huquqi fuqarolik-protsessual munosabatlar va ularning subyektlari,
fuqarolik-protsessual muddatlar, fuqarolik ishlarida sudlovga taalluqlilik,
sud xarajatlari va jarimalari, da’vo ishini yuritish, shikoyat va arizalarni
sudda ko‘rish jarayonlarini tartibga soladi. Mazkur huquq sohasi har bir
shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,
mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Mohiyati jihatdan fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik
ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishni, sud qarorlarining ijro
etilish tartibini belgilovchi huquq tarmog‘idir. U fuqarolik, mehnat, oila,
moliya huquqi sohalari bilan uzviy aloqadorlikda. Fuqarolik-protsessual
huquqining asosiy manbasi – Fuqarolik-protsessual kodeksi 5 bo‘lim, 40
bob, 391 moddadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |