partiyali tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy poydevor yaratilgan.
Avvalo, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan quyidagi norma:
«O‘zbekistonda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi» (12-modda), mamlakatda
siyosiy plyuralizm, ko‘p partiyaviylik tizimi qaror topishiga huquqiy asos
yaratdi. Bu davrda fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishiga
ko‘maklashuvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi
(1991-y.), «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi (1991-y.), «Kasaba
uyushmalari va ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992-y.) kabi
qonunlar ham amal qila boshlagan edi. Konstitutsiya va qonunlarga
muvofiq, har kimga kasaba uyushmalariga, siyosiy partiya va jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish huquqi
kafolatlanadi.
Yaratilgan mo‘tadil huquqiy maydon tufayli mamlakatda ko‘p
Do'stlaringiz bilan baham: |