Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

2-§. O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy  
tizimining shakllanishi
O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, 
mohiyati va mazmuni jihatidan tamomila yangi milliy huquqiy tizim 
shakllantirildi. Huquqiy tizim mamlakatimizda suveren davlatning qaror 
topishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishi barobarida unga muvoziy 
tarzda shakllandi.  


 293
Huquqiy tizim jamiyatda amal qiluvchi normativ tizimlar ichidagi 
eng murakkab hodisadir. Mamlakat huquqiy tizimi jamiyatdagi barcha 
huquqiy institutlar, normalar, prinsiplar, jarayonlarning o‘zaro aloqador 
bir butun yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, milliy huquqiy 
tizim muayyan davlatning ichki huquqi (barcha normativ-huquqiy 
hujjatlar yig‘indisi), tarixi, iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan huquq tizimi
1
, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat, 
huquqiy munosabatlar, huquqiy siyosat, huquqiy amaliyot kabilarni 
qamrab oluvchi doimiy harakatdagi rivojlanishdagi ijtimoiy-huquqiy 
voqelikdir.  
O‘zbekistonda huquq tizimini tashkil etuvchi an’anaviy va bir qator 
yangi huquq sohalari (tarmoqlari) qaror topdi va rivojlandi. Ular qatoriga 
quyidagilar kiradi: fuqarolik huquqi, mehnat huquqi, oila huquqi, yer 
huquqi, suv huquqi, ekologiya huquqi, moliya huquqi, ma’muriy huquq, 
jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, 
fuqarolik-protsessual huquqi, xo‘jalik-protsessual huquqi kabi an’anaviy 
tarmoqlar, shuningdek, tadbirkorlik huquqi, bojxona huquqi, bank huquqi, 
soliq huquqi, xalqaro huquq kabi yangi huquq tarmoqlari.  
Milliy huquqiy tizimning normativ asosini Konstitutsiya, qonunlar va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Mustaqil 
taraqqiyotimizning yigirma yili mobaynida 750 dan ziyod qonunlar, shu 
jumladan 6 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 4400 dan ortiq 
Prezident farmonlari, 9600 ta Hukumat qarorlari va 2320 dan ortiq 
vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ aktlari qabul qilingan. 
Yaratilgan qonunchilik hujjatlari jamiyatimizning siyosiy tizimi, shu 
jumladan davlat idoralari faoliyatini, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy hayoti sohasidagi muhim munosabatlarni tartibga solishga 
yo‘naltirilgan. Huquqiy tizimning o‘zagini 1992-yil 8-dekabrda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil etdi.  
Konstitutsiya qabul qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A. Karimov quyidagilarni ta’kidladi: «…oldin tasdiqlangan qonunlari-
mizni ham yangi Konstitutsiya ko‘zi-nazari bilan qarab, boshqatdan 
ko‘rib chiqishimiz zarur, ularni tub islohotlar manfaatlariga moslashtirish 
lozim»
2
.
1
 «Ԟɭԕɭԕ ɬɢɡɢɦɢ» ɜɚ «Ԟɭԕɭԕɢɣ ɬɢɡɢɦ» ɢɛɨɪɚɥɚɪɢɧɢɧɝ ɧɢɫɛɚɬɢ ɯɭɫɭɫɢɞɚ
ԕɚɪɚɧɝ: Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. Ⱦɚɪɫɥɢɤ. – Ɍ., 2009. – Ȼ.329. 
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɤɟɥɚɠɚɝɢ ɛɭɸɤ ɞɚɜɥɚɬ. – Ɍ., 1992. – Ȼ.44. 


 294
O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy tizimi shakllanishining 
tarixiy xronologiyasi va dinamikasini yaqqol tasavvur qilish uchun 
qonunchiligimizning bosqichma-bosqich yaratilishi va rivojlanishining 
ustuvor yo‘nalishlarini ta’kidlab o‘tish lozim. 
Avvalo, respublikamizda mavjud barcha normativ-huquqiy aktlar 
Konstitutsiya asosida qayta ko‘rib chiqilib, isloh qilina boshlandi. Shu 
bilan birga, huquqiy tizimning barcha sohalari bo‘yicha yangi qonunlarni 
yaratish avj oldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi o‘n ikkinchi 
chaqiriq Oliy Kengashi mustaqillik yillari mobaynida o‘n bitta sessiya 
o‘tkazdi. Parlament 1991-yilning avgust-dekabr oylarida – 13 ta qonun, 
1992-yil davomida – 52 ta qonun, 1993-yilda – 53 ta qonun va 1994-yilda 
– 22 ta qonun qabul qildi. Shu chaqiriqda yaratilgan jami qonunlar soni 
145 tani tashkil etib, ulardan 98 tasi yangi qabul qilingan qonunlar, 47 tasi 
esa amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kirituvchi hujjatlar 
edi. Yangi saylangan birinchi chaqiriq Oliy Majlis 1995–1999-yillar 
mobaynida o‘n beshta sessiya o‘tkazib, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 
138 ta qonun, 468 ta qaror qabul qildi. Bu davrda 216 holatda amaldagi 
qonunchilikka qo‘shimcha, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritildi
1
.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlis, jumladan quyidagi muhim qonunlarni 
qabul qildi: O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi 
to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘ri-
sida, O‘zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi to‘g‘risida, 
Konsessiyalar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi (1995–1996-y.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 
(1995-y.), Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlan-
tirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
to‘g‘risida,  Davlat mukofotlari to‘g‘risida, Markaziy bank to‘g‘risida, 
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, Qimmatli qog‘ozlar bozorining 
faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida, Erkin iqtisodiy zonalar, 
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, Deputatlarni chaqirib olish, 
Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, 
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, Mualliflik va turdosh huquqlar, Noshirlik 
faoliyati, Buxgalteriya hisobi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy 
faoliyatining asosiy prinsiplari, Siyosiy partiyalar, Notariat, Advokatura, 
1
 Qarang: Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɧɢɧɝ 1999 ɣɢɥ 19 ɚɜɝɭɫɬɞɚɝɢ  «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ ɜɚ ɭɧɢ ɪɚԟɛɚɪɢɹɬɢɧɢɧɝ 1995–1999 ɣɢɥɥɚɪɞɚɝɢ
ɮɚɨɥɢɹɬɢ ɸɡɚɫɢɞɚɧ ԟɢɫɨɛɨɬɢ ɬʆԑɪɢɫɢɞɚ» 806–1 ɫɨɧɥɢ ԕɚɪɨɪɢ // ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢɧɢɧɝ ɚɯɛɨɪɨɬɧɨɦɚɫɢ. – 1999. – ʋ 9. – 203-ɦ.


 295
Davlat uy-joy siyosatining asoslari, Atmosfera havosini muhofaza qilish, 
Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat, Oliy 
Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Tabiiy 
monopoliyalar, Axborot olish kafolatlari va erkinligi, Jurnalistlik 
faoliyatini himoya qilish, Shahar yo‘lovchilar transporti, Ta’lim, Davlat 
bojxona xizmati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, 
Ommaviy axborot vositalari, Fermer va dehqon xo‘jaligi, Chet el 
investitsiyalari, Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari, Davlat yer 
kadastri, Avtomobil transporti, Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozita-
riylar faoliyati, Reklama, Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining 
kafolatlari, Lizing, Nodavlat notijorat tashkilotlar, O‘rmon to‘g‘risida, 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Jinoyat-
ijroiya kodeksi, Xo‘jalik-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual 
kodeksi, Yer kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi va boshqa qonunlar. 
O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi 1999-yil 5-
dekabrda saylandi hamda 2000-yil yanvaridan e’tiboran o‘z faoliyatini 
boshladi va mamlakatimiz qonunchiligini rivojlanishida o‘ziga xos 
muhim bosqichni tashkil etdi. U ikki yil mobaynida o‘nta sessiya 
o‘tkazib, 60 dan ziyod qonunlar qabul qildi.  
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis 2000–2004-yillarda qabul qilgan 
muhim qonunlardan ayrimlarini sanab o‘tamiz: «Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘g‘rida»gi; «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi; 
«Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi; «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi; 
«Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi; «Psixiatriya yordami to‘g‘risi-
da»gi; «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); 
«Sudlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda)»; «Qonun loyihalarining umum-
xalq muhokamasi to‘g‘risida»gi; «Terrorizmga qarshi kurash 
to‘g‘risida»gi; «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi; «Yuridik shaxslarning 
qurilish sohasidagi huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risida»gi; 
«Prokuratura to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Mudofaa to‘g‘risida»gi; 
«Alohida yuklar va harbiy kontingentlarning tranziti to‘g‘risida»gi; 
«Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-
protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish 
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi; «O‘zbekiston Respublikasining 
referendumi to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Tovar belgilari, xizmat 
ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish joylari to‘g‘risida»gi; 
«Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish 
to‘g‘risida»gi; «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi; «Mas’uliyati cheklan-
gan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi; «Kredit 


 296
ittifoqlari to‘g‘risida»gi; «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi; «Fuqarolar-
ning bankdagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi; 
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining 
asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun; «Davlat 
statistikasi to‘g‘risida»gi; «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi (yangi 
tahrirda); «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi; 
«Xalqaro shartnoma va bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi va 
boshq.  
Qonunchilikning muayyan tarmog‘ida kodeksning qabul qilinishi 
tegishli sohada alohida huquq tarmog‘i shakllanganligini anglatadi. 
Mamlakatimizda 1994–2008-yillar oralig‘ida 15 ta kodeks qabul 
qilinganligi tegishli huquq tarmoqlari qaror topib, ular o‘zining asosiy 
o‘zak qonuniga ega bo‘lganligini ifoda etadi. Masalan, fuqarolik huquqi 
tarmog‘ining bosh qonuni – Fuqarolik kodeksidir. U fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining huquqiy holati, intellektual faoliyati natijalari, ularning 
mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarini tartibga 
soladi. Eng muhimi, ahamiyatlisi mazkur kodeks bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga poydevor vazifasini o‘tadi. Avvalo, Fuqarolik kodeksida 
xususiy mulk huquqi va uni muhofazalash mexanizmlari mustahkam-
landi. Shuningdek, unda quyidagi fuqarolik-huquqiy institutlar qonuniy 
jihatdan rasmiylashtirildi: shaxs (jismoniy va yuridik shaxs)lar; bitimlar; 
vakillik va ishonchnoma; da’volar va ularning muddati; majburiyatlar; 
shartnomalar; meros va vorislik; ma’naviy zararni qoplash institutlari. 
E’tiborlisi shundaki, fuqarolik huquqi sohasida qator yangi mavzular
ya’ni ko‘chmas mulkni sotish instituti, renta va mulk ijarasi instituti, 
lizing (moliya ijarasi), qarz va kredit, bank omonati, tadbirkorlikni 
litsenziyalash, sug‘urta, xo‘jalik shirkatlari va firmalar tuzish, intellektual 
mulk va uni muhofazalash kabi yangi institutlar qaror topdi.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish