Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɦɭɫɬɚԕɢɥɥɢɤɤɚ ɷɪɢɲɢɲ ɨɫɬɨɧɚɫɢɞɚ. – Ɍ.,
2011. – Ȼ. 147.
274
ton SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir»
1
. Shu
bilan birga inson, uning huquq va ehtiyojlari, xalqni ma’naviy
yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilga erishtirish Prezident
faoliyatining markazida turadi.
O‘zbekistonda ilg‘or demokratik tamoyillar asosida qaror
toptiriladigan davlatchilikning tamal toshi qo‘yilishidagi tarixiy muhim
qadam «Mustaqillik Deklaratsiyasi» bo‘ldi. 1990-yil 20-iyun kuni XII
chaqiriq Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi mazkur parlament majlisi
arafasida 40
dan ziyod deputat, doimiy komissiyalarning raislari,
huquqshunoslar tayyorlagan deklaratsiya matnini ko‘rib, uni moddama-
modda muhokama qilib, bir ovozdan O‘zbekistonning Mustaqillik
Deklaratsiyasini qabul qildi. Muhim tarixiy ahamiyatga molik mazkur
hujjatning kirish qismida quyidagi olijanob so‘zlar yozilgan:
«O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek
xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy
an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini
ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun
tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini
e’lon qiladi».
Shuningdek, uning birinchi moddasida: «O‘zbekiston SSRning
demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha
tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho
hokimligidir», – deb belgilab qo‘yildi.
Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekistonning
tamomila yangi konstitutsiyasini tayyorlashga turtki bo‘ldi. Aynan Oliy
Sovetning ushbu ikkinchi sessiyasida mustaqillik g‘oyalari va
tamoyillariga tayangan holda davlatimizning yangi konstitutsiyasi ishlab
chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident Islom
Karimov raisligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiyani tuzish
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq O‘zbekistonda konstitutsiyaviy
ahamiyatga molik islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishidan
ancha avvalroq boshlangan edi. Ma’lumki, 1990-yil 24-martida
O‘zbekiston Prezidenti lavozimi ta’sis etilishi ana shunday islohotlarning
dastlabkisi edi. Prezidentlik boshqaruvining ta’sis etilishi «sovetlar»
hukmron bo‘lgan davlat boshqaruv shakliga barham berib, amalda
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɲɚ ɚɫɚɪ. – Ȼ. 150–156.
275
davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga o‘tishini anglatardi.
Prezidentlik institutining kiritilishi davlat hokimiyati vakolatlarining
yangicha taqsimlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiya-
boshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi. Jumladan, 1990-yil 1-
noyabrda «O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining
tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi
(Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati
bilan Respublika Ministrlar Soveti birlashtirilib, O‘zbekiston Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Ijroiya hokimiyat
Prezident qo‘lida mujassamlashdi. U ham hukumat rahbari, ham davlat
boshlig‘i bo‘lib qoldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda
ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta’sis etishdan
iborat bo‘ldi.
Ayni vaqtda, 90-yillarning boshlarida Sobiq Markazni saqlab qolish,
uning mavqeini kuchaytirish yo‘lidagi harakatlar davom ettirildi. Totalitar
tuzum tarafdorlari jon-jahdlari bilan talvasali urinishlar qildilar. Xususan,
1991-yil 19–21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishini amalga
oshirishga harakat qilib ko‘rildi. To‘ntarishni uyushtirgan shaxslar
mamlakatda boshboshdoqlik va parokandalik avjiga chiqqan paytdan
foydalanib qolmoqchi bo‘lishdi. Ular markazda hokimiyatni qo‘lga olib,
Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP)ni tashkil etdilar. O‘sha
davrdagi SSSR hududida g‘ayrikonstitutsiyaviy siyosat yurita boshladilar.
O‘zbekiston rahbariyati bunday g‘alamislik niyatlariga yon bermadi.
20 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma
majlis bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li
o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
Yuzaga kelgan vaziyatni aniq baholab, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 1991-yil 25-avgustda «Ichki ishlar vazirligi va Davlat
xavfsizligi komitetini O‘zbekiston SSR yurisdiksiyasiga olish to‘g‘ri-
sida»gi va 1991-yil 29-avgustdagi «KPSSning O‘zbekiston SSR
hududidagi mulki to‘g‘risida»gi farmonlarni chiqardi. Shunday sharoitda,
ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora
taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa,
har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy
vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
276
Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va
unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi.
Chunki har bir jumhuriyatning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi
ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun
haqiqiy mustaqillik yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlanishi, har bir
jumhuriyat so‘zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo‘lishi lozim
edi.
Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, respublika Oliy Kengashining XII
chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini
boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur
sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlash lozim.
Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi
hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi
masalalar kun tartibiga qo‘yildi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
navbatdan tashqari VI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» e’lon qilindi. «O‘zbe-
kiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»
qaror va «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Bayonot orqali Oliy Kengash O‘zbekistonning davlat mustaqilligini
va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini
e’lon qildi. Davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi deb O‘zbekiston
Respublikasining ozod mustaqil xalqi tan olindi. Davlat hokimiyatini ham
bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshirishi
mustahkamlandi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, «O‘zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta siyosiy va
tarixiy ahamiyatga ega. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy
holati tubdan o‘zgardi. U 17 ta moddadan iborat bo‘lib, davlat
suverenitetining asosiy belgilari mustahkamlandi. Jumladan, qonunning
dastlabki moddasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqil demokratik
respublika deb e’lon qilindi. Xalq suveren va davlat hokimiyatining
birdan bir manbai ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat
hokimiyatiga ega ekanligi, o‘z milliy davlat va ma’muriy hududiy
tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilashi,
mustaqil tashqi siyosat olib borishi, respublika fuqaroligi joriy tashkil
etilishi, o‘z davlat ramzlariga ega bo‘lishi, o‘z moddiy va tabiiy
boyliklarini o‘zi erkin tasarruf etishi, mustaqil pul-kredit tizimiga ega
277
bo‘lishi kabilar qonunlashtirildi. 1991-yil 30-sentabrda parlament qarori
bilan ushbu qonunga «Konstitutsiyaviy qonun» maqomi berildi.
Mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki davrlaridan boshlab davlat
boshqaruv organlari tizimi shakllantirildi, shu maqsadda mustaqil davlat
organlarini vujudga keltiruvchi farmonlar qabul qilindi. Jumladan,
«O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risi-
da»gi farmon o‘ta muhim qadam bo‘ldi. 1991-yil 26-sentabrda Prezident
farmoni asosida O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi ittifoq-respublika
komiteti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
tuzildi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy bankini tashkil etish to‘g‘risida», Oltin, olmos va boshqa
nodir metallarni chetga chiqarilmasdan respublikaning o‘zida qoldirish va
ularning zaxiralarini tashkil etish to‘g‘risida, shuningdek, «O‘zbekiston
Respublikasining Bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi (1991-
yil 25-oktabr) farmonlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmon bilan bu
vazirlikning ittifoq-respublika maqomi tugatilib, mustaqil davlatimizning
alohida Adliya vazirligiga aylantirildi. Unga mamlakatda huquqiy
siyosatni shakllantirish va uni o‘tkazishda davlat organlarining faoliyatini
muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi. «O‘zbekiston Milliy aviakompa-
niyasini tashkil qilish to‘g‘risida» (1992-yil 28-yanvar), «O‘zbekiston
Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida»gi farmon bilan Prokura-
tura ham faqat respublikaga bo‘ysunuvchi mustaqil idoraga aylantirildi.
1992-yil 28-fevral farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan chegara qo‘shinlarining bo‘linmalar, harbiy qismlar
hamda harbiy o‘quv yurtlari, havo hujumidan mudofaa harbiy qismlari,
kimyoviy qo‘shinlarning harbiy qismlari tegishli farmonlar bilan
O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazildi. Ular mamlakatimizning davlat
suverenitetini himoya qilish, davlat chegaralarini qo‘riqlash va mudofaani
ta’minlash ishlariga safarbar etildilar. «O‘zbekiston paxtani qayta ishlash
va paxta mahsulotini sotish davlat aksionerlik assotsiatsiyasini tashkil
etish to‘g‘risida»gi (1992-yil 7-noyabr) va boshqa farmonlar fikrimizning
yorqin dalilidir
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |