240
Muxtoriyatning Oliy organi – Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi; 2) Ta’sis
majlisiga saylovning o‘ziga xos (proporsional) alohida tizimini yo‘lga
qo‘yish; 3) Muxtoriyatning oliy organlariga Rossiya vakillari va aksincha,
Rossiya oliy organlariga muxtoriyat vakillaridan kiritish hamda Turkiston
Muxtoriyati qonunlari Rossiya Federatsiyasi qonunlari hamda shariat
normalari asosida qabul qilinishi taklif etilgan; 4) Turkiston Muxtoriyati
o‘zining qurolli kuchlari, militsiyasi, prokuraturasiga ega bo‘lishi, qarshi
tashqi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘z o‘zidan Rossiya harbiy
qo‘mondonligi ixtiyoriga o‘tish va boshq.
Xalq komissarlari sovetining butun hokimiyatini
Turkiston muvaqqat
hukumati qo‘liga to‘laligicha topshirish talabi o‘lkada yakka hokimiyat
o‘rnatmoqchi bo‘lgan bolsheviklarni jiddiy sarosimaga solib qo‘ydi. Shu
boisdan ular Turkiston muxtoriyatini yo‘q qilish maqsadida harbiy
tajovuzni ishga solishga qaror qildi.
O‘zbek xalqining mustaqillik uchun kurash tarixida 1918-yildan
1930-yillarning boshlarigacha davom etgan milliy ozodlik harakati
alohida o‘rin tutadi. Mazkur harakat jarayonida qator hujjatlar qabul
qilingan bo‘lib, bular orasida 1922-yilning 15–20 aprelida milliy-ozodlik
harakati vakillari ishtirokida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston
musulmonlarining II qurultoyi tomonidan tasdiqlangan 36 moddadan
iborat bo‘lajak mustaqil Turkiston Respublikasining vaqtinchalik
Konstitutsiyasi – Nizomnoma katta e’tiborga molikdir.
Undagi bosh masala – bu o‘lkada bolsheviklar hukmronligiga barham
berilganidan so‘ng mustaqil Turk Islom Respublikasini tashkil qilish
bo‘lgan. Nizomnomaning umumiy mazmunidan kelib chiqib shuni qayd
etish joizki, bu davlat boshqaruv shakliga ko‘ra prezidentlik, davlat
tuzilish shakli bo‘yicha unitar, siyosiy rejim nuqtai nazaridan demokratik
respublika bo‘lishi kerak edi. Mafkura sohasida esa bu respublikada islom
dini hukmronlik mavqeini egallashi ko‘zda tutilgan (shu davrdagi rasmiy
ma’lumotlarga ko‘ra Turkiston aholisining 95 foizini musulmonlar tashkil
qilgan). Diniy tolerantlik aks ettirilgan.
Nizomnomada Turkistonda yashovchi barcha xalqlarning nufuzi, dini
va mazhabidan qat’i nazar ularning milliy va diniy urf-odatlari,
marosimlari, an’analarini amalga oshirish va ularga rioya qilish, milliy
madaniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida bilim olishi uchun sharoit
yaratilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, unda 15 kishidan iborat Muvaqqat
hukumat – Vazirlar Mahkamasini tashkil qilishga e’tibor berilgan.
Hukumatga qurultoy tomonidan saylanadigan prezident
boshchilik qilishi
belgilangan. Qurultoy tomonidan prezident, vitse-prezident va davlat
241
kotibidan iborat tarkibda ijroiya qo‘mitasi tashkil qilinishi ham
mustahkamlangan.
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va O‘sh okruglarining
harbiy komissarlarini, mudofaa, ichki ishlar, tashqi ishlar, pochta va
telegraf, adliya,
madaniyat, moliya, transport vazirlarining tayinlanishi
ko‘rsatilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan ushbu davlat organlari va mansabdor shaxslar
o‘z faoliyatini Turkistonda bolsheviklar hukmronligiga barham
berilgandan so‘ng chaqiriladigan navbatdagi qurultoygacha amalga
oshirishlari ko‘zda tutiladi.
Nizomnomada qayd qilinishicha, navbatdagi qurultoy vakillari 18
yoshga to‘lgan fuqarolar tomonidan demokratik saylovlar asosida
saylanadi. Vakillarning umumiy soni 5000 ta bo‘lib, Turkistonda istiqo-
mat qiluvchi barcha xalqlarning vakillari ularning soniga
mutanosib holda
saylanishi kerak. Qurultoy muvaqqat hukumat tomonidan chiqarilgan
hujjatlarni, hukumat a’zolarini va boshqa mansabdor shaxslarni uzil-kesil
tasdiqlaydi, yerdan foydalanish va boshqa respublika hayoti bilan bog‘liq
muhim masalalarni muhokama qiladi va hal etadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, ushbu
Nizomnoma o‘lkadagi milliy-ozodlik kurashi tarixida qabul qilingan
muhim hujjatlardan biri bo‘lib, unda kelajakda tashkil etilishi lozim
bo‘lgan Mustaqil Turkiston Respublikasining siyosiy, madaniy, iqtisodiy
va huquqiy hayotining asosiy qoidalari o‘z aksini topgan. Jamiyatni
demokratik asosda qayta qurishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib
berilgan. Kun tartibidagi vazifalar o‘lka xalqlari ko‘pchiligining o‘sha
davrdagi xohish-istagiga, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlariga mos kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: