Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


partiya o‘z fraksiyasini tashkil etdi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]


partiya o‘z fraksiyasini tashkil etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisning 1996-yil 
29-avgustdagi sessiyasida so‘zlagan «Hozirgi bosqichda demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» nomli ma’ruzasi 
mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga va fuqarolik jamiyatini barpo etish 
yo‘lidagi sa’y-harakatlarga qo‘shimcha demokratik ruh bag‘ishladi. 
Islohotlarning shunday to‘lqinida Oliy Majlis 1996-yil 26-dekabrda 
«Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunni umumxalq muhokamasidan 
so‘ng qabul qildi. Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlarini yanada 
kuchaytirish maqsadida 2004-yil 30-aprelda «Siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «O‘zbekiston XXI 
asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» asarida (1997-yil) fuqarolik jamiyati haqidagi ta’limotni 
quyidagi muhim qoidalar bilan boyitdi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – 
ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini 
o‘zi kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi». 
Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga 
chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va 
erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga 
bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-
birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va 
fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha 
odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart»
1
.
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ,
ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. –Ɍ., 1997. – Ȼ.173


 334
Shuningdek, mazkur asarda davlatni boshqarishda fuqarolarning 
ishtirokini kengaytirish, siyosiy faolligini oshirish, davlat va uning 
institutlari, mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqaro oldidagi 
mas’uliyatini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. «Fuqarolik 
jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda, – 
deb yozadi I.A. Karimov, – O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining 
manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyali tizim 
kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror 
topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan olganda, 
davlatning roli siyosiy partiyalar va jamoatchilik harakatlarining vujudga 
kelishi, qaror topishi va rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadigan har 
qanday g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir»
1
.
Davlatimiz rahbari 1999-yil 14-aprelida Oliy Majlis sessiyasida 
so‘zlagan «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasida davlat 
va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, demokratik 
islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Shu 
asosda 1999-yil aprelida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
to‘g‘risida» yangi tahrirdagi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risi-
da»gi va boshqa qator qonunlar qabul qilindi.  
1998-yil 28-dekabrida I ta’sis qurultoyida Fidokorlar milliy-
demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 
1999-yil dekabrida saylangan Oliy Majlis tarkibida 34 nafar «Fidokorlar» 
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish