322
o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»
1
.
Prezident yana quyidagilarga e’tibor qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik
jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning
o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi.
Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga
chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning
huquq va
erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ya’ni qonunga bo‘ysunish bir
vaqtni o‘zida amal qiladi»
2
.
Xo‘sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu
qanday jamiyat?
Mohiyat jihatidan
«fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda
o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning
ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol
topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. Mazkur kategoriya
vositasida tarixiy rivojlanish tajribasi asosida orttirilgan mezonlarga javob
beruvchi jamiyatning
yetukligi, oqilona uyushganligi, adolatliligi va
fozilligi izohlanadi.
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan
ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi
navbatda, davlatdan holi bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, ahloqiy
– ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo‘ldi. Shu ma’noda,
ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida
talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini
amalga
oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra,
fuqarolik jamiyati – bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat
(ehtiyoj)lar tizimi. Shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq,
axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subyekt (inson)larning
ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir.
Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari
lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka
aylanadi»
3
. Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari
majmui sifatida tushungan,
shu bilan birga, uning quyidagi ikki asosiy
prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan:
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ɫɢɺɫɢɣ-ɢɠɬɢɦɨɢɣ ɜɚ ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɫɬɢԕɛɨɥ-
ɥɚɪɢɧɢɧɝ ɚɫɨɫɢɣ ɬɚɦɨɣɢɥɥɚɪɢ. – Ɍ., 1995. – Ȼ.14.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪɝɚ ɢɧɬɢɥɦɨԕɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ,
ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1997. – Ȼ.173.
3
Ƚɟɝɟɥɶ. Ɋɚɛɨɬɢ ɪɚɡɧɵɯ ɥɟɬ. Ɍ.2. – Ɇ., 1973. – ɋ. 50.
323
birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat
qiladilar;
ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga
keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi, ular
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mavjud bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar
hamda vositalar tizimi bo‘lib, u shaxs va jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy, ma’rifiy
hayot sohalaridagi xususiy manfaat va
ehtiyojlarini
amalga oshirishga sharoit yaratadi. Fuqarolik jamiyati insonlarning
xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi (shu sohadagi munosabatlar
yig‘indisi)dan iboratdir. Ma’lumki, fuqarolar huquq
va erkinliklarining
aksariyat qismi mana shu xususiy hayot sohasida ro‘yobga chiqariladi.
Biroq buning zamirida turgan individualizm haddan (muayyan
me’yordan) oshmaydi, shaxsning ijtimoiy hayotdan ajralib qolishiga,
begonalashuviga olib kelmaydi. Chunki individlar o‘z xususiy
manfaatlarini ta’minlash uchun birlashib, turli
uyushma va tashkilotlarni
vujudga keltiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: