272
Boshqa mamlakatlar va davlatlar singari O‘zbekiston ham o‘zining
bir necha ming yillik qadimiy hamda mustaqillik bilan bog‘liq
zamonaviy
tarixiga ega. Har bir davlatning o‘z tarixi bo‘lgani singari
O‘zbekistonning ham o‘z tarixi, qaror topish ibtidosi hamda shakllanish
bosqichlari bor. Respublikamizning mustaqillik davridan boshlanuvchi
tarixini o‘rganishga oid ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi holda uni
1989-yildan boshlab o‘rganish kerakligi ta’kidlansa, ikkinchi yonda-
shuvda – 1991-yil sentabrdan boshlab o‘rganish lozimligi to‘g‘risidagi
fikr ilgari suriladi. Har ikki yondashuv ham o‘sha davrdagi istiqlolga
intilish va erishish bilan bog‘liq islohotlar,
qabul qilingan siyosiy va
konstitutsiyaviy qarorlar mohiyatiga tayanadi. Ayni vaqtda, har ikki holda
ham O‘zbekiston davlati va huquqi bir-biriga uzviy bog‘liq tarzda bir
tarixiy sharoitda hamda davrda shakllanishi e’tirof etiladi.
Mustaqil taraqqiyot yillarida – tarixan qisqa bir davrda – O‘zbekiston
yangi demokratik davlatchilikni barpo etish va insonparvar huquqiy
tizimni qaror toptirish borasida ulkan marralarni qo‘lga kiritdi. Buning
natijasida mamlakatimiz qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda… Erishilgan bunday
marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq
demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning
manfaatlari, huquq va
erkinliklari amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida
obro‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga
qo‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir
qismidir
1
.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishning yuqorida ta’kidlangan birinchi
yondashuviga ko‘ra, uni 1989-yildan boshlash lozim degan fikrda ma’lum
ma’no bor. Darhaqiqat, 1980-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada
iqtisodiy va siyosiy suverenitetni qo‘lga kiritishga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar ko‘rildi
2
.
O‘zbekiston Oliy Sovetining XI chaqiriq oxirgi
sessiyasida
«O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti… amalga oshirilayotgan siyosiy
sistema islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni
1
Qarang:
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ
ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ.
– Ɍ., 2010. – Ȼ. 5–6.
2
Qarang: Ɇɭɫɬɚԕɢɥ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɬɚɪɢɯɢ // Ɍɭɡɭɜɱɢɥɚɪ: ɇ. ɀʆɪɚɟɜ,
Ɍ. Ɏɚɣɡɭɥɥɚɟɜ. – Ɍ., 2000. – Ȼ. 27.
273
hisobga olgan holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirish-
ning asosiy yo‘llarini belgilasin», degan qaror qabul qilindi
1
.
1990-yil 23-martida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti-
ning Plenumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning siyosiy suvereniteti
masalalariga oid muammolarini tahlil etish va tegishli konsepsiya ishlab
chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur anjumanda
respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi, unda Islom
Karimov real hokimiyat O‘zbekiston Kompartiyasidan barcha darajadagi
xalq deputatlari kengashlariga, ya’ni davlat
hokimiyati idoralariga
berilishi lozimligini ta’kidlab, shunday dedi: «… Bugun yuzaga kelgan
vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim
ahamiyat kasb etmoqda». «Binobarin, eng muhimi shundan iboratki,
Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va
davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi.
Chunki bu shunchaki emas, balki haqiqiy davlatchilik hokimiyatining
bunday tuzilmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega»
2
.
Mazkur holatdan kelib chiqib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq
O‘zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi mamlakatimiz tarixida ilk
marotaba Prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston
SSR Prezidenti etib sayladi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis
etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash
borasida qo‘yilgan dastlabki qadam edi.
Demokratik davlat barpo etish jarayonida prezidentlik institutining
joriy etilishining ahamiyati
xususida fikr yuritib, I.A. Karimov quyidagi
mulohazalarni bildirdi: Prezident zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat: «1. O‘zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini
mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy
mazmun bilan boyitish… 2. Prezident boshqaruvining muhim vazifalari-
dan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga
va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga erishish… 3. Mehnatkashlarning,
aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab-
ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish –
Respublikaning davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, O‘zbekis-
1
Qarang: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɋɋɊ Ɉɥɢɣ Ʉɟɧɝɚɲɢɧɢɧɝ ɦɚɠɥɢɫɥɚɪɢ. ɋɟɧɬɹɛɪɶ
ԟɢɫɨɛɨɬɢ. 1989 ɣ.
2
Do'stlaringiz bilan baham: