Mavzu: Jahon adabiyoti muammolari faniga kirish Reja



Download 25,53 Kb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi25,53 Kb.
#894556
  1   2
Bog'liq
1-Maruza jah


Mavzu: Jahon adabiyoti muammolari faniga kirish
Reja:

1. “Jahon adabiyoti muammolari” fanining maqsadi.


2. “Jahon adabiyoti muammolari” fanining vazifasi.
3.Fanning predmeti va obyekti.
4. Jahon adabiyotining davrlashtirish masalasi.
5. Jahon adabiyotiga yondashuv.

Adabiyotning paydo bo’lishini insoniyatning paydo bo’lishi bilan bog’lashadi. Adabiyot insonning ijtimoiy va ma’naviy ehtiyoji mahsulidir. Eng qadimgi davrlardan to bugungacha insoniyat badiiyat namunalari ila hayotni muqoyasa qilib kelgan. Dunyo xalqlarining o’ziga xos sajiyasi (xarakteri) aynan adabiyotda bo’y ko’rsatadi.


“Jahon adabiyoti muammolari” fanida antik jamiyat va uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni haqida ma’lumot beriladi. Yunon adabiyoti, uning mifologik asosi, qahramonlik eposi, yunon tragediyasi va komediyasi haqida tushuncha beriladi. Rim, Provans adabiyoti va uning ritsar lirikasining rivojidagi o‘rni tushuntiriladi. O‘rta asrlar shahar adabiyoti, klassitsizm, sentimentalizm – XV-XVII asrlardagi asosiy adabiy yo‘nalishlar ekani, ma’rifatparvarlik adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, romantizm – XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi adabiy oqim ekani haqida ma’lumot beriladi. Jumladan, janrlar rivoji, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida realizm oqimining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi, shu asr yozuvchilarining ijodi bo‘yicha tushunchalar taqdim etiladi. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi jahon adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, adabiy yo‘nalishlarning turli-tumanligi: naturalizm, impressionizm, simvolizm, modernizm, postmodernizm va boshqa yo‘nalish hamda oqimlar yuzasidan tasavvur uyg‘otiladi. Talabalar jahon adabiyotdagi so‘nggi yangiliklarni aks ettiruvchi O‘zbekiston Respublikasi matbuoti – “Jahon adabiyoti” jurnali bilan tanishtiriladi. Shuningdek, O‘rta va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kavkazorti hamda Slavyan xalqlari adabiyotining yuzaga kelishi, uni davrlashtirish, klassik va zamonaviy adabiyotning uzviy aloqasi va uzviyligi haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi zamon adabiyoti janr, mavzu, g‘oyaviy jihatdan tahlil qilinadi. O‘rta va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kavkazorti hamda Slavyan xalqlari adabiyoti mashhur namoyandalarining hayoti va ijodi, ularning ijodiy merosi o‘rganilib, muayyan asarlar ilmiy-nazariy tahlil etiladi. O‘zbek adabiyoti va mazkur xalqlar adabiyoti, adabiy aloqalar, adabiy ta’sir, tarjima va uning adabiy aloqalardagi roli, xalqlar orasidagi hamkorlikni kuchaytirishda adabiyotning roli tushuntiriladi.
Jahon adabiyoti muammolari fanining vazifasi talabalarga har bir davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘sha davrning yirik adiblari ijodi haqida atroflicha ma'lumot berishdan iborat. O‘quv faoliyati davomida antik dunyo madaniyatining ulkan siymolari Homer, Esxil, Sofokl, Evripid, Aristofan, Plavt, Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy ijodining muayyan qirralari ochib beriladi. Yuqoridagi adiblar ijodi hozirgi kunda qam kitobxonga badiiy zavq va maroq berayotgani, badiiy-estetik didini o‘tkirlashtirayotgani, ma'naviyatini boyitayotgani ta'kidlanadi. Uyg‘onish davri haqida gap borar ekan, buyuk burilishning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar haqida tushuncha beriladi. Uyg‘onish davrining daholari: Dante, Servantes,
Rable, Lope de Vega, Shekspir asarlarini tahlil qilishda bu ulkan adiblar ijodiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlardan bir nechtasi talabalarga tavsiya qilinadi. Fanning asosiy maqsadlaridan yana biri XVII-XVIII asrlar adabiyotini o‘qitishda klassitsizm va ma'rifatchilik adabiyotining mohiyati, bu adabiyotda ilgari surilgan siyosiy, falsafiy hamda ijtimoiy hodisalarning sabablarini ochib berilishdan iborat. Bunda talabalarga N.Bualo, D.Defo, J.Svift kabi adiblar hayoti va ijodi haqida tushuncha beriladi. XIX asr adabiyotidagi asosiy yo‘nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Bunda adabiy yo‘nalishlar mohiyati yozuvchilar asarlaridan keltirilgan dalillar bilan asoslanadi. Masalan, Viktor Hyugo ijodi misolida romantizm, Balzak ijodi misolida tanqidiy realizm adabiy yo‘nalishining boy imkoniyatlari va rang-barang qirralarini ochib berish lozim. Bunda XIX asr chet el adabiyotining xalq ozodlik harakatlari bilan mustaqkam boqliqligini e'tibordan qochirmaslik zarur. O‘rta va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kavkazorti hamda Slavyan xalqlari adabiyoti jahon adabiyoti o‘quv fanining tarkibiy qismidir. Uning vazifasi mustaqil davlatlar xalqlari adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, xalq og‘zaki itjodi, qar bir xalq adabiyotining yirik san'atkorlari ijodi haqida atroflicha ma'lumot berishdan iborat. Yaqin o‘tmishda taraqqiyot yo‘li bir xil bo‘lgan milliy adabiyotlarning o‘ziga xos jihatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning atoqli namoyandalari, adabiyot maydoniga olib chiqqan tarixiy muhit va sharoitlar haqida talabalarga ma'lumot beradi. O‘quv jarayonida talabalarda mazkur milliy adabiyotlarning bir-biriga mushtaraklik xususiyatlari haqida tasavvur hosil bo‘ladi. Shu birgalikda, milliy adabiyotlarning XX asrdagi taraqqiyot bosqichi yangicha pozitsiyada, ya'ni bugungi kun mezonlari asosida tahlil qilinadi.
Fanning predmeti – bu jahon xalqlari badiiy merosi. Barcha xalqlarning eng qadimgi og’zaki va yozma durdonalaridan tortib, hozirgi davrgacha bo’lgan badiiy asarlari jahon adabiyotining tadqiqot obyek’tidir.

Download 25,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish