1
13 - MAVZU: FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH VA
RIVOJLANTIRISH. AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO’Z
ERKINLIGINI TA’MINLASH
REJA:
1.
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI TUSHUNCHASI, UNING
MA’NO VA MAZMUNI.
2.
KO‘PPARTIYAVIYLIK
–
DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO
ETISHNING MUHIM SHARTI.
3.
MAMLAKATIMIZNI DEMOKRATIK YANGILASH JARAYONIDA
FUQAROLIK
INSTITUTLARINING
ROLI
VA
AHAMIYATINING
KUCHAYTIRILISHI.
4.
AXBOROT
ERKINLIGINI
TA’MINLASH
TUSHUNCHASI,
MAZMUN-MOXIYATI, AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH
MEHANIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH.
“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik
qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning
muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi,
ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit
yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”.
Islom Karimov
Kalit so‘zlar: fuqarolik jamiyati, fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari,
jamoat tashkilotlari, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy partiyalar, assotsiatsiyalar, uyushmalar,
markazlar, milliy-madaniy markazlar, klublar, jamg‘armalar, ijtimoiy sheriklik, kuchli davlat,
kuchli fuqarolik jamiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari,
1- savol. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi
–
erkin bozor
munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik
jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish,
mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi,
millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan
davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati
shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa
ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi:
birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy
mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini
tashkil
qiladi.
Binobarin,
xususiy
mulk
–
fuqarolik
jamiyati
shakllanishi
va
funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.
2
Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng
imkoniyatlar yaratilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday
demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni
nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan
xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning
yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab
funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyati
institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.
O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo
etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar -
ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat
tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar,
jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat
hayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida,
fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat
notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar,
assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizda
fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib borish
jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat
tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli
kattadir.
Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat
tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan
shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu
asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar
xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan,
fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiy
faoliyat asosini tashkil qiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a’zo bo‘lgan kishilar,
shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal
qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati,
o‘tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.
Hozirda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi
uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a’zolarining
manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati
institutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda
o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni
nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.
Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari
va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston
Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat
notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti –
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad
3
(foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni
(foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish
tashkilotidir”
1
.
“Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini
amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi”
2
.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat
notijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo‘lgan
muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim
muassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda
faoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o‘rta
biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan
tortib o‘rta va kichik korxonalar, kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli
xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.
Nodavlat va jamoat birlashmalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar
manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki
fuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o‘z manfaatlarini qonun
ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o‘zi
yashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy adolat
tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat
birlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlari
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident
Islom Karimov: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy
guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat
tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining
rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi,”
3
– deb bejiz aytmagan.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, nodavlat va jamoat
tashkilotlarining faoliyati jamiyatda qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, fuqarolarning ulardagi
ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to‘laroq amal
qilib boradi.
Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal
qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar -birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar,
markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkur
tuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiya
va turmush tarzi kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z
navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
Ushbu tashkilotlarning
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlari
tomonidan tashkil qilinadi va mavjud qonunlarga amal qilgan holda davlat tashkilotlari
tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonun-
qoidalar va me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar, ya’ni
nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, jamoat fondlari kabilarni
o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. –Т.: Adolat,
1999. 11-bet.
2
O’sha asar.
3
Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqillik taraqqiyot yo’li. Т.: O’zbekiston, 2007. 36-bet.
4
1) aholining ayrim yoki muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab
ishlashga ixtisoslashgan, hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday
tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nogironlar”
uyushmasi, “O‘zbekiston ekologik harakati”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi
tuzilmalar kiradi;
2) ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar: “Ekosan”, “Sog‘lom avlod uchun”,
“Amur Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash”, “Orolni qutqarish”
jamg‘armalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” singari
tashkilotlar;
3) hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar: Shaxs
huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi,
Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi, Huquqiy yordam ko‘rsatish jamiyati va
boshqalar;
4) ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari: yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar,
arxitektorlar, kinematograflar, shuningdek, sudyalar va advokatlarning jamoat uyugmalari;
5) milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy (ozchilikni tashkil
etuvchi) jamoalar vakillarining madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlarini saqlab qolish va
avloddan-avlodga yetkazib berish maqsadida tuzilgan tashkilotlar sanaladi. Respublikamizda
hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150ga yaqin milliy-madaniy markaz
(MMM)lar faoliyat olib bormoqda;
6) umummilliy jamiyatlar va jamg‘armalar: Bolalar, mehribonlik uylari
tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, Talabalar jamg‘armalari, “Mehr nuri” jamg‘armasi
kabilar;
7) ijtimoiy ahamiyat va ijodiy qiziqishlar bilan bog‘liq, asosan, ekologiya masalalari
bo‘yicha mahalliy birlashmalar: sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar ota-
onalarining birlashmalari;
8) jamoat muassasalari: “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Jurnalistlarni tayyorlash
xalqaro jamoatchilik markazi singari hukumatga qarashli bo‘lmagan ijtimoiy muassasalar shular
jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali
shakllanadi. Pirovardida, jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar
barham topib boradi. Shu o‘rinda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat muassasalaridan
farqlanuvchi xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.
Davlat muassasalarida xodimlar muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysungan holda, ma’muriy
yo‘riqnomalar, buyruq va talablar asosida faoliyat yuritadi. Bizningcha, subordinatsiya (o‘zidan
yuqori turgan xodimlar, rahbarga qat’iy bo‘ysunish qoidasi – K.Yu.) shaxsning erkin faoliyat
ko‘rsatishini muayyan tarzda cheklaydi. Davlat muassasalarida ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan boshqaruv shaxs faolligi, tashabbuskorligiga to‘siq bo‘ladi. Demokratik tamoyillarga
asoslangan, liberal, ochiqko‘ngil, har qanday individualizm, volyuntarizm va sub’ektivizmdan
xoli, adolatli, tanqidga bardoshli, har bir masalaga xolis yondashuvchi rahbarni har bir tashkilot
yoki muassasada uchratish qiyin.
Fuqarolik jamiyati institutlari esa o‘zlarining mohiyatiga ko‘ra, davlat tashkilotlaridan
farq qiladi va ularga ijtimoiy konstruktivlik, ya’ni jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga
yo‘nalganlik xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma’lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil
topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi. Modomiki,
jamiyat tub o‘zgarishlarga yuz tutgan ekan, fuqarolik jamiyati institutlari ushbu jarayonlardan
chekkada tura olmaydi. Shu ma’noda, ular jamiyat muammolarini bartaraf etishda faol ishtirok
etadi.
Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;
yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg‘unchi, yot
g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini
5
fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, diniy ekstremizmga qarshi
kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;
yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizga
suqilib kirishga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari
o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;
kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar, yoshlar orasida
komil axloq, o‘zaro insoniy munosabatlar, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo
bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;
Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismonan
baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Vatan ozodligi yo‘lida kurashib, jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning ibrati, o‘tmish
saboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida odamlar qalbida milliy g‘urur
va hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaslik tuyg‘usini kamol toptirish kabilar shular
jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti tomonidan aniqlanishicha, hozirda O‘zbekistonda
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 foizi –
ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni himoya qilishga, 14,2 foizi – ayollar va yoshlar muammolarini hal
etishga, 13,6 foizi – sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya sohasiga, 12 foizi esa boshqa ijtimoiy
ahamiyatga molik vazifalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
4
2005 yilning may oyida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 150 ga yaqin NNT vakillari
tashabbusi bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosatsiyasi tashkil etilgan
bo‘lib, ayni paytda, ushbu tashkilot 450 dan ortiq NNTlarni o‘zida birlashtirgan.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida qator arab (Misr Arab Respublikasi, Tunis,
Suriya, Yaman, Liviya, Bahrayn, Sudan kabi) mamlakatlarida ijtimoiy noroziliklar, xalq
chiqishlari avj olib, ularning ba’zilarida fuqarolik urushi natijasida minglab kishilar qurbon
bo‘ldi. Bizningcha, bu voqealar shu mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining
cheklanganligi, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa manfaatlari
hamda ehtiyojlarini qondirilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki,
demokratiya fuqarolik jamiyatining nafaqat birlamchi zaruriyati, balki bunday jamiyatning
shakllanishi va rivojlanishining muhim talabi hamdir.
Rivojlangan G‘arb davlatlarida ko‘plab fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadi.
Ular jamiyat hayotining aniq bir muammosi bilan shug‘ullanishiga ko‘ra farq qiladi. Aksariyat
nodavlat notijorat tashkilotlari insonparvarlik maqsadlarida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Hattoki, ularning ba’zilari umummilliy, mamlakat, halqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatish
darajasiga ham erishgan. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashkil topgan
fuqarolik jamiyati institutlari bir mamlakat doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda faoliyat
yuritmoqda. G‘arb davlatlaridagi “Grin Pis” (“Yashillar harakati”) kabi tashkilotlar shular
jumlasidandir. Masalan, hozirda AQShda 1 milliondan ortiq fuqarolik jamiyati institutlari
mavjud bo‘lib, har 305 kishi boshiga bittadan to‘g‘ri keladi.
2-savol. Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti
O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat
va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlatni
boshqarishda qatnashuvini ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyati va mamlakatda
ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ushbu tamoyilning amal
qilishiga milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq jiddiy e’tibor berildi. Xususan, 1992
yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 moddasida:
“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-
4
Qarang: “Milliy tiklanish” gazetasi, 2011 yil 17 avgust.
6
xilligi asosida rivojlanadi”
5
– deb, ko‘rsatib qo‘yilgan. Bosh Qomusimizning “Jamoat
birlashmalari” deb nomlangan XIII bobining 60 moddasida esa: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa
va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab
qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z
faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga
belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar”
6
– deb, belgilab qo‘yilgan.
Hozirda, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy partiyalarning roli tobora ortib
bormoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanib
borishida mavjud siyosiy partiyalarning faoliyati yanada ortib bormoqda. “Ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, - deb ta’kidladi muhtaram
Yurtboshimiz Islom Karimov,
-
siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish,
mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik vazifalarni hal etishda
ularning ishtirokini kengaytirish demokratik islohotlarni izchil amalga oshirishning eng muhim
omiliga aylanmog‘i zarur.
Boshqacha qilib aytganda, ko‘p partiyali tizimni mustahkamlash va partiyalararo raqobatni
kuchaytirish – biz ko‘zlagan demokratik davlat barpo etishning eng muhim shartlaridan biriga
aylanishi darkor.”
Do'stlaringiz bilan baham: |