255
armiya kuchi bilan amalga oshirilgan. Buxoro
va Xivada davlat
to‘ntarishlari Butunrossiya MIQ komissiyasi va RSFSR XKSning
Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tuzilgan reja orqali
qilingan.
1920-yil 13-sentabrda RSFSR va XXSR o‘rtasida 24 ta moddadan
iborat ittifoq shartnomasi va 15 ta moddadan iborat harbiy-siyosiy bitim
tuziladi. Ittifoq shartnomasiga binoan XXSRning mustaqil va daxlsiz
suveren davlat ekanligi tan olinadi. Biroq amalda boshqaruv RSFSRning
Xivadagi muxtor vakillari qo‘lida bo‘lib, o‘lkani mustamlaka holatda
qoldirishga harakat qilingan.
Yangi vujudga kelgan davlatlar o‘z Asosiy qonunlarini
qabul qila
boshlaydilar. Birinchi Umumxorazm qurultoyi 1920-yilning 26-aprelida
yig‘ildi. 30 aprelda I ta’sis qurultoyida birinchi konstitutsiya qabul qilindi.
Konstitutsiyada Xiva xalqi tashqi tutqinlikdan ozod bo‘lib,
mustaqillikka erishganligi, bundan buyon ozod hayot kechirishga intilishi,
Xivada sanoat taraqqiy etmaganligi uchun xalq orasida sinfiy kurash ham
rivojlanmaganligi, yangi davlat kambag‘al ko‘pchilikning, hamda
musulmon va nomusulmon aholiniing manfaatini himoya qilishi
ko‘rsatilgan.
Davlat oliy hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy organlarni
tashkil qilish tartibi, ularning tuzilishi va vakolatlari belgilangan.
Oliy hokimiyat organi Umumxorazm xalq vakillari qurultoyi etib
belgilanadi. Respublikani boshqarishni qurultoy tomonidan saylab
qo‘yiladigan va uning oldida javob beradigan 15 nafar a’zodan
iborat
Xalq Nozirlar Kengashi amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. Xalq nozirlar
kengashi rais va uning o‘rinbosari, ikki kotib hamda harbiy ishlar, adliya,
iqtisodiy ishlar, nazorat, dehqonchilik, moliya, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy
ta’minot, maorif va tashqi ishlar nozirlari tuzilishi ko‘zda tutilgan.
Mahalliy boshqaruv aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan rayon
sovetlari (sho‘ro)ga tegishli bo‘lgan.
Konstitutsiyada Xorazm respublikasining mudofaasini
tashkil qilish,
vaqf ishlari, xorijiy fuqarolarning huquqiy holati, aktiv va passiv saylov
huquqlari, saylov huquqidan mahrum qilingan shaxslar, saylov tartibi,
iqtisodiy siyosat to‘g‘risidagi, xon va xon avlodlarining mulki to‘g‘risi-
dagi, respublikaning bayrog‘i va gerbi masalalari mustahkamlangan.
II Umumxorazm xalq vakillari qurultoyi 1921-yilning may oyida
Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritdi. Saylov tartibi
konkretlashtirilib, Umumxorazm qurultoyiga
vakillar saylashda, 400
mahalliy aholidan bir deputat va 100 nafar qizil askarlardan bir deputat
hisobida belgilandi.
256
Yangi konstitutsiyada qurultoylar orasidagi davrda Xorazm MIQ oliy
hokimiyat organi deb e’lon qilindi. Xorazm MIQning doimiy ish organi,
rais boshqaradigan va yetti kishidan iborat bo‘lgan Rayosat hisoblangan.
MIQ raisi o‘z navbatida Respublika Prezidenti deb atalgan. Oliy ijroiya-
farmoyish beruvchi idora qilib XXSR Nozirlar kengashi belgilangan.
Umumxorazm (Butunxorazm sovetlari) III qurultoyi 1922-yilning
iyul oyida konstitutsiyaga to‘ldirishlar va o‘zgarishlar kiritdi. Unda inson
huquq va erkinliklariga oid qoidalar aniqlashtirildi.
Oldingi Xorazm
konstitutsiyalaridan farqli ravishda bunda qurultoy va Xorazm MIQning
vakolatlari mustahkamlangan.
Umumxorazm qurultoyi va MIQ vakolatlariga barcha ichki va tashqi
masalalar kirishi belgilab qo‘yilgan. Umumxorazm qurultoyining mutloq
vakolatiga Xorazm konstitutsiyasini qabul qilish, unga to‘ldirish va
o‘zgartirish
kiritish, tinchlik shartnomalarini ratifikatsiya qilish masalalari
kiritilgan.
1923-yilning 20-oktabrida Butunxorazm Sovetlarining IV qurultoyi
yangi konstitutsiya qabul qildi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
nomini o‘zgartirib, Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi deb
e’lon qildi. Yangi Konstitutsiyada fuqarolar huquq
va erkinliklari
kengaytirilgan, xususiy mulk huquqi bekor qilingan. Mulkdorlar,
ruhoniylar va aksinqilobiy kuchlar saylov huquqidan mahrum etilgan.
Davlat organlari tizimiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmay, ularning
vakolatlari kengaytirilgan va aniqlashtirilgan.
Shunday qilib, Xorazm XSR Konstitutsiyalarida Rossiya
hukumatining
qarshiliklariga qaramay, bugungi kunda ham dolzarb
bo‘lgan mamlakat mustaqilligini saqlash, xalqning haq-huquqlarini
himoya qilish, tinch-totuv yashash, bozor munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilgan normalar mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: