Chortoq tuman xalq ta’limi muassaalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 22-umumiy o`rta ta’lim maktabida 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o`tkazilgan ”Qadri baland ustozim…” mavzusidagi bayram ssenariysi.
boshlovchi:
Iforin taratgan rayhon gullardan,
Poyingizga gullar to`shasam ham kam.
Butun dunyo ahli yig`ilib shu dam,
Saroylar qursak kam tillolardan ham.
boshlovshi:
Mehr nuri yog`ar doim,
Yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman shu tabarruk,
Izingizdan ustozlar!
boshlovchi:
Asalomu alaykum bayram dasturimizning ishtirokchilari! Barchamizga ma’lumki 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni.Bu kun
barchamiz uchun ardoqli bo`lgan ustozlarimzning qalblarida shukronalik tuyg`ulari. Shunday ekan, barcha ustoz va murabbiylarimizni shodiyona kunlari bilan samimiy qutlaymiz.
boshlovchi:
Sharafli va mashaqqatli kasblarini fidoiylari bo`lish va ardoqlashlari yo`lida ulkan zafarlar tilaymiz. Hamda bayram dasturimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
boshlovchi:
Ustozlarni qutlash uchun so`z navbatini maktab ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Samadjon Mamatvaliyevga bersak.Marhamat!
boshlovchi:
Dunyoning ustuni qaddi bir qo`rg`on,
Onadek mo`tabar aziz bir inson.
Munavvar siz ila dunyo-yu jahon,
Qo`lim bu kun ko`ksimda aylayman ta’zim.
Sizga ming bor tashakkur, ustoz-muallim! Ustozlarni qutlash uchun 9-“B” sinf o`quvcilariga navbatni beramiz. Marhamat!
Ruxsora Mahmudova: Dunyoda shunday insonlar borki, umri davomida atrofdagilarga ezgilik ulashib yashaydi. Ilm deb atalmish ummonning gavhari bo`lgan ustozlik martabasi mamlakatning ravnaq topishida, jamiyatning gullab yashnashida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, prezidentimiz aytganlaridek, maktab degan ulug` dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yohlarimiz, balki butun xalqimiz klajagini hal qiladigan o`qituvchi va murabbiylar mhnatini hech narsa bilan o`lhab, qiyoslab bo`lmaydi.Demak, ular jamiyatimiz ko`zgusi, hayotimiz bog`boni, umrimiz charog`bonidir. Bayramingiz muborak bo`lsun, mehribon, qalbi daryo, aziz ustozlar!
Junaydullayeva Sarvinoz, Tursunova Muxtasar: Ustoz va murabiylarni qutlar ekanmiz, o`z dil so`zlarimizni she’rlar guldastasi ila tuhfa etsak.(O`quvchilar tomonidan ustozni ulug`lovch she’lar aytiladi).
Qo`ymuradova Sarvinoz, Boymirzayev Ravshanbek: Ustozlarni qutlab o`z qo`shigimizni armug`on etamiz. (“Ustozlar”qo`shig`I ijro etiladi).
Junaydullyeva Zulfizar, Muhamadaliyev Ismatilla: Ustoz haqida qanch to`lqinlansak, shuncha oz. Keling navbatni ustoz haqidagi naqllarga bersak.
Olimjonova Fotima va Zuhra: Ustoz va murabbiylar uchun mayrab tabrigi sifatida raqs namoyish etmoqshimiz.
Tursunova Xosiyat, Usmonov Ulug`bek: Ustozlar uchun qo`l mehnati bilan tayyorlangan sovg`alarimizni topshirsak.
2-boshlovchi:
Axir siz onasiz mehri ulug`vor,
Dunyoni zabt etgan sizni sevgingiz.
G`ururi bog` bo`lgan, ori bir osmon,
Qo`lim bu kun ko`ksimda, aylayman ta’zim.
Sizga ming bor tashakkur, ustoz- muallim!
boshlovchi:
Mehr bulog`ining suvin ichirgan,
Yaxshilik qilishga har dam shoshirgan,
Bilim cho`qqisinin sizdir egasi,
Qo`lim bu kun ko`ksimda, aylayman ta’zim.
Sizga ming bor tashakkur , ustoz-muallim! Shu bilan bayram dasturimizni yakunlar ekanmiz. Yana bir bor bayramingiz qutlug` bo`lsin deymiz.
Dasturni tayyorlovchi: Salomat G`ofurova.
Olib boruvchi: 1. Mahmuda Xolmirzayeva.
2. Oybek Ortig`aliyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |