Qadimgi Bobil davlati. Mesopotamiyaning janubiy qismi (Ikkidaryo
oralig‘i)da, ya’ni fors qo‘ltig‘ining Dajla va Frot daryolari oralig‘ida ham
dastlabki taraqqiyot ekin maydonlari o‘zlashtirish va suvdan samarali
foydalanish yo‘lida ro‘y bergan. Pirovard natijada Dajla va Frot daryolari
vodiysi serhosil mamlakatga aylangan. Qishloq xo‘jaligi va
hunarmandchilikning rivojlana borishi aholining tez o‘sishiga olib kelgan.
Katta qishloqlar paydo bo‘lgan. Ulardan ba’zilari kattalashib, devorlar
bilan o‘ralgan shaharlarga aylangan. Shu tariqa miloddan avvalgi IV ming
yillikning oxiri – II ming yillikning boshlarida birinchi shahar-davlatlar
vujudga kela boshlagan. Miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi
choragida Uruq, Kish, Ur, Lagash kabi davlatchalar aholisi ancha
ko‘paygan.
Ibtidoiy jamoadan qishloq jamoasiga o‘tishda quldorchilik tuzumi
shakllana boshladi. Ibodatxona yerlarining jamoa yerlaridan ajralib
chiqishi natijasida podsho-cherkov yerlari tashkil topgan. Qishloq jamoa
boshqaruvidan shaharlarda ma’muriy apparat o‘sib chiqqan. U ijtimoiy
soha vazifalarining murakkablashishi bilan yer, xo‘jalik va jamoat
ishlarining hisobini yuritgan. Shu bilan u boshqa qishloq jamoalariga
nisbatan xilma-xil boshqaruvchilik vazifalarini amalga oshiruvchi shahar-
davlatlar apparati bo‘lib qolgan.
Shahar-davlatlar dastlab janubiy qismdagi shumerlar va akkad (semit,
somiy)lar qabilaviy guruhlarida vujudga kelgan. Kelib joylashgan turli
40
qabilalar guruhlari batamom qo‘shilib ketgan. Shumer sivilizatsiyasining
birinchi markazi Uruq bo‘lgan, akkad-semitlarning shaharlari ichida eng
qadimiysi esa Akkad bo‘lgan.
Ikkidaryo oralig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga
atrofidagi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalarning ham ta’siri
kuzatilgan. Ikkidaryo oralig‘ida mamlakatda o‘z ta’sirini o‘rnatish uchun
shahar-davlatlar o‘rtasida urushlar boshlanib ketgan.
Miloddan avvalgi XXVIII–XXVII asrlarda Kish shahar-davlati
yuksalib, uning hukmdori birinchi bo‘lib «lugal» (katta odam, xo‘jayin)
degan unvon oladi. XXVII asrda Uruq hokimi Gilgamish Kish qo‘shinini
yengib, Lagash, Nippur va boshqa shahar-davlatlarni bo‘ysundirgan.
Keyingi davrlarda hokimiyat qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turgan. Miloddan
avvalgi XIV asrning oxirida Akkad davlatining asoschisi Sargon I
tomonidan Fors qo‘ltig‘idagi Elam, butun Mesopotamiya va Old Osiyoni
o‘z ichiga olgan janubi-g‘arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki
markazlashgan akkad-shumer davlati barpo etilgan. U 120 yil yashagan
(mil. avv. 2200-yilgacha).
Miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – II ming yillikning
boshlarida ikkidaryo oralig‘ida siyosiy tarqoqlik hukm suradi. Oraliq
davrda Ur shahri tomonidan yana birlashtiriladi. Urning III sulolasi
davrida Ur-Nammu Qonunnomasi qabul qilingan.
Bu vaqtda Bobil kabi mustaqil davlatlar faoliyat ko‘rsatgan. O‘zaro
urushlarda Bobil g‘olib chiqib amoriylar sulolasiga asos solingan.
Qadimgi Bobil
1
Ikkidaryo oralig‘i tarixida chuqur iz qoldirgan.
Bobil podsholigining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ravnaq topgan
vaqti podsho Xammurapi davriga (mil. avv. 1792–1750-y.) to‘g‘ri keladi.
U hududi jihatdan vodiyning katta qismini o‘z ichiga olgan keng hududda
joylashgan. Biroq mustahkam bo‘lmagan. Xammurapi vafotidan so‘ng
siyosiy inqiroz davri kuzatiladi. 1595-yilda xettlar va kassitlar tomonidan
tugatiladi. Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida (miloddan
avvalgi 1518–1204-y.) kassitlar sulolasi qaror topadi.
Bobilning yangidan yuksalishi miloddan avvalgi VII–VI asrlarga
to‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi 626–539-yilgacha qudratli davlat bo‘lib
hukm suradi. So‘ngra davlat kuchsizlinishi natijasida eroniylar shohi
Kayxusrav tomonidan butun Mesopotamiya bosib olingan va yangi Bobil
1
Izoh: Akkadcha «babilon» – Bobili – Xudo ɞɚɪɜɨɡɚɫɢ. Podsholigi 300 yil
(miloddan avvalgi 1894–1595-yillar) hukm surib, Ikkidaryo oralig‘ida chuqur iz
qoldirgan.
41
podsholigi tugatilgan. Bobil miloddan avvalgi VI–IV asrlarda
eronliklarga, IV asrning 30-yillaridan boshlab yunon-makedoniyaliklarga,
so‘ng salavkiylarga tobe bo‘lib qolgan.
Jamiyatda har bir kishining aniq o‘rni belgilangan. Butun aholi
avvalo erkin kishilar va qullar (vardum)ga bo‘lingan. Quldorchilik
munosabatlari qonun (Ur-Nammu va Xammurapi qonunlari) bilan belgi-
langan. Qullar podsho qullari, ibodatxona qullari va xususiy egalikdagi
toifalarga bo‘lingan. Erkin kishi va cho‘ri, qul va erkin ayol oila qurishi
mumkin bo‘lib, tug‘ilgan bolalar erkin hisoblangan. Qarzdor uch yilgacha
qulga aylantirilishi mumkin.
Erkin aholi o‘z navbatida to‘la huquqli va to‘la huquqli bo‘lmagan
fuqarolarga ajratilgan. To‘la huquqli fuqarolar (avilum – odam, er kishi)
aholining asosiy ommasini va qo‘shinning asosiy qismini tashkil etgan.
Ijtimoiy tuzumda harbiylar, «mushkenular (bo‘ysundirilganlar, akkad
tilida «mayda kishilar»), saroy xizmatchilari (kohinlar), davlat manfaati
uchun moliyaviy-savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi (tamkar)lar,
hunarmand (mutaxassis)lar ham alohida toifalarni tashkil etgan.
Mushkenular avilumga nisbatan quyi pog‘onada turgan. Manbalarda
keltirilishicha, ular bosib olingan davlatlar aholisi bo‘lishi mumkin.
Qadimgi Bobil podsholigi markazlashgan davlat bo‘lgan. Podsho
qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatiga egalik qilgan. U xudoning
noibi va xizmatchisi hisoblangan. Uning hokimiyati kuchli ruhoniylar va
boy shaharlar tomonidan cheklangan. Uchta muqaddas shahar – Nippur,
Sippar va Bobil imtiyozli yorliqlarga ega bo‘lishgan. Ularning
fuqarolariga nisbatan podsho huquqlari chegaralangan. Biroq Xammurapi
qonunlari podsho hokimiyatiga nisbatan cheklovlar ko‘zda tutilmagan.
Davlat apparati podsho tomonidan boshqarilgan. Ular o‘zlariga
ma’qul va qulay boshqaruv mexanizmini tashkil etganlar. Bunga esa
barcha, hatto eng kichik ishlarga shaxsan e’tibor berish yo‘li bilan
erishganlar. Barcha boshqaruv ishlari saroyda to‘planib, saroy boshqaruv
tizimi amal qilgan.
Bizgacha Xammurapining 60 ga yaqin buyruq-farmoyishlari yetib
kelgan. Bu davrda savdogar-tamkarlar podsho ayg‘oqchilariga
aylantirilgan.
Davlatda podshodan keyin nubanda (vazir) turgan. U aholining
majburiyati bilan bog‘liq deyarli barcha tashkiliy ishlar (qurilish, urush,
dehqonchilik)ni yuritgan.
Podsho huzurida yana bir boshqa hukmdor – isakku (noib), ya’ni
ko‘p shaharlar hokimi paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, oliy va markaziy
42
mansabdor shaxslardan yana saroybon, bosh harbiy boshliq kabilar
bo‘lgan. Saroy boshqaruvida xazinachi, saroy dasturxonchisi, mirzalar
ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, ma’lum darajada ishtirok etadigan
turli darajadagi kohinlar, agentlar, sudyalar, omborxona qo‘riqchilari,
kuzatuvchi va boshqalar ham mavjud bo‘lgan.
Davlat boshqaruvi organlari tizimida markaziy va mahalliy
boshqaruv organlariga ajratilgan.
Mamlakat hududi viloyatlarga bo‘lingan. Ilgari viloyat – shahar-
davlatlar tepasida patesilar turgan. Podsholar keyingi davrlarda ularning
o‘rnida o‘zlariga bo‘ysunuvchi – shakkanaqu deb ataluvchi kohin-
noiblarni tayinlaganlar. Ular o‘z hududida soliq yig‘ish, tartibni saqlash
va xalq lashkarini chaqirishga mas’ul bo‘lgan. Alohida shaharlar
hokimlari – rabianumlar bo‘lishgan. Joylarda jamoaning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari saqlanib qolgan. Jamoa hududi kichik hududiy birlik
– qishloqni tashkil etgan. Oqsoqollar joylarda ma’muriy, moliyaviy va
sud hokimiyatini amalga oshirganlar.
Xammurapi davriga qadar ibodatxona va jamoa sudlari sud tizimida
asosiy o‘rin tutgan. Ularda ibodatxona kengashlari, jamoa majlislari yoki
jamoa sudlari hay’atlari maydonga chiqqan.
Sud tizimida oliy sudya (podsholik sudlari) ancha erta shakllangan.
Keyinchalik u asosiy o‘rin egallaydi. Ular barcha katta shaharlarda joriy
etilgan. Asosan podsho odamlari va mulkiga tegishli ishlarni ko‘rib hal
etishgan. Podsho oliy sudya bo‘lib, hukm qilinganlarni afv etish huquqiga
ega bo‘lgan. Umumiy nazoratni u olib borgan. Deyarli hamma yerda
podsho noiblari jinoyatchilarni sudga chaqirish, qamoqqa olish va qidirish
kabi ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan.
Dastlabki davrlarda lashkarlar erkin jamoachi dehqonlardan iborat
bo‘lgan. Ular urush vaqtlarida qurol-yarog‘i bilan kelishgan. Bu tartib
keyingi davrlarda ham saqlangan. Jahon tarixida birinchi marta akkad
podshosi Sargon (mil. avv. 2316–2261-y.) 5400 ta professional jangchi
(redum, bairum)dan iborat doimiy armiya tuzgan. U ichki va tashqi
xavfsizlikni saqlashga jalb etilgan. Qo‘shin bilan bog‘liq masalalar ham
Xammurapi qonunlarilarida o‘z aksini topgan. Jangchining xizmati
abadiy hisoblangan. Odatda, jangchidan keyin o‘g‘li uning o‘rniga
xizmatga jalb etib kelingan. Harbiy boshliqlar (dekum va lubuttum)
qo‘shindan o‘zboshimcha harakat qila olmagan. Qo‘shin kamonchilar,
og‘ir qurollangan piyodalar, aravali jangchilardan tuzilgan. Harbiylar
muntazam taqdirlangan, majburiyatlar va soliqlardan ozod etilgan.
Professional jangchilar mirshablik vazifalarini ham bajarganlar.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |