Xalqaro shartnomalar huquqi prinsiplari
Xalqaro shartnomalar huquqi har qanday huquq sohasi singari
muayyan tizim, institut, tartibga solish uslublar va prinsiplarga egadir.
Prinsiplar xalqaro shartnomalar huquqi sohasi doirasidagi normalar uchun
rahbariy qoida tarzidagi funksiyani bajaradi.
Shartnomaning yaxlitligi prinsipi. Mazkur prinsip xalqaro
shartnomalar huquqi haqidagi Vena Konvensiyalarida mustahkamlangan.
U shartnoma qismlarining majburiyligiga rozilik bildirish va shartnomaviy
holatlarning bo’linishi haqidagi moddalarda aniq namoyon bo’ladi (17-,
44-moddalar). Davlatlarning shartnoma qismining ular uchun tegishli
majburiyatlarga roziligi, faqat bu holat shartnomada keltirilgan bo’lsa yoki
kelishayotgan boshqa davlatlar bunga rozi bo’lgan taqdirda bildirilishi
mumkin. Shartnomadan chiqish yoki uning harakatini to’xtatish butun bir
shartnomaga tegishli bo’ladi, agar shartnomada ishtirokchilar boshqa
narsani ko’zda tutgan yoki kelishib olishmagan bo’lsa.
Shartnomaning yaxlitligi masalasi mavjud amaliy ahamiyatga ega va
ko’pincha matnni ishlab chiqishda ham, shartnomaning amalga
oshirilishida ham yuzaga keladi. Shartnoma amaliy jihatdan doimo bir
murosaga kelishning natijasi hisoblanadi. Shuning uchun shartnomaning
saqlanish sharti uni butunligicha, boshqasini o’rnini to’ldirgan holatda
amalga oshirish hisoblanadi.
Majburiyatlarini vijdonan bajarish prinsipi (pacta sunt servanda).
Bajarish majburiyati, faqatgina tomonlar bajarish niyatida bo’lganlargina
ahamiyatga ega bo’luvchi “kelishuv” tushunchasining zamirida yotadi.
Xalqaro huquqda bu holat pacta sunt servanda shartnomalar
majburiyatlarini vijdonan bajarish prinsipida o’z aksini topgan. Bu
majburiyatning xususiyati uning tabiatiga bog’liq. Davlatlararo kelishuvlar
haqida gapiradigan bo’lsak, Qadimgi dunyoda ularning majburiyatlari
diniy xususiyatga ega bo’lgan, O’rta asrlarda esa – ruxiy, qisman diniy
xususiyatga ega bo’lgan. Faqatgina zamonaviy dunyoda ularning yuridik
kuchi e’tirof etildi1
.
Mazkur prinsip ayni paytda xalqaro huquqning asosiy prinsipilari biri
hisoblanadi. BMTning Komissiyasi o’zining shartnomalar huquqi haqidagi
yakuniy bayonotida ko’rib chiqilayotgan prinsipni quyidagicha
shakllantiradi: “Kuchga kirgan har bir shartnoma ishtirokchi tomonlar
uchun majburiy va ular tomonidan sidqidildan bajarilishi shart”
2
.
“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi. Xalqaro tizimning
mustahkamlanishi bilan shartnomalarning mohiyati ham oshdi.
Shartnomalarga nisbatan munosabat davlatlarning xalqaro aloqalardagi
obro’-e’tiborida yanada asosli ravishda ahamiyat kasb etib bormoqda.
Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining muhim elementi
bu – vijdoniylik prinsipi bo’lib, u xalqaro huquqda ham alohida ahamiyatga ega1
. Bu prinsipning ahamiyati, jumladan majburiyatlarni
bajarishdagi mohiyati ham Xalqaro Sud tomonidan ko’p bor belgilangan.
1986 yildagi Vena Konvensiyaning muqaddimasida ushbu prinsip
umume’tirofga sazovor bo’ldi deb belgilanadi. Vijdoniylik prinsipi
shartnomaviy munosabatlarni barqarorligini ta’minlaydi. Unga mos
ravishda bir tomondan faqat shartnomaning tub qoidalarini buzilishi
boshqa tomonning bir tomonlama shartnomani bekor qilinishiga asos bo’la
oladi.
Mazkur prinsip shartnomaning suiiste’mol qilinishiga qarshi harakat
sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Suiiste’mol qilish - shartnomadan
ziyon yetkazish maqsadida foydalanishni, tomonlarning qonuniy
manfaatlarini buzish, shartnomani bajarishdan bosh tortish kabilarni o’zida
aks ettiradi.
Shartnomani vijdonan bajarish prinsipi yana estopel (rad etish, qarshi
chiqish, huquqdan mahrumlik) bilan bog’liq. R.A.Kalamkaruan yozadi:
“Estopel prinsipining yuridik asosi vijdoniylik prinsipi hisoblanadi”
2
.
Bu prinsipga 1969 yil qabul qilingan Shartnomalar huquqi haqidagi
Vena konvensiyasining alohida moddasi bag’ishlangan: davlatlar
shartnomaning haqiqiy emasligiga yoki to’xtatilishiga, undan chiqishga
yoki shartnomani tugatilishiga asoslanish huquqiga ega emas agarda, unga
quyidagi faktlar ayon bo’lsa, ya’ni: “a) agar davlat sharoitdan kelib chiqib
shartnoma haqiqiy kuchini saqlab qolishi va amaldaligiga aniq rozilik
bergan bo’lsa yoki, b) davlat holatga bog’liq holda shartnomaning
haqiqiyligi, kuchini saqlab qolishiga yoki amalda qolishiga sukut saqlash
orqali rozilik bildirganlar qatoriga kiritilgan bo’lsa” (45-modda).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda “shartnomalarga
amal qilinishi shart” prinsipi sezilarli darajada mustahkamlandi va shu
bilan birga uni izchillik bilan amalga oshirish vazifasi qiyinlashdi. Xalqaro
munosabatlarda shartnoma rolining oshib borishi ko’rib chiqilayotgan
prinsipga nisbatan katta e’bitor berilmoqda. U xalqaro huquqning boshqa
umumtan olangan prinsiplari bilan bevosita bog’liq bo’lib, uni bajarilishini
ta’minlaydi. Prinsip faqat amal qilishi shart bo’lgan talablarga javob
beribgina qolmay, balki vijdoniylik mohiyatini ham o’zida aks ettiradi.
Xalqaro huquqining asosiy sub’ektlari bir paytning o’zida xalqaro
shartnomalar huquqi sub’ektlari hisoblanadi. Ya’ni, davlatlar, o’z
mustaqilligi uchun kurashayotgan millatlar hamda xalqaro tashkilotlardir.
BMT Kotibiyatidan ro’yxatdan o’tgan asosiy xalqaro shartnomalarning
sub’ektlari davlatlar hisoblanadi.
Xalqaro shartnomalar huquqining o’ziga xos xususiyatini uning
manbalarida ham ko’rish mumkin. Xalqaro shartnomalar huquqining
asosiy manbasi xalqaro odat hisoblanadi, chunki xalqaro shartnomalar
xalqaro odat asosida shakllandi. Aksariyat davlatlar turli sabablarga ko’ra
xalqaro shartnomalarda ishtirok etmaydi. Ular uchun shartnomalar huquqi
odat huquq tarzida amal qilinishida davom etadi.
Xalqaro shartnomalar huquqining asosiy prinsip va normalarining
kodifikatsiyasi natijasida quyidagi xalqaro shartnomalar huquqining asosiy
manbasi hisoblangan uchta yirik konvensiya qabul qilindi:
Mazkur konvensiyalarga qaramasdan shartnomalar huquqi, qoida
tariqasida, quyidagi asoslar bo’yicha odat huquqiga tayanishi davom
etmoqda. Birinchidan, konvensiyalar halqaro huquq tarmoqlarining barcha
normalarini kodifikatsiya qilgan emas, bu ularning matnlarida ham
kuzatiladi. Ikkinchidan, konvensiyalar faqat yozma shakldagi
shartnomalarga daxldordir, yani ular yozma shaklda bo’lmagan
shartnomalarga taalluqli emas. Uchunchidan, aksariyat davlatlar turli
sabablarga ko’ra konvensiyalarda ishtirok etmayapti. Ular uchun
shartnomalar huquqi odat huquqi normalari sifatida amal qilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |