosining 
roziligi talab qilingan. Kongressga soliqlarni belgilash va yig‘ish, 
a’zolarning ichki ishlariga aralashish huquqi berilmagan. Uning qarorlari 
shtatlarning 2/3 qismi tomonidan ma’qullansa kuchga kirgan. Bu qarorlar 
ayrim shtatlarning ijroiya organlari tomonidan amalga oshirilishi kerak 
edi. Binobarin, Kongress o‘z mablag‘iga ham ega bo‘lmagan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish