Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

ȺɛɭɥΕɨɡɢɣ ȻɚΣɨɞɢɪɯɨɧ. ɒɚɠɚɪɚɣɢ ɬɭɪɤ. –Ɍ., 1992. – Ȼ. 126.


 14
buzganlik uchun javobgarlik turlari haqida aniq va to‘la ma’lumot yo‘q. 
Hozirgi kunda «Avesto»dan ushbu savollarga qisman javob topish 
mumkin. Bu o‘rinda shuni qayd qilish kerakki, «Avesto» miloddan 
avvalgi VII asrdan keyingi davrga taalluqli manbadir.  
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu davrda hozirgi Markaziy Osiyo 
hududida uchta yirik davlat birlashmasi mavjud bo‘lgan. Ular Katta 
Xorazm – Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg‘ab 
vohasi va Parfiya hududlari, Baqtriya – hozirgi Surxondaryo va 
Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari hamda Shimoliy Afg‘oniston 
hududlari, So‘g‘diyona – Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va 
Qashqa vohasi hududlaridir. 
Miloddan avvalgi XIII asrdan VIII asrgacha bo‘lgan davr Xorazmda 
davlatchilik kurtaklarining vujudga kelishi va davlat shakllanishi davri 
bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII asrdan VI asrgacha bo‘lgan davrda 
Xorazm hukmdorlari o‘lka atrofiga ko‘pgina hududlar va xalqlarni 
birlashtirish, tarixda «Katta Xorazm» deb ataluvchi harbiy-demokratik 
tamoyillarga asoslangan konfedratsiyani barpo etishga muvaffaq 
bo‘lganlar. Bu davlat Eron Ahamoniylari istilosigacha faoliyat ko‘rsatgan.  
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VIII–
VII asrlarda O‘rta Osiyo hududi Ossuriya davlati tarkibiga kirgan. 
Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Eronda kuchli Ahamoniylar 
davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI 
asr o‘rtalaridan IV asrning ikkinchi choragigacha bo‘lgan davrdagi 
ijtimoiy-siyosiy hayoti va huquqiy tizimi ushbu makonda hukmronlik 
qilgan Ahamoniylar sulolasi tomonidan tashkil etilgan davlat va 
qonunchilik tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Ahamoniylar podsholari 
Markaziy Osiyo yerlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar tufayli bu 
hududda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Ularning hukmronlik davri ikki 
asrdan ortiqroq vaqt davom etadi. 
Ahamoniylar davlati yagona ma’muriy tizimga, kuchli armiyaga, 
yagona pul birligiga ega qudratli markazlashgan davlat bo‘lib, ma’muriy-
hududiy jihatdan boj to‘laydigan satraplik (xshatrapa)larga bo‘lingan.  
Manbalarda keltirilishicha, satrapliklar soni va hududi turli davrlarda 
turlicha bo‘lgan. Jumladan, So‘g‘diyona, Baqtriya va Xorazm alohida 
satrapliklarni tashkil qilgan. Tarixchi Gerodotning yozishicha, «O‘rta 
Osiyo to‘rt satraplikka bo‘lingandi. Kaspiy dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab 
yashovchi qabilalar XI satraplik tarkibiga kirib, 300 talant (talant – 30 kg 
atrofida (yoki ziyod) kumush) to‘lashgan. Xorazm, So‘g‘diyona va 
Parfiya XVI satraplikni tashkil etib, 300 talant to‘lagan. Baqtriya XII – 


 15
satraplikni tashkil qilgan va 360 talant to‘lagan. Nihoyat, saklar XV 
satraplikka kirib, 250 talant to‘lashgan»
1
.
Ahamoniylar davlati boshqaruv shakliga ko‘ra zo‘rlikka asoslangan, 
tuzilishi markazlashgan unitar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat 
podshoh qo‘lida to‘plangan bo‘lib, u davlatni kuchli markaziy davlat 
apparatiga tayangan holda boshqarar edi. Davlat apparatida podshohdan 
keyin ikkinchi o‘rinda hazarapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat 
organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy 
devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo‘riqchilariga 
boshchilik qilgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida 
ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar, taftishchilar, 
podshohga ma’lumot yig‘ib keluvchilar, aloqa xizmati xodimlari va 
boshqalar bo‘ysungan. Davlat boshqaruvidagi asosiy mansablarga, 
odatda, eronlik asilzodalar tayinlangan. 
Satrapliklarda butun hokimiyat Eron podshosi tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan va vazifasidan bo‘shatiladigan satraplar qo‘lida to‘plan-
gan. Satraplik lavozimiga dastlab harbiy bo‘lmagan kishilar, keyinchalik 
harbiylar tayinlanadigan bo‘lgan. Satraplar ma’muriy boshqaruv va sud 
hokimiyatiga boshchilik qilgan. Xo‘jalik ishlarini amalga oshirish, soliq 
va yig‘imlarni o‘z vaqtida undirish, mansabdor shaxslar faoliyati, 
satraplik hududidagi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazoratni 
amalga oshirgan. Satraplar kumush va mis tangalar chiqarish huquqiga 
ega edilar. Satrap qoshida boshqaruv idorasi tashkil etilgan bo‘lib, unda 
idora boshlig‘i, xazinachi, soliq yig‘uvchilar, sud tergovchilari, kotiblar, 
jarchilar faoliyat yuritgan. Satrapliklarda ko‘p sonli harbiy qo‘shin 
saqlangan bo‘lib, ularga bevosita podshohga bo‘ysunuvchi lashkar-
boshilar qo‘mondonlik qilgan. Doro I (miloddan avvalgi 522–486-y.) 
vafotidan so‘ng fuqarolik va harbiy hokimiyatning alohida olib borilishi 
tartibiga barham berilgan. 
Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida turli huquq tizimi va 
institutlari amal qilgan. Doro I hukmronligi davrida yagona huquq
tizimini tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida 
ma’lumotlar mavjud. Biroq Ahamoniylar davlatining qonunlari bizgacha 
yetib kelmagan. 
Miloddan avvalgi 358-yilda Ahamoniylar hukmdori Artak-
serks IIIning davlatning ilgarigi hududini tiklashga qaratilgan harakatlari 
1
Ԕɚɞɢɦɝɢ ɬɚɪɢɯɱɢɥɚɪ ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ԟɚԕɢɞɚ / Ɇɚɫɴɭɥ ɦɭԟɚɪɪɢɪ Ɉ. Ⱥɛɞɭɥ-
ɥɚɟɜ. – Ɍ., 2008. – Ȼ. 69–71.


 16
samara bermaydi. Miloddan avvalgi 337-yilda uning o‘rnini o‘g‘li Arses 
egallaydi. Saroy zadogonlari taxtga Doro III ni o‘tqazishadi. Siyosiy 
beqarorlik markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keladi. 
Markaziy Osiyo xalqlarining Ahamoniylar hukmronligiga qarshi olib 
borgan kurashi tufayli Miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab xorazmliklar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishadi. 
Miloddan avvalgi IV asrning oxirgi choragida makedoniyaliklar bilan 
Ahamoniylar o‘rtasidagi kurash
1
 makedoniyaliklar g‘alabasi bilan 
(Kilikiya, Suriya, Misr, Bobil, Persopol, Pasargad davlatlari ham) 
tugaydi. Natijada o‘z mustaqilligini saqlab qolgan Xorazm davlatidan 
tashqari butun O‘rta Osiyo hududida Makedoniyaliklar hukmronligi 
o‘rnatiladi. 
Aynan shu davrga kelib Baqtriya hokimi Bess o‘zini «Osiyo 
podshosi» deb e’lon qilib, Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va 
Parfiyani o‘z ichiga olgan yagona davlatni tashkil etishga harakat qiladi. 
Ammo bunga yunon-maqduniya qo‘shini imkon bermaydi. Iskandar 
Maqduniy qo‘shinlari avval Navatakni ishg‘ol qilib, so‘ngra Maroqandni 
ham bosib oladi. Maqduniyaliklar Markaziy Osiyoda bosqinchilik 
yurishlarini uch yil davom ettiradilar. Natijada uning ko‘p qismi Iskandar 
imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Faqat Xorazm hukmdori Farazman-
ning Iskandar Maqduniy bilan ittifoq tuzishi natijasida u o‘z 
mustaqilligini saqlab qoladi
2
.
Makedoniyaliklar hukmronligi davrida satrapliklar saqlanib qoladi. 
Satraplar dastlab eronliklardan tayinlangan bo‘lsa, keyinchalik 
makedoniyaliklardan tayinlanadigan bo‘ldi. Satraplar qoshida harbiy va 
moliyaviy ishlarni boshqaruvchi mansab ta’sis etiladi. Satraplar tanga 
chiqarish va yollanma qo‘shin saqlash huquqidan mahrum etiladi. 
Mahalliy boshqaruv murosa yo‘li bilan olib boriladi. 
Iskandar Maqduniy vafotidan so‘ng (miloddan avvalgi 323-yil) O‘rta 
Osiyo hududi Salavqiylar davlati (Bobil, Baqtriya, So‘g‘diyona) tarkibiga 
kiritiladi. Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun olib borilgan urushlar 
tufayli Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Grek-Baqtriya 
podsholigi tashkil topadi. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, 
1

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish