335
Ma’lumki, fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib
munosabatlar tizimiga tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari
mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu
jamiyat sharoitida inson va
fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi,
muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalar, birlashmalar,
nodavlat
tashkilotlar va idoralar mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan
mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida aktiv faoliyat
yuritadi. Shu maqsadda inson huquqlariga rioya etilishi ustidan
monitoring va nazoratni ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmalar – Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (1996-y.) va
Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti (1997-y.) tashkil topdi. 1997-
yil 24-aprelda qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, 1995-yilda ta’sis
etilgan Inson huquqlari bo‘yicha parlament vakilining faoliyati qat’iy
huquqiy asosga ega bo‘ldi.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida
ommaviy axborot vositalari
salmoqli o‘rin tutadi. Islohotlarning dastlabki davrida «Ommaviy axborot
vositalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi (1991-y.). Respublikada
ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va ularni qo‘llab-
quvvatlash bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma ta’sis etildi
(1996-y.) va sermazmun hamda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Bir
tomondan davlat vakolatli organlari va, ikkinchi tomondan, jamoatchilik,
ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasining sa’y-harakatlari bilan qisqa muddat ichida «Jurnalistik
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi (1997-y.), «Noshirlik faoliyati
to‘g‘risida»gi (1997-y.) va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga
samarali joriy etib kelinmoqda. Keyingi o‘n yilning o‘zida bosma
ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy
axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda
ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha
telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85
foizi nodavlat
ommaviy axborot vositalari hisoblanadi
1
.
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari qatorida aholining barcha qatlamlari
o‘z vakilligiga ega bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra mamlakatda jamoat
1
Qarang:
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢ-
ɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ . – Ɍ., 2010. – Ȼ.30.
336
birlashmalarining, nodavlat-notijorat tashkilotlarining keng ko‘lamli
tarmog‘i vujudga keldi va rivoj topib bormoqda. Masalan, mustaqil-
likning dastlabki kunlarida O‘zbekistonda Kasaba
uyushmalari faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Uning 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkiloti,
federatsiya tarkibida 21 ta tarmoq uyushmalari, jami 7, 5 milliondan
ziyod a’zosi bor.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi qarori bilan O‘zbe-
kiston Xotin qizlar qo‘mitasi tuzildi. Uning maqsadi ayollarni ko‘p bolali
onalarni har tomonlama muhofaza etishni
yanada kuchaytirish, ularning
mehnat va ijod sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
1996-yil dekabrda Prezident farmoni bilan faxriylar Kengashi
«Nuroniy» jamg‘armasiga aylantirildi. 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkor-
larga, olimlar va ijodkorlarga ko‘maklashuvchi, umuman yoshlar
muammolari bilan shug‘ullanuvchi «Kamolot» jamg‘armasi ta’sis etildi.
2001-yil 25-aprelda Ta’sis qurultoyida O‘zbekiston yoshlarining «Kamo-
lot» ijtimoiy harakati demokratik tashkilot sifatida tashkil topdi. U
yoshlar manfaatini ifodalovchi institut tarzida fuqarolik jamiyati tizimida
o‘z munosib o‘rniga ega bo‘ldi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini
qo‘llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish
to‘g‘risida farmon
qabul qilindi
1
. Bu hujjat mazkur tashkilot keng
ko‘lamda faoliyat olib borishi uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
O‘zbekiston Prezidenti «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil
etish to‘g‘risidagi 1992-yil 12-sentabrdagi hamda «Mahalla» xayriya
jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 1992-yil 8-oktabrdagi
farmonlari katta ijtimoiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 1994-yil oxirida
Respublikada 10 mingdan ziyod mahalla faoliyat olib bordi. Bugunga
kelib mamlakat qishloq va ovullarida fuqarolarning 1436, shaharlarda 17
ta, mahallalarda 5402, shuningdek qishloq mahallalarida o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari jamoatchilik tamoyillari asosida ish olib bormoqda.
Mamlakatda 6 ming 955 ta yig‘in raisi va 60 mingdan ortiq maslahatchi
saylandi.
Mamlakatdagi fuqarolik jamiyatining ma’naviy hayotida muhim
o‘rin tutadigan voqea – 1994-yil 23-apreldagi «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi
Prezident farmoni
bo‘ldi. Hozirda mazkur markaz xalqimizning boy ma’naviy, madaniy
merosi milliy va umuminsoniy qadriyat asosida ilg‘or g‘oyalarni yuzaga
chiqarish, aqliy-ijodiy salohiyatni vatan istiqboli sari yo‘naltirish,
1
Qarang: ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2006. – 11 ɨɤɬ.
337
aholining ma’rifiy, ma’naviy yuksalishini ta’minlash ishiga xizmat
qilmoqda.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 2002-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan
to‘qqizinchi sessiyasidagi mamlakat Prezidentining «O‘zbekistonda
demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» deb nomlangan
ma’ruzasi
1
siyosiy-ijtimoiy hayotda katta voqea bo‘ldi. Mazkur dasturiy
ma’ruzada, yurtimizda fuqarolik jamiyatini qaror toptirishning yetti
ustuvor yo‘nalishini belgilab berildi. Bular,
birinchidan, davlatimiz
mustaqilligini asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Musta-
qillikni, mamlakatimizni siyosiy jihatdan
rivojlantirish, iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish, jamiyatni ma’naviy yangilash» mezoni deb bilish;
Do'stlaringiz bilan baham: