Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Sud hokimiyati. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida 
mustaqil tarmoqlaridan biri bo‘lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga 
oshirishga safarbar etilgandir. Odil sudlov o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat 
faoliyati hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari 
talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama 
etib, huquqiy jihatdan hal qiladi. Demokratik huquqiy davlatda huquq 
(qonun) davlat idoralari, fuqarolarning turli-tuman uyushmalari va 
alohida shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning mezonidir. Mazkur 
munosabatlarning huquq (qonun) doirasida kechishini va hal etilishini 
ta’minlash sud hokimiyati zimmasiga yuklatilgan. Odil sudlovning oliy 
maqsadi – kuch va zo‘ravonlik g‘oyasini huquq va adolat g‘oyalari bilan 
almashtirishdan iboratdir. 
Mamlakatimizda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy 
maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to‘g‘risida» (yangi tahrirda)gi 
qonun (2000-yil 14-dekabr) bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va 
ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat 
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi (O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, 106-modda).  
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab sud-huquq tizimini isloh 
etish, demokratlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan izchil islohotlar 
olib borildi. Sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish
sudning mustaqilligini ta’minlash, uni inson va fuqaro huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom 
ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng 
ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.  
Sud tizimi ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan 
chiqarildi. Shuningdek, sudlar faoliyatining samaradorligini oshirishga 
erishish yo‘lida tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun 
kadrlar tayyorlash masalalari yaxshilandi. Yuqorida keltirilgan qonunga 
muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Kassatsiya 
instansiyasi isloh qilinib, sudda ishlarni qayta ko‘rishning apellatsiya 
tartibi joriy etildi.  
Prokuratura. Prokuratura mamlakatda amalda bo‘lgan barcha 
qonunlarning mamlakat hududida bir xilda va aniq ijro etilishini O‘zbe-
kiston Respublikasi nomidan nazorat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 118-moddasida belgilab qo‘yilganidek, «O‘zbekiston 


 290
Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan 
nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga 
bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi». 
2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi 
qonunga muvofiq prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyati 
oshirildi. Shuningdek, sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi 
prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar 
prokurorlarining tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini 
uzaytirish huquqi bekor qilindi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish