3
KIRISH
Davlat va huquq ijtimoiy hodisalar bo‘lib,
jamiyatning muhim,
ajralmas tarkibiy qismini tashkil qiladi. Jamiyat tarixi va unga mos holda
davlat va huquq tarixi uzluksiz rivojlanish jarayonidan iborat.
Davlat va huquq tarixini o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega
masalalardan biridir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich
Karimov ushbu masalaning naqadar dolzarb ekanligiga e’tiborni qaratib
shunday deydi: «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib
turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb
orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni
ongimizga singdirmoqchi
bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga
urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g‘alamislarning orasida qanday
qilib bo‘lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar
yo‘q, deysizmi? O‘zbek tarixchilarining
asosiy vazifasi mana shu
da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai
nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»
1
.
Tarix o‘tmishning yig‘ilgan tajribalarini saqlovchi, uni avlodlarga
asrab yetkazib keluvchidir. Hozirgi zamonning har bir yirik
masalasi
hayotning qaysi sohasida bo‘lmasin, jumladan, davlat va huquqiy
tajribalarni hisobga olmasdan, chuqur o‘rganmasdan hamda
unumli
foydalanmasdan, samarali hal etilishi mumkin emas. Binobarin,
davlatimiz rahbari I.A.
Karimov ta’kidlaganidek: «O‘zlikni anglash
tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni hushyorlikka
o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo‘lish –
hayotdan judo bo‘lish demakdir»
2
.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991-yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kirit-
ganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik,
rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «o‘zbek modeli» deb nom olgan o‘z
taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat
qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash,
iqtisodiyotni
mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini
ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ.7. – Ɍ.,
1999. – Ȼ. 139.
2
O‘sha manba. – Ȼ. 137.
4
tashabbuskori bo‘lishi ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini
ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish, islohotlarni bosqichma-
bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tarixiy xotirasiz – kelajak
yo‘q», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» va shu kabi
boshqa asarlari davlat va huquq tarixini o‘rganishda, davlatchilik
taraqqiyotiga xolisona baho berishda muhim metodologik asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari avvalo inson, fuqaro sifatida o‘z
mamlakatining tarixi, milliy davlatchilik tarixi, huquqiy taraqqiyot
bosqichlari va tajribalarini mukammal bilishi zarur. Qolaversa, har bir
huquqshunos davlat va yuridik muassasalar, huquqiy institutlar
murakkab
tizimining vujudga kelishi va taraqqiy etishi jarayonini mukammal bilishi
muhimdir.