10
Davlat va huquq tarixi fani xorijiy mamlakatlar davlati
va huquqi
tarixi fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Ularning har ikkisi ham
tarixiy-huquqiy fan oldida turgan vazifalarni birgalikda hal etadi, lekin
o‘rganadigan masalalari doirasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Davlat va
huquq tarixi o‘z predmeti doirasida xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi
tarixini ham o‘rganadi.
Davlat va huquq tarixi, shuningdek, umumiy tarix, falsafa, iqtisod
nazariyasi, mantiq kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqin aloqadorlikda ish
ko‘radi.
Falsafa insonlarni tabiat va jamiyatga
qarashlar tizimi bilan
qurollantiradi. U tabiat, jamiyat va tafakkurdagi hodisa va jarayonlar
rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi. Bu fan ularning
rivojlanishidagi eng umumiy qonuniyatlarni tushuntiradi. Falsafaning
ijtimoiy ongning materiyaga va borliqqa munosabati, bazis va
ustqurmaning bir-biriga munosabati, ustqurmaning faol, ko‘makchilik roli
to‘g‘risidagi va boshqa xulosalari davlat va huquq tarixiga bevosita
taalluqlidir. Falsafa davlat va huquqni umumiy tarzda, ijtimoiy kategoriya
sifatida ko‘rib chiqadi.
Davlat va huquq tarixi fani, o‘z
navbatida, jamiyat iqtisodiy qonun-
larining amal qilishini hamda moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish
qonuniyatlarini o‘rganuvchi iqtisod nazariyasi bilan ham yaqindan
aloqadordir. Moddiy hayot sharoitlari davlat va huquqni rivojlantirishda
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatning moddiy
negizini o‘rgansa, davlat va huquq tarixi fani iqtisodiy bazisdan kelib
chiqadigan davlat va huquqni o‘rganadi.
Davlat va huquq tarixi mantiq fani bilan ham chambarchas bog‘liq.
Chunki, davlat va huquqning
kelib chiqishi va rivojlanishi, ularning bir
shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi singari qonuniyatlar mantiq qoidalariga
bo‘ysunadi.
Shu o‘rinda davlat va huquq tarixi fanining arxeologiya va semantika
fanlari bilan bo‘lgan aloqasini ham alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat
va huquq tarixi mazkur fanlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar,
arxeologik tadqiqotlar natijasida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va
ularni tarixiy-huquqiy jihatdan tahlil qiladi.
O‘zbek milliy davlatchiligini barpo etish va mustahkamlash, huquqiy
demokratik, insonparvar jamiyat barpo etish, xalqning o‘zini o‘zi
boshqarishga o‘tish milliy davlatchilik va huquq tarixini o‘rganish bilan
chambarchas bog‘liq.
11
Ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas aloqador bo‘lgan davlat
va huquq tarixi fani Butun dunyo mamlakatlari davlati va huquqi tarixi,
jumladan O‘zbekistonda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib kelgan
davlatlarning tashkil topishi
va taraqqiy etishi, ijtimoiy-siyosiy
tuzumining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqaruv tizimlari va an’analari,
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari, huquq tizimi
va manbalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Davlat va huquq tarixi fani o‘tmishda jahonda, shuningdek
O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlat tuzilmalari va huquqiy
institutlar haqida zaruriy bilimlarni hosil etish orqali huquqiy tafakkur va
huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda yuksaltirishga bevosita
xizmat
qiladi.