Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]


partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi. 
Davlatimiz rahbari 2010-yil 12-noyabrda parlament palatalari 
qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsep-
siyasi»da fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish 
masalasiga ana bir karra urg‘u berdi. Ushbu hujjatda davlatimiz 
Konstitutsiyasida partiyalar partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɬɚɧɥɚɝɚɧ ɣʆɥ – ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɜɚ ɦɚɴɪɢɮɢɣ
ɞɭɧɺ ɛɢɥɚɧ ԟɚɦɤɨɪɥɢɤ ɣʆɥɢ. Ɍ.11. –Ɍ., 2003. – Ȼ.31.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤ ɯɚɥԕɢ ԟɟɱ ԕɚɱɨɧ, ԟɟɱ ɤɢɦɝɚ ԕɚɪɚɦ ɛʆɥɦɚɣɞɢ. Ɍ.13.          
– Ɍ., 2005. – Ȼ.177


 339
nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritishiga doir muhim prinsiplar 
mustahkamlanganligi va fuqarolik jamiyati barcha institutlarining jadal 
rivojlanishi tegishli tegishli huquqiy va tashkiliy shart–sharoitlar 
yartilganligi alohida ta’kidlandi.  
Fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat ishlarini boshqarish borsidagi 
davlat faoliyatini to‘ldiradi, chunki ular o‘z ko‘lami, ommaviyligi va 
moslashuvchanligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammo-
larni aniqlashi hamda davlat idoralrining imkoniyatlri cheklangan 
o‘rinlarda, ayniqsa mahalliy darajalarda keng harakat qilishi mumkin. Bu 
tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat 
manbai ekanligini, uning layoqati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat 
ekanligini anglashga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va 
birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
maqsadlarini ruyobga chiqaradilar. 
Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfatlarni qanoatlntirish, ruyobga 
chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institular shakllanadi, 
zurur mexanizmlar vujudga keltiriladi.  
Hozirgi kunda, – deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari IAA. Karimov, – 
yurtimizda aholi keng qatlamlari tomonidan faoliyat qo‘llab-quvvatla-
nayotgan 5100 dan ziyod jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqdir
1
. Hozirgi 
kunda O‘zbekistonda siyosiy partiyalar – 4 ta, Milliy madaniy markazlar 
– 40 dan ziyod, Jamg‘arma va xayriya tashkilotlari – 69 ta, Jamiyatlar – 
77 ta, Uyushmalar – 22 ta, Assotsiatsiyalar –57 ta, Federatsiyalar – 53 ta, 
Tarmoq kasaba uyushmalari – 14 ta, Ijtimoiy harakatlar – 2 ta, Milliy 
qo‘mitalar – 5 ta, Ayollar va bolalar tashkiloti – 48 ta, Xalqaro jamoat 
tashkilotlar – 62 ta, Vakolatxonalar va ularning filiallari – 70 ta, Diniy 
tashkilotlar – 2000 dan ziyod bo‘lib, ularning barchasi jamoat va nodavlat 
tashkilotlari, ya’ni fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekistonda baynalmilal milliy madaniy markazlarning tashkil 
topib, ko‘payib borayotganligi ham fuqarolik jamiyati shakllanishining 
namoyon bo‘lishidir. 1992-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasi qarori 
1
 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢ-
ɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ. – Ɍ., 2010. – Ȼ.42.


 340
bilan O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi. Unga 
milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yukla-
tildi. Milliy markazlar har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va 
rasm rusumlarini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni 
jonlantirish, milliy ehtiyojlarni qondirishga keng yo‘l ochilmoqda. 
Milliy madaniy markazlar – 1989-yilda – 12 ta, 1997-yilda – 90 ta, 
2006-yilda – 130 tadan ortiq. Hozirgi kunda 140 dan ziyod milliy-
madaniy markazlar respublika jamoat tashkilotlari qatorida samarali 
faoliyat ko‘rsatmoqda
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 
noyabrdagi noyabrdagi qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyatiga erishish manfaatlari-
dan kelib chiqib, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida demokratik 
o‘zgarishlarni qator muhim yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirishning 
ustuvor vazifalari belgilandi. Avvalo, davlat fuqarolik jamiyati 
prinsiplariga mos tarzda tashkillashtirilishi, hokimiyatning boshqaruv 
tuzilmalari xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish, aniqrog‘i, 
davlat idoralarining vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish 
va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy 
kamaytirish nazarda tutilmoqda
2
.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va 
rivojlashtirish islohotlar keyingi bosqichining muhim yo‘nalishi sifatida 
e’tirof etildi. Jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlarning obro‘si oshib, 
mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va 
hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi 
kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan 
o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamla-
katda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim 
vositalaridan biriga aylanmoqda
3
. Fuqarolik institutlarining yanada 
rivojlanishiga erishish va ularning nufuzini kuchaytirish maqsadida 
Prezident tomonidan jamiyat miqyosida davlat va nodavlat jamoat 
1
 Qarang: ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2012. – 21 ɹɧɜ.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪ-
ɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ: ȸɡɛɟɤɢɫ-
ɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ
ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ. – Ɍ., 2010. – Ȼ. 8.
3
 O‘sha manba. – Ȼ. 42–43.


 341
tashkilotlarining ijtimoiy sherikligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor 
qaratilganligi ayni muddao bo‘ldi. Shuningdek, davlatimiz rahbari 
fuqarolik jamiyatining muhim ko‘rsatkichi inson huquqlarini kafolatli 
ta’minlanishi ekanligiga e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidladi: «Inson 
huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb 
ahamiyatga ega. Ushbu dastur, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish va 
nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya 
qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni 
shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi 
ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-
tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak»
1
.
Shunday qilib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
xalqimiz tarixiy milliy qadriyatlari bilan jahon halqlari umuminsoniy 
tamoyillari hamda tajribasini inobatga olish asosida ishlab chiqilgan 
nazariy dasturulamalga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Mamla-
katimizda adolatli va demokratik fuqarolik jamiyatiga xos yangi ijtimoiy 
munosabatlar hamda ularni ifodalovchi ijtimoiy institutlarni – jamoat va 
nodavlat tashkilotlarning keng tarmoqli tizimi vujudga keltirildi. Ular 
jamiyatimizning nurli istiqbol sari qat’iyat bilan ilgarilab borishiga, 
jamiyat va inson manfaatlarini to‘la-to‘kis ifodalashga xizmat qilmoqda. 
1
  O‘sha manba. – Ȼ.46.


 342

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish