Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. Qadimgi Xitoy va Hindiston davlati va huquqi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

2-§. Qadimgi Xitoy va Hindiston davlati va huquqi
Qadimgi Hindiston davlati. Bundan 4000 yil ilgari Hind havzasida 
vujudga kelgan Xarappa va Mohenjo-Daro (hozirgi nomlari, ularning 
qadimgi nomlari yetib kelmagan) qadimgi sivilizatsiyaning katta 
shaharlari hisoblangan. Arxeologik qazishmalarning guvohlik berishicha, 
miloddan avvalgi III ming yilliklarda bu yerda shaharlar hunarmandchilik 
markazlari sifatida maydonga chiqqan, dehqonchilik va savdoning 
rivojlanishi, mulkiy tabaqalashuv kuchaygan.  
Miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida ilk hind shahar-davlatlari 
va madaniyati tushkunlik davrini boshidan kechirgan. Uning markazlari 
inqirozga yuz tutgan. Bu jarayon shimoliy-g‘arbdan hind-ariy qabila-
larining kirib kelishi bilan nihoyasiga yetgan. 
Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalaridan I ming yillikning 
birinchi yarmigacha bo‘lgan davr tarixshunoslikda veda
1
 davri deb 
yuritiladi va Hindiston tarixining aynan shu bosqichida sinfiy jamiyat va 
davlatning tashkil topishi yuz bergan. Ishlab chiqarish sohasidagi ulkan 
yutuqlar jamiyatning tabaqalashuviga olib kelgan. 
1
Izoh: Vedalar – gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat katta 
to‘plam. Bunday to‘plamlardan 4 tasi: Rigveda, Samaveda, Yajurveda va 
Atxarveveda saqlanib qolgan. Eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi II ming 
yillikka mansubdir.


 47
Ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi bilan qabilaning saylab qo‘yila-
digan harbiy boshlig‘i – roja barcha boshqaruv organlarini o‘ziga 
bo‘ysundirib, mansabning meros tariqasida o‘tishiga erishadi. Rojaning 
saylanishiga ta’sir ko‘rsatgan xalq majlislarining roli ham rojalar 
hukmronligi kuchayishi bilan kamaya boshlagan. Ular rojalarning 
yaqinlaridan iborat zodagonlar majlisi bo‘lib qolgan. 
Qabilaviy boshqaruv organlari asta-sekin davlat organlariga 
aylantirilgan. Davlat boshqaruvining yuqori lavozimlariga katta 
zodagonlar tayinlangan. Zodagonlar orasida podsholik kohini – puroxita, 
munajjim va roja maslahatchisi ham bo‘lgan. Qabilaning ko‘ngilli 
qo‘shini harbiy boshliq (senani, senapati) boshchiligidagi doimiy 
qo‘shinga o‘sib chiqqan. Shu tariqa urug‘-qabila tuzumi o‘rnini 
davlatchilik tuzumi egallagan. 
Ta’kidlash kerakki, Qadimgi Hindistonda ilk davlat birlashmalari 
miloddan avvalgi I ming yillikda sodda qabilaviy davlatchalar shaklida 
tashkil topgan. Taxminan miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda ancha yirik 
davlatlar tashkil topa boshlagan. Miloddan avvalgi VI asrgacha shimoliy 
Hindistonda juda ko‘p podsholiklar mavjud bo‘lgan. Masalan, Gang 
havzasining o‘zida 16 ta mayda davlat bo‘lib, ulardan biri – Magadxa shu 
davrning eng yirik va kuchli davlati bo‘lgan. Ayniqsa, miloddan avvalgi 
VI–III asrlarda Mauriylar sulolasi davrida bu davlat deyarli butun 
Hindiston hududini birlashtirib, juda qudratli davlatga aylanadi. Uning 
asoschisi grek-makedon bosqinchilariga qarshi kurashda xalq 
harakatlariga boshchilik qilgan mashhur hind arbobi Chandragupta (mil. 
avv. 321–298-y.)dir. 
Mauriylar sulolasi hukmronligi alohida bosqich sifatida qaraladi. Bu 
davrda ko‘pgina davlat institutlariga asos solingan. Shunday bo‘lsa-da, u 
turli davrlarda turli xalqlar va qabilalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib 
kelgan. Natijada, kuchli qo‘shin va mustahkam boshqaruv apparati 
bo‘lishiga qaramay, davlat birligini saqlay olishmagan. Keyingi davrni 
qadimgi Hindiston tarixida ancha beqaror davr deyish mumkin. 
Miloddan avvalgi II asrda Hindiston bir qancha mayda davlatlarga 
bo‘linib ketadi. Miloddan avvalgi 190-yillarda uni Yunon-Baqtriya 
podsholaridan Demetriy qo‘shinlari, 100-yillarda saklar (skiflar) bosib 
oladi. Shimoliy Hindistonda Hind-Skif davlati vujudga keladi. 
Yangi era arafasida Shimoliy-G‘arbiy Hindistonga Parfiya qo‘shin-
lari bostirib kirgan. Keyinchalik bu yerni Kushonlar bosib olgan. Kushon-
lar davrida Hindiston kuchli davlatga aylanadi. Kushonlar milodning III 
asrigacha hukmronlik qilganlar. 


 48
III asrdan boshlab Gang vohasidagi Magadxa davlati yana kuchayadi. 
Uning asoschisi Gupta bo‘lib, sulola ham shu nom bilan atalgan. 
Magadxa davlati Guptaning nabirasi Chandragupta I davrida (320–335-
y.) Osiyodagi eng qudratli davlat bo‘lib, uning vafotidan keyin 
parchalanib ketgan. 
V asr oxirida Hindistonga shimoli-g‘arbdan kidariylar, so‘ng 
eftalitlar bostirib kirgan. 
VI asrga kelib Hindistonda guptalar tuzgan davlat yana mayda 
davlatlarga bo‘linib ketadi. Shu tariqa Hindistonning qadimgi tarixi o‘z 
nihoyasiga yetadi. 
Qadimgi hind jamiyatining ijtimoiy tabaqalanishi sinflar (quldorlar 
va qullar) shakllanishiga emas, balki alohida toifalar – varna
1
larning 
vujudga kelishiga bog‘liq. Qadimgi Hindistonda quyidagi varnalar 
mavjud bo‘lgan: braxmanlar, kshatriylar, vayshiylar, shudralar
2
. Ulardan 
braxmanlar va kshatriylar hukmron mavqeni egallaganlar. Vayshiylar va 
shudralar imtiyozsiz varnalar hisoblanadi. Jamiyatda eng xo‘rlangan 
kishilar – chandallar deb yuritilgan. Undan tashqari shudralardan juda 
kam farq qiluvchi qullar – dasalar ham mavjud bo‘lgan. 
Har bir varnaning yashash tarzini belgilovchi o‘z qonuni – dxarmasi 
o‘rnatilgan. Bir varnadan ikkinchisiga o‘tish taqiqlangan. Jinoiy jazo 
yuqori varna vakillariga ancha yengillik bergan. 
Milodning I asrlarida feodal munosabatlar tashkil topa boshlaydi. Bu 
davrda varnalarning kasta (tabaqa)larga aylanish jarayoni vujudga kelgan. 
Kastalar ijtimoiy guruhlarga – tabaqalarga aylangan. Qullar manfaati 
davlat tomonidan qonun yo‘li bilan himoyalangan. 
Davlat tuzumida ilk shahar-davlatlarning hukmdorlari – rojalar yer, 
din, soliq, harbiy boshqaruv va tashqi xavfsizlik ishlari bilan 
shug‘ullanganlar. Dastlabki davrlarda saylangan rajalar, vaqt o‘tishi bilan 
barcha podsholiklarda meros tariqa o‘tuvchi hokimiyatga egalik qilganlar. 
Podsho saylovchi oqsoqollar kengashi monarx huzuridagi masla-
hatchi organ – parishadga aylanib borgan. 
1
Izoh: Ularni ko‘pincha portugalliklar iborasi bilan «kasta» deb ataydilar. 
Lekin, bu nom hindlarning «jati»siga to‘g‘ri keladi. «Jati» yanada ko‘proq 
parchalangan biqiq guruhlarni, o‘zlariga biror kasbni tanlab olganlarning shunday 
guruhlarini bildiradi. 
2
Izoh: Braxmanlar – din homiylari, kohinlar (Oliy xudo – Braxman); 
kshatriylar – harbiylar, hukmdorlar; vayshiylar – dehqonlar, hunarmandlar, 
savdogarlar; shudralar – xizmatchilar, kambag‘allashgan dehqonlar hamda 
ozodlikka chiqarilgan qullar. 


 49
Davlat boshlig‘i knazliklar doirasida – roja, umummiqyosda esa 
podsho hisoblangan. Taxt meros tariqasida o‘tgan. Podsho hayotligidayoq 
merosxo‘r tayinlangan. Mauriylar davrida podshoga «chakravartina» – 
yagona hukmdor deb qarash rasmiylashgan. 
Podsho davlat boshqaruv tizimining cho‘qqisida turgan. Moliya va 
sud ma’muriyatiga boshchilik qilib, eng oliy sudya hisoblangan. Davlat 
amaldorlarini lavozimga tayinlagan va lavozimidan ozod etgan. Podsho 
hokimiyati jamoaning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga qadar bo‘lib, 
despotik xarakterda bo‘lmagan. Manu qonunlariga ko‘ra, uning asosiy 
majburiyati fuqarolarni qo‘riqlash va obodonlashtirish bo‘lgan. 
Podsholar qonun (edikt) chiqarish vakolatiga ham ega bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi III asrda Mauriylardan Ashoka (mil. avv. 293–268-y.) 
davriga kelib hukumat farmonlari vedalar qatori huquq manbalari 
qatoridan o‘rin olgan. 
Podsho maslahatchilari (mantrinalar, maxamatralar) alohida mavqega 
ega bo‘lib, ulardan iborat tartibda parishad tuzilgan. Parishadning tarkibi 
aniq o‘rnatilmagan, a’zolari asosan harbiy va diniy zodagonlardan iborat 
bo‘lgan. U ikkinchi darajali ishlar yuzasidangina mustaqil qarorlar qabul 
qilgan. Mauriylar sulolasi davrida u butun boshqaruv tizimini tekshirish 
va podsho buyruqlarini bajarish funksiyalarini egallagan. Podsho u bilan 
hisoblashishi lozim bo‘lgan. 
Parishaddan tashqari maxfiy kengash ham mavjud bo‘lib, u ishonchli 
kishilardan iborat tarkibda tuzilgan. Favqulodda holatlarda va kechiktirib 
bo‘lmaydigan ishlarni hal etishda ikkala kengash a’zolari birgalikda 
yig‘ilishi mumkin edi. 
Mamlakat boshqaruvida barcha sohalarni boshqaruvchi amaldorlar 
tayinlana boshlagan. Mansablar asosan tayinlash va meros bo‘yicha 
egallangan. Mansabdor shaxslar faoliyati podshoning maxsus 
ayg‘oqchilari tomonidan tekshirish va nazorat etish maqsadida kuzatib 
borilgan. 
Podsho va saroy xo‘jaligi maxsus guruh tomonidan yuritilgan. 
Iqtisodiy soha adxyakshalar tomonidan tartibga solingan. 
Mauriylar imperiyasining ma’muriy hududiy tuzilishi va mahalliy 
boshqaruv tizimi haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yirik davlatning faqat bir 
qismigina bevosita podsho va saroy boshqaruvida bo‘lgan. Davlat hududi 
asosiy va oddiy provinsiya (janapad)lar, viloyat (pradesh)lar va okrug 
(axala)larga bo‘lingan. Asosiy provinsiyalar to‘rtta bo‘lib, shahzodalar 
tomonidan boshqarilgan. Provinsiyalar ma’lum mustaqillikka ega 
bo‘lishgan. Asosiy provinsiyalarda mahalliy amaldorlar shahzodalar 


 50
tomonidan taftishchilarni jo‘natish orqali tekshirib turilgan. Hukmdorning 
vazifalariga hududini himoya qilish, tartibni saqlash, soliqlarni yig‘ish, 
qurilish ishlarini ta’minlash kabilar kirgan. 
Janapadlar tepasida yirik davlat amaldorlari – rajuklar turgan. 
Kichikroq hudud – okruglarga okrug boshliqlari rahbarlik qilgan. Okrug 
boshlig‘ining zimmasiga qishloq ma’muriyati ustidan nazorat qilish 
majburiyati yuklangan. U shahardan daromad olgan. 
Qishloq viloyatlarining 4 ta turi mavjud bo‘lib, ular 800, 400, 200 va 
100 ta qishloqni o‘z ichiga olgan. Okrugning asosiy shaharlarida 
devonxonalar bo‘lib, u yerdan butun okrugga farmoyishlar jo‘natilgan. 
Eng quyi ma’muriy birlik – qishloq-jamoa (gana)lar oqsoqollar 
tomonidan boshqarilgan. Jamoaning muhim masalalari jamoa yig‘inlari 
orqali hal etilgan. 
Qadimgi Hindistonning sud tizimida podsholik va ichki jamoa sudlari 
faoliyat ko‘rsatgan. Oliy sud instansiyasi podsho yoki u vakolat bergan 3 
sudyadan iborat maxsus sud hay’ati (sabxa) tomonidan amalga oshirilgan. 
Podsho oliy sudya sifatida har yili amnistiya e’lon qilish huquqiga ega 
bo‘lgan. 
Barcha ma’muriy hududiy birliklarda 3 sudyadan iborat sud 
hay’atlari tuzilgan. Bundan tashqari jinoyat ishlarini maxsus sudyalar 
ko‘rib hal etgan. Bugungi kundagi singari ichki ishlar idoralarining 
funksiyalari shahar hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan. 
Ko‘pgina ishlar norasmiy kastali sudlarda ko‘rib hal qilingan. 
Davlatning rivojlanishida qo‘shin katta rol o‘ynagan. Qo‘shin doimiy 
jangchilar, yollanganlar va alohida birlashmalardan iborat tartibda 
to‘ldirilgan. Qo‘shin jamoat tartibini saqlash funksiyasini ham bajargan. 
U davlatning butunligini himoya qilishga doimo hushyor turishi lozim 
bo‘lgan. Shuning uchun harbiy bo‘linmalar qishloqlarga joylashtirilgan. 
Olingan o‘ljalarning asosiy qismi jangchilar o‘rtasida taqsimlangan.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish