329
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir insonning
ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga
qaratilgan. Konstitutsiya insonni eng katta boylik sifatida alohida
ko‘rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy jihatdan
rasmiylashtiradi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, ularning inson
manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy munosabatlarni maqbul holga
keltirishga yo‘naltirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini qaror
toptirishning asosiy omillaridir.
Fuqarolik jamiyatida qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini o‘zi
kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning huquq va
erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni
vaqtda, bu barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya
qilishlari shart
ekanligini ham anglatadi.
Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish, ro‘yob-
ga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi.
Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash mumkin:
birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi
tuzilmalar: a)
xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat
yuritadigan nodavlat tashkilotlari; b)
shirkat xo‘jaliklari va ularning
uyushmalari; v) ijara asosida ishlovchi jamoalar; g) hissadorlik jamiyat-
lari; d) moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar; ye) ishlab chiqarish
korporatsiya,
konsernlari va birlashmalari; j) tadbirkorlar uyushmalari
(palatasi) va h.k.;
ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:
a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;
b)
ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim
muassasalari); d) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar; ye) fuqaro-
larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; f) mustaqil ommaviy axborot
vositalari; g) diniy tashkilotlar; h) milliy-madaniy markazlar; i) ko‘ngilli
jamiyatlar; j) jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari; k) turli
ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va hokazo;
uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar
va tuzilmalar: a) huquqiy davlatning
mavjudligi; b) siyosiy partiyalar;
d)
ijtimoiy-siyosiy harakatlar; ye)
siyosiy muxolafatning mavjudligi;
f) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo.
Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy
tuzilmalarni ifodalaydi. Albatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-
barangligi, turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa ko‘rinishdagi
330
ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: