17
Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan. Keyinchalik uning tarkibidan
parfiyaliklar ajralib chiqib, Parfyanlar podsholigini tashkil qilgan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ma’lum bir iz qoldirgan
davlatlardan biri
Qang‘ davlatidir. So‘nggi ma’lumotlarning guvohlik
berishicha, ushbu davlat miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo
bo‘lgan. Bu jarayonda yunon-maqduniyaliklar
hukmronligiga qarshi olib
borilgan kurashlar va ichki nizolar alohida rol o‘ynagan. Qang‘
davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent
vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l hududlari)dan iborat edi.
Miloddan avvalgi II asrning boshlariga kelib, Qang‘ davlatining yerlari
birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoliy
sharqda Usun daryosi, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha borgan. Bu
katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu
daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olgan. Miloddan avvalgi
II–I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni
hamda Xorazmni ham o‘ziga bo‘ysundirgan.
Qang‘ davlati boshlig‘i xoqon bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida
to‘plangan. Xoqon huzurida oqsoqollar kengashi bo‘lib, u maslahat
organi vazifasini o‘tagan. Qang‘ davlatining
butun hududi beshta mulkka
(Susey, Fumu, Yunis, Giye, Yuyegyan)ga bo‘lingan bo‘lib, ular noiblar
tomonidan boshqarilgan. Mulklar o‘z navbatida viloyatlarga bo‘lingan.
Ular jabg‘u (jobu, yobu)lar tomonidan boshqarilgan. Ijtimoiy-siyosiy
tuzumda ko‘chmanchi zodagonlarning mavqei yuqori bo‘lgan.
Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil
Grek-Baqtriya
podsholigi tashkil topgan.
Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona,
Marg‘iyona, Parkana (Farg‘ona) kirgan. Grek-Baqtriya davridagi
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqida manbalarda batafsil ma’lumotlar saqlanib
qolmagan. Jumladan, jamiyatda quldorlar, erkin jamoatchi dehqonlar,
qaram kishilarning turli tabaqalari hamda qullar bo‘lganligi, shaharlar
sonining o‘sib borganligi, siyosiy va iqtisodiy markazlar kengayib,
hunarmandchilik rivojlanganligi haqida ma’lumotlargina mavjud.
Grek-Baqtriya podsholigining davlat apparati unchalik katta,
murakkab va markazlashgan emas edi. Butun hokimiyat podsho qo‘lida
to‘plangan bo‘lib, ko‘pchilik hollarda uning o‘g‘li ham podsho hisob-
langan. Butun mamlakat satrapliklarga bo‘lingan edi.
«Milinda-Panxa» (II asr) asarida ko‘rsatilishicha
Grek-Baqtriya
davlatining Hindiston qismida yuqori harbiy boshliq, birinchi vazir, bosh
sudya, xazina boshlig‘i, tantanali soyabon va qilichni ko‘tarib yuruvchilar
haqida ma’lumot bor. Mazkur asarda «qishloq hokimi»ning vakolatlari
18
haqida ma’siy va iqtisodiy markazlarning kengayishi, hunarmand-
chilikning jadal rivojlanganligi, qishloq hokimi qishloq ahlini jarchilar
orqali o‘z huzuriga chaqirib turishi va uning chaqirig‘iga xonadon egasi
yoki oila boshlig‘i yetib kelishi shartligi, cho‘rilar, qullar, xizmatkorlar,
dehqonlar kelmasligi haqida ma’lumotlar bor.
Parfyanlar podsholigining mustaqil davlat
sifatida tashkil topishi va
rivojlanishida Arshakiylar sulolasi vakillari hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Ushbu podsholikda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, davlat boshlig‘i albatta
arshakiylar xonadonidan bo‘lishi shart hisoblangan. Shu bilan birga davlat
boshqaruvida ikki kengash: qabila zodagonlari va kohinlar kengash-
larining o‘rni katta bo‘lgan. Chunonchi, yangi hukmdor xuddi shu ikki
kengash ishtirokida saylangan. Albatta, bunda
marhum hukmdorning
vasiyati e’tiborga olingan. Boshqacha aytganda, taxtga vorislik bir sulola
ichida kechsada, ammo muayyan tartib bo‘lmagan, ya’ni o‘tgan hukmdor
o‘rnini uning o‘g‘li yo ukasi, yo bo‘lmasa Arshakiylar sulolasining biron-
bir namoyandasi egallashi mumkin bo‘lgan. Aftidan, bu masalada
kengashlarning mavqei kuchli bo‘lib kelgan. Buni shundan ham bilib
olish
mumkinki, tarixiy hujjatlarga ko‘ra mazkur ikki kengash oliy
hukmdorni taxtdan chetlatishga qodir hisoblangan. Arshakiylar saltanatni
mulklarga (satrapiyalarga) bo‘lib idora etganlar. Shu bilan birga, barcha
mulklar mavqei bir xilda bo‘lmaganini ta’kidlash lozim. Chunonchi,
Girkaniya, Seyiston (Sakiston) yarim mustaqil mulk sifatida o‘z pullarini
zarb etib kelganlar.
Miloddan avvalgi II asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida
siyosiy beqarorlik davri boshlanadi. Bu
asrda Grek-Baqtriya podsho-
ligidan So‘g‘diyona ajralib chiqdi. Marg‘iyona parfyanlar tomonidan
bosib olindi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududida Xorazm davlati bilan
chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topdi. Bu davlat ham
keyinchalik kichik-kichik podsholiklarga bo‘linib ketdi. O‘sha vaqtlarda
Xorazm davlati takribiga Xorazm, So‘g‘diyona va Choch (Toshkent)
kirardi.
Do'stlaringiz bilan baham: