304
davlat
qonunchiligining ilmiy konsepsiyasi vujudga keltirilishi lozim.
Huquqshunoslik fani oldida turgan dolzarb vazifalardan
biri qonunchilik
mexanizmining hamma tarkibiy bo‘g‘inlarini chuqur tahlil etish va
shunga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Qonunlarning
ilmiy «saviyasini» oshirish, sifatini yaxshilash jamiyatga huquq vositasida
rahbarlik qilishning, uni boshqarishning ilmiy darajasini yuksaltirish
imkonini beradi. Qonunchilikni takomillashtirish manfaatlari qonun
yaratish faoliyatini huquqiy, ijtimoiy, ruhiy va tashkiliy tomonlarini
hamda protsessual tartiblarini nazariy o‘rganishni talab etmoqda.
Shu bois
O‘zbekistonning yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish va
qonunchilik jarayonini nazariy tadqiq etish o‘ta muhim siyosiy, ilmiy va
amaliy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini konstitutsiyaviy zamin
asosida takomillashtirib borish, tub
huquqiy islohotlarning yagona milliy
konsepsiyasini yaratish lozim. Unda huquqiy islohotlarning maqsadi,
vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq.
Ushbu islohotning asosiy mazmuni,
birinchidan, O‘zbekiston davlat
mustaqilligining huquqiy (qonunchilik) bazasini vujudga keltirish hamda
takomillashtirish lozimligidan,
ikkinchidan, mamlakatda ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini
qaror toptirishning huquqiy
asoslarini yaratish zaruriyatidan,
uchinchidan, demokratik huquqiy davlat
va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish hamda fuqarolar huquq va
erkinliklarini real ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqadi.
Yuqoridagi maqsad va vazifalar asosida qonunchilikni rivojlanti-
rishning quyidagi
asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:
siyosiy islohotlarni huquqiy ta’minlash – qonunchilik bazasini
yaratish va takomillashtirish;
iqtisodiy islohotlar, ya’ni bozor munosabatlari infrastrukturasini
shakllantirishning qonunchilik
asoslarini mustahkamlash;
sud-huquq islohotlarining qonunchilik negizini vujudga keltirish va
yanada rivojlantirish.
Ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha talaygina qonunchilik
hujjatlari qabul qilindi. Biroq qonunchilikni takomillashtirish uzluksiz
jarayondir. Hayot qonunchilik oldiga o‘zining yangi-yangi talablarini
qo‘yaveradi va qonunlar jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos ravishda
yaratilib, muttasil rivojlanib boraveradi.
Huquqiy tizimning shakllanishi va takomillashuvi uning tarkibiga
kiruvchi boshqa elementlarning rivojlanishini nazarda tutadi. Mustaqillik
yillarida jamiyatning ijtimoiy-huquqiy ongi, fuqarolarning huquqiy
305
madaniyati ham o‘sib, islohotlar davri bilan hamohang tarzda yuksalib
kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidla-
ganidek, jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada
amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan,
odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir.
Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy
tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir
1
.
Shuningdek, milliy huquqiy tizimning boshqa bo‘g‘inlari, ya’ni
huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar tizimi, yuridik fan, yuridik
muassasalar, yuridik
amaliyot, huquqiy munosabatlar tizimi va boshqalar
ham izchil rivojlanib bormoqda.
Shunday qilib, mamlakatimiz huquqiy tizimi demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati qurishdek strategik maqsadlarga erishishga
yo‘naltirilgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlab, istiqlol davri
talablariga mos tarzda bosqichma-bosqich
shakllanib, jamiyat yuksalishi
barobarida takomillashib, mazmunan boyib va muntazam mukammal-
lashib borayotgan serqirra ijtimoiy organizmdir.
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢ-
ɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ (2010 ɣɢɥ 12 ɧɨɹɛɪɶ). – Ɍ., 2010. – Ȼ. 27.